• 23800ta fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalik turiga o‘tdi
  • 2018 yilda 21634ta fermer xo‘jaligi jami 22ta yo‘nalish bo‘yicha
  • 1,6 trillion so‘m qiymatidagi
  • Ko’p tarmoqli fermer xo'jaligi tamonidan raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari baholash




    Download 3.69 Mb.
    bet1/7
    Sana21.10.2023
    Hajmi3.69 Mb.
    #89647
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Oybek aka kurs ishi
    O’zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari, Mustaqil ish1, 2 5431622449491873940, 2-курсга амалиёт дастури 2020, 10-sinf-bilogija-1-4-chorak 1397-7-2-10-41, 11-sinflar-uchu-test-sinovi, 9-mavzu Tarmoq turlari, Sohaga oid Taqdimot nutqi., Лекция 5, 14 yanvar tayyorlash kerak, zahiriddin-muhammad-bobur-hayoti-va-ijodi

    Ko’p tarmoqli fermer xo'jaligi tamonidan raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari baholash

    I. Kirish.


    II. Asosiy qism
    2.1.Ko'plab kuchli tomonlari:
    - Agronomiya: Bu tarmoqlar uchun bitiklar, suv resurslari, yer bo'yicha kuchlar, zaruriy malakalar haqidagi tushunchalarni ushlab turadi.
    - Agrotehnika: Bu tomondagi kurs, qurilmalar, mexanizmalar, irigatsiya tizimlari, tez sovutuvchi vositalar kabi hodisalar bo'yicha o'quvchilarning bilimlarini oshiradi.
    2.2 Ko'p tarmoqli fermer xo'jaligi tamonidagi zaifliklar tomoni:
    - Infrastruktura: Dori-darmon, yo'lni tashqaridan joylashtirish, yangiliklar yashash joylari, suv yetishganligi, o'zlashtirish stantsiyalari va sovchoq texnologiyalar kabi talablar o'rtasidagi infratuzilma muammolari.
    - Ustunliklarning kutilganligi: Har qanday faollik uchun avvaldan ustunliklarni baho olish, xuddi shunday uzlab turishlari va xuddi shunday faqatlashtirish bilan bog'liq ro'yxatdan o'tkazilgan.

    Kirish

    Fermer xo’jaligi - o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi a’zolarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.


