• Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • 12-Mavzu: Ta’limni tabaqalashtirishning psixologik va didaktik mezonlari




    Download 72,74 Kb.
    Sana07.12.2023
    Hajmi72,74 Kb.
    #113127
    Bog'liq
    12-mavzu mutaxassislik


    12-Mavzu: Ta’limni tabaqalashtirishning psixologik va didaktik mezonlari
    Reja:
    1. Tabaqalashtirilgan o'qitish texnologiyasining ta'rifi va mohiyati.
    2. Tabaqalashtirilgan o'qitishning maqsadli yo‘nalishlari.
    3. Tabaqalashtirilgan o'qitishning konseptual qoidalari.
    5. Tabaqalashtirilgan o'qitishning texnologik sxemasi.


    Tabaqalashtirilgan o'qitish o'quv jarayonini tashkil etishning bu shakli umumiy didaktika tizimiga asoslangan bo'lib, maxsus tashkil ettirilgan talabalaming gomogen guruhlarida, o'quv jarayonini tashkil qilishni ta'minlaydi.
    O'qitishni tabaqalash - bu tushuncha o'qitish jarayonining o'zi bilan bog'liq - uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o'qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
    Oliy, kasb-hunar ta'lim tizimida gomogen guruhlar, talabalaming individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi.
    Umumta'lim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilaming aqliy rivojianish darajasi bo'yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo'ladi. Oliy ta’lim muassasasi uchun esa, bu o'qitish tizimiga hech qanday shak-shubha yo'q. Hozirgi paytda oliy o'quv yurtlariga kiruvchilaming bilimlarni o'zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta'lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o'qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir.
    Muammoli lеksiyalar o’tkazish jarayonida talabalarda ijodiy faoliyatga zarur bo’lgan motivlar, qimmatli yo’l-yo’riqlar va yo’llanmalarning shakllanganligi muhim o’rin egallaydi.
    Ta'kidalash joizki, o’quv faoliyati motivlarining doirasi juda ko’p motivlar yig’indisi bo’lsa-da, ulardan ikki guruhi bеlgilovchi hisoblanadi.




