Mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilinishi




Download 93,84 Kb.
bet1/4
Sana30.11.2023
Hajmi93,84 Kb.
#108131
  1   2   3   4
Bog'liq
laboratoriya


Ilmiy izlanishlar natijasiga ko’ra, ta‘lim oluvchilarning individual qobiliyati va imkoniyatini inobatga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. Shuningdek, o‘quv-metodik ta‘minotda keltirilgan topshiriqlarni asosan talabalar mustaqil bajarishadi, ya‘ni mashg‘ulot asosan talabalarning individual mustaqil faoliyatiga asoslanadi. Shu o‘rinda mustaqil bajariladigan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurish, o‘quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil faoliyatiga asoslangan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish muhim o‘rin egallaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, talabalar mustaqil faoliyatiga asoslangan laboratoriya mashgulotlarida bilim olishi bilan birga, ularda ko‘nikma va malakalarini shakllanishiga imkoniyat tug’iladi.
Talabaning laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
- Talabalar mustaqil faoliyatining ilmiy asoslanganligi va ularning tadqiqiy xarakteri;
- Talabalarda o‘z bilimlarini mustaqil oshirib borishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi;
- Mustaqil ishlar bo‘yicha qo‘yiladigan topshiriqlarning ividuallashtirilganligi;
- Mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilinishi.
O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarida har bir talabaning mustaqil faoliyati uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratib berishi lozim. Individual va mustaqil faoliyat natijasida har bir talaba aqliy va amaliy ish uslublarini o‘zlashtiradi, o‘z yutug’i va faoliyatini baholashni o‘rganadi, barcha imkoniyatlarni ishga solish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda tabaqalashtirilgan o‘qitish usulidan foydalangan holda o‘qituvchilar har bir talabaga o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab o‘z yondashuvlarini moslashtiradilar. Bu usul o'qituvchilarga o'qishni individuallashtirishga yordam beradi va har bir talabaning muvaffaqiyatga erishishida yordam beradi.
Bu o’qitish usulida uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: ‘A’,’V’,’S’ dasturlari ajralib turadi. Bu uch dastur asosida talabalarni joriy baholash tabaqalashgan ta’lim modeli texnologik sxemasi 2-bosqichining “Teskari aloqani ta’minlash, diagnostik tahlil” qismi uchun hizmat qiladi. ‘S’ dasturi bo’yicha berilgan topshiriqni yеchgan talabaga 0,5 bal, ‘S’+‘V’ dasturi bo’yicha berilgan topshiriqni yеchgan talabaga 1 bal, ‘S’+‘V’ +’A’ dasturi bo’yicha berilgan topshiriqni yеchgan talaba 1,5 bal to’playdi.
Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashni ta’minlaydi;
• ta`lim oluvchilarning ma`lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi;
‘S’ dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. ‘S’ dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir talaba bajara olishi lozim. ‘V’ dasturi mavzuni qo`llash bilan bog‘liq masalalarni еchish uchun zarur bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga egallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma'lumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi. ‘А’ dasturi talabalarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo`llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma'lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. Tabaqalashtirilgan ta`limda materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni erkin tiklash metodikasi qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlari chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalaming asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ко‘proq o‘qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada va auditoriyadan tashqarida ijodiy hamda mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.
Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlari, zehni o‘tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, “kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo yеchimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi”[ Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. – СПб.: СПГУТД, 2006].
Kreativ yondashuv deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Shunday qilib, talabalarning fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etishda, avvalo, ularning mustaqil bilim olishlari uchun ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hamda ta’limiy yondashuvlarni hisobga olish zarur. Talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikmalarini shakllantirishga kreativ yondashuvning mohiyati shundan iboratki, talablarni bilimlarni chuqurroq egalashga, mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lish jarayonida talabalarning individual faolligi oshadi.


Download 93,84 Kb.
  1   2   3   4




Download 93,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilinishi

Download 93,84 Kb.