    Fermer xo’jaligi mehnat shartnomasi asosida boshqa shaxslarni ishga yollashi mumkin. Yollanma ishchilar fermer do’jaligining a’zolari hisoblanishmaydi. Fermer xo’jaligining boshlig’i shu xo’jalikning 18 yoshga to’lgan, qishloq xo’jaligi sohalari bo’yicha tegishli malaka, mutaxassislik, ish tajribasiga ega bo’lgan, muomalaga layoqatli a’zolaridan biri tanlanadi. Fermer xo’jaligi boshlig’i vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganda yoki uzoq vaqt bo’lmaganda u o’z vazifasini bajarish vakolatini shu xo’jalik a’zolaridan biriga beradi.
    Fermer xo’jaliklari quyidagi shartnomalar asosida ish yuritadi. Hadya qilish shartnomasi, qarz shartnomasi, kredit shartnomasi, yetkazib berish shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, ko’chmas mulkni sotish shartnomasi.
    Shartnoma shartlari noaniq bo’lsa, natijada ishlovchilarda javobgarlik ma’suliyati yetarli bo’lmaydi. Bu albatta, kelgusida, shartnomaning bajarilmasligiga olib keladi. Hosil ham, daromad ham shunga yarasha bo’ladi.
    Fermer xo’jaligini boshqarish boshqa turdagi korxonalarni boshqarishdan qisman farq qiladi. Boshqarishning asosiy vazifalari, printsiplari va usullari bir xil, lekin ular turli korxonalarda turlicha qo’llaniladi. Farqi shundaki, korxonalarning hajmi va faoliyati boshqalarnikidan farq qiladi. Ishlab chiqarishi tashqarida joylashgan fermer xo’jaligini yuritish murakkab va tavakkal qilishni, talab yetadi, bunga sabab mahsulot va narxning o’zgaruvchanligi hamda obhavoning ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri etishidir. Bundan tashqari katta fermer ho’jaliklarida (masalan, shirkatlar, fermer kooperativlarida) ishchilar uchun o’z mutaxasisliklari bo’yicha ish topishlari va boshqaruv vazifalarini amalga oshirishlari murakkab.
    Fermer xo’jaligi boshlig’i birinchi navbatda bajaradigan vazifasi korxonaning maqsadini belgilab olish demakdir. Maqsadlarsiz boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilib bo’lmaydi. Maqsadlar shunday narsani, ular yordamida resurslardan foydalanishning bir muqobil yo’lini ikkinchisidan qaysi afzallik tomoni bilan ajralib turishini aniqlash mumkin. Mamlakat agrar sohasida faoliyat yurituvchi xo’jaliklarda boshqaruv mexanizmini shakllantirishda avvalo, boshqaruvni iqtisodiy mexanizmga asoslangan holda tashkil qilish, buning uchun esa xo’jalik rahbarlari dastlab mukammal bo’lgan biznes-reja tuzishi, xodimlarga funktsional vazifalar belgilab berilgan holda ish topshirishlari va ularni boshqarishdagi ishtirokini ta’minlashi, maqsadli kredit olish va qaytarish hamda servis xizmati ko’rsatish korxonalari bilan iqtisodiy munosabatlarni shartnoma asosida yo’lga qo’yishlari lozim bo’ladi. Boshqarishning iqtisodiy uslubi xo’jalik (korxona) normal faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoit yaratishga qaratilgan maqsadli choratadbirlar majmuasi yig’indisini tashkil qiladi. Xo’jalik rivojlanishining iqtisodiy mexanizmi tijorat hisob-kitob ishlaridan samarali foydalanishga asoslanadi.
    Ma’lumki, xo’jaliklar mulk shaklining o’zgarishi va moliyaviy mustaqillikka erishishi, korxonaning asosiy fondi shakllanishi va foyda taqsimlanishini mustaqil hal qilishi boshqarishning iqtisodiy uslubiyati roli oshirilishini taqozo etmoqda. Bu, o’z navbatida, ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalariga bo’lgan javobgarligini kuchaytirmoqda. Har bir korxonada, uning har bir bo’g’inida tijorat hisob-kitoblari rivojlanishi undagi tadbirkorlik menejmenti (boshqarish) rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Marketing xizmati rejalashtirish bo’limiga mahsulotga bo’lgan talab qay darajadaligi, qaysi turiga talab yuqoriligi, mahsulot turlariga qarab belgilangan narx-navo, bo’nak, tovar uchun kredit, lizing, imtiyozli kredit va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. O’z navbatida, rejalashtirish bo’limi mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning turlari haqida bir necha variantdagi topshiriqlarni tayyorlaydi, bunda ekin turlarini bir necha xil bo’lishi (agronomlar bilan kelishilgan holda) aniqlab chiqilib, rahbariyat bilan ekiladigan ekinlar strukturasi kelishiladi, va ishlab chiqarish texnologiyasi belgilab olinadi. Shundan keyin rejalashtirish bo’limi barcha resurslarga bo’lgan talabni aniqlaydi.
    Iqtisodiy uslubiyat boshqarishda moliyaviy siyosatni, shu asosda investitsiya siyosatini belgilab olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu uslubda qarz olish (kredit)ga bo’lgan talab ham asoslanadi. Moliyaviy strategiyaga mos ravishda, maqbul soliq siyosati shakllanadi, uning asosiy tomonlari korxonaning hisob-kitob siyosati bo’yicha belgilab olinadi. Bu tadbirlarning barchasi rejalashtirish, moliya, buxgalteriya hisob-kitobi hamda yuridik bo’limlar yoki shu sohalarga mas’ul bo’lgan mutaxassislar bilan kelishib olinadi.
    Tijorat hisob-kitob uslubiyati mahsulot ishlab chiqaruvchilarni xo’jalikdan tashqaridagilar bilan aloqalarini tartibga solish, xo’jalik ishlarini yuqori foyda olishga qaratilgan samarali ish yuritish, xo’jalikda ishlab chiqarishni faqatgina kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida olib borishni ta’minlaydi.
    Bundan tashqari xo’jalikda xarajatlarni boshqarishda ham xodimlardan oqilona foydalanishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni xo’jalik bevosita shartnoma asosida hamkorlik qiluvchi korxonalar bilan bo’ladigan munosabatlar bo’yicha xo’jalik a’zolari ichidan ularning qobiliyatiga qarab turli masalalar yuzasidan ma’sul xodimlar tayinlanishi hamda ular ustidan xo’jalik rahbari nazorat olib borishi lozim. Chunki xo’jalik rahbari bir vaqtning o’zida quyidagi rasmda keltirilgan korxonalar bilan shug’ullanishi uchun imkoniyati cheklangan va bu o’z navbatida xarajatlarni samarali boshqarishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek xo’jalik xarajatlarni biz taklif etayotgan mexanizm asosida boshqarishni tashkil qilish xar bir fermer xo’jaligi yoki fermer xo’jaligi raxbari uchun xam maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.