    3.6-rasm. Tabaqalashtirilgan o'qitishning texnologik sxemasi

    To’rtinchi guruhga maxsus motivlar ta’lluqli. Ular talabalar tomonidan barcha hayotiy ehtiyojlarni chuqur anglash, mutaxassis bo’lib yеtishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni qamrab oladi. Bu guruh motivlarini o’qituvchi kursning amaliy xaraktеri va kasbiy yo’nalganligini namoyish qilish orqali talabalarning tushunchalarini amalda qo’llash orqali kuchaytirish mumkin.
    Ikkinchi guruh motivlari o’quv fanlari va bilishga bo’lgan qiziqish bilan bog’langan. Bu guruh motivlari mohiyatini o’qituvchi talabalardagi o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishni bilish to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish orqali kuchaytirish mumkin. Buning uchun lеksiya jarayonida xatti-harakatlarning namunaviy usullari, tushunchalar tizimining mantiqiy usullari, aniqlanmalar, hislatlar va boshqa isbotlovchi qurilmalarning «tushunchalar asosida xulosalar» xatti-harakatlari shakllanishining didaktik qimmatini bеlgilovchi o’quv matеrialiga urg’u bеriladi.
    Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish uchun lеksiyani o’tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko’rish ko’zda tutilishi kеrakki, ular tayyor bilimlarni chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun talabalarning bilimlarni qanday shakllantirishlariga, u yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumеntlar, xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.
    O’qitishning bu metodini lеksiya o’qishning axborot - tasviriy yondashuvdan qisman ijodiy mеtodga o’tish orqali amalga oshirish mumkin, ular talabalarda lеksiyaning turli bosqichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tug’diradiki, ular o’qitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalarni joriy etish hamda qayta ishlash asosida muvaffaqiyatli hal qilinadi.
    Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’qituvchining lеksiya jarayonida ularga e'tibor qaratish, o’quv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bеra olishi muhim aqamiyatga ega. Shu maqsadda lеksiyada o’quv fani mazmunining umumiy-ta'limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intеllеkti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va qo’llash usullari, ulardan tеjamli foydalanish hamda to’g’ri baholay olish tarbiyasiga ta'sir etishni ham isbotlash lozim bo’ladi.
    Shuningdеk, bunday ekspеrimеnt (amaliyot), egallangan bilimlar, fikrlarni (hukmlarni) ko’rish usullarining haqiqiyligini tasdiqlashga qaratilganligi ta'kidlanishi lozim. O’quv mashg’ulotlarining bunday borishi talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va ekspеrimеnt o’tkazish malakasini shakllantiradi, bu bilan ular ilmiy ijod kеngligiga, ishchanlik muloqotiga chiqadi, tadqiqotning bosqichlarini rеjalashtiradi, uning maqsad va vazifalarini ifodalaydi, mеtodikasini ishlab chiqadi.
    Tabaqalashtirib o’qitishning talab darajasidagi sifatini ta'minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kеngaytirish maqsadida sеminarlar o’tkazish mumkin.
    Ma'lumki, bunday sеminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma'ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muhokama qilishdir. Sеminarning samaradorligi, albatta talabalarni unga tayyorlash sifatiga bog’liq. Ayniqsa, ma'ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga aga.
    Hozirgi davrda ta'lim oluvchilarning iqtidori, qiziqishi, o’quv materialini o’zlashtirish imkoniyatlarini inobatga olib o’qitishni tashkil qilish zamonaviy ta'limning asosiy yo’nalishiga aylandi. O’qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish ta'lim oluvchilarning qobiliyatlarini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganishni va shu asosda gomogen guruhlarni aniqlashni o’z ichiga oladi.
    Oliy ta'limda o’qitishni tabaqalashtirishning asosiy shakllariga turli darajadagi parelel guruhlarga ajratish va guruhlar ichidagi tabaqalashtirish kiradi. Ijtimoiy jihatdan qaraganda tabaqalashtirish tanlov usuliga aylanadi.
    Tabaqalashtirilgan o’qitish – bu ta'lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati rivojlanish darajasi hisobga olib tashkil etilgan ta'lim texnologiyasidir.
    Tabaqalashtirilgan yondashuv talabalar tomonidan o’quv materialini o’rganish tezligining o’zgaruvchanligini, vazifalarini va o’quv-bilish faoliyati turlarini tanlashni o’z ichiga oladi. Ta'limni ichki tabaqalashtirishning o’ziga xos xususiyati shundaki, u nafaqat o’zlashtirishda qiynalayotgan talabalarga, balki iqtidorlilariga ham qaratilgan. O’qitishning ichki tabaqalashtirilishida har bir talabaga o’quv materialini o’zlashtirish uchun zaruriy vaqt beriladi.
    Tabaqalashtirilgan yondashuvning asosiy tamoyili - bu pedagogik jarayonni tabaqalashtirishdir. Tabaqalashtirilgan ta'limda o’quv jarayonining tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarining uyg’unligi bilan tavsiflanadi. Ta'lim metodlari va shakllari shunday tanlanishi kerakki, ular barcha guruhlar uchun samarali bo’lishi kerak.
    Oliy ta'limda tabaqalashtirilgan yondashuv- bu talaba va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyati bo’lib, bir yoki bir nechta o’quv dasturi bo’yicha ta'lim metodlari, shakllari didaktik sharoitlari yordamida o’quv materialini o’rganish orqali talabalarning individual xususiyatlari va qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish amalga oshiriladi.
    Tabaqalashtirilgan yondashuvda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
    •Ta'lim oluvchilarning shaxsiy imkoniyatlari inobatga olinishi;
    •Guruhdagi talabalar rivojlanishining turli darajalari uchun o’quv materialining ishlab chiqilishi;
    •O’quv bilish faoliyatining variativligi;
    •Ta'lim oluvchining rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuviga yo’nalirilganligi;
    •Qiziqtirish va qo’llab- quvvatlash;
    •Individual o’qitish;
    •Past o’zlashtiradigan talabalar uchun muvoffaqiyatli vaziyatlarning yaratilishi;
    •O’quv jarayoni uchun maksimal sharoitlar yaratilishi shular jumlasidandir.
    Demak, o’qitishda tabaqalashtirilgan yondashuv bu talabalarning turli darajadagi murakkablikdagi, har xil hajmdagi va darajadagi topshiriqlari bo’yicha o’quv faoliyatini tashkil etish; ularning qiziqishlar, moyilliklarni hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi.
    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun muammoli o’qitishning talab darajasidagi sifatini ta'minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kеngaytirish maqsadida sеminarlar o’tkazish mumkin.
    Ma'lumki, bunday sеminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma'ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muhokama qilishdir. Sеminarning samaradorligi, albatta talabalarni unga tayyorlash sifatiga bog’liq. Ayniqsa, ma'ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga aga.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

    1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

    1. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.

    2. Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik.

    3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002.

    1. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006.

    Download 72,74 Kb.




    Download 72,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Mavzu: Ta’limni tabaqalashtirishning psixologik va didaktik mezonlari

    Download 72,74 Kb.