    1-jadval (xarajatlarni boshqarish)

    21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIII yalpi majlisi o‘z ishini ikkinchi kunda davom ettirdi. Unda 77 nafar senator, vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, sud va prokuratura xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. «2018 yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur»​ to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev nutq so‘zladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 


    «Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, o‘tib borayotgan 2017 yilning o‘zida 23800ta fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalik turiga o‘tdi. Faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari asosan go‘sht, sut mahsulotlarini qayta ishlash, sovitgich, omborxona va issiqxonalarni tashkil etish, shuningdek aholiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
    Yangi dasturga ko‘ra, 2018 yilda 21634ta fermer xo‘jaligi jami 22ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘p tarmoqli faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, 22986ta loyiha, jumladan fermer xo‘jaliklari tomonidan 4,7 ming gektar maydonda intensiv bog‘, 4,300 gektar yerda yangi tokzorlar, 844 gektar issiqxona barpo etish singari loyihalar bajarilishi kutilmoqda»​, deb ma'lumot berdi vazir. 
    Ma'lum qilinishicha, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tilga olingan barcha loyihalarni bajarish uchun 1,6 trillion so‘m qiymatidagi mablag‘ talab etiladi. Mazkur mablag‘larning 609 milliard so‘mi tijorat banklari kreditlari hisobiga qoplanishi nazarda tutilgan. Zoyir Mirzayevning ta'kidlashicha, ushbu dastur amaliyotga joriy etilishi bilan tuman va qishloq joylarda 84 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari soni 96 mingga, ya'ni jami fermer xo‘jaliklarining 60 foiziga yetishi kutilmoqda.
    «Loyihalarni amalga oshirish hududida infratuzilma obektlarining mavjud yoki yo‘qligi, tijorat banklarning loyiha bo‘yicha yakuniy xulosasi umumlashtirilgan. Barchangizga ma'lumki, keyingi paytda fermerlar paxta va g‘alla yetishtirishda ziyon ko‘rmoqda. Prezident tashabbusi va maxsus qarori bilan joriy yilda qariyb 1 million gektar maydonga takroriy ekin ekilishi belgilandi. Ushbu islohot samarasi o‘laroq, 4,2 trillion so‘m qiymatidagi yoki 5,6 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi»​, deb ta'kidlagan vazir.


    Download 3.69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 3.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko’p tarmoqli fermer xo'jaligi tamonidan raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari baholash

    Download 3.69 Mb.