• ASOSIY MAZMUNI Antropometriya.
  • LABORATORIYA IShI MAVZUSI: Jismoniy rivojlanganlikni




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/39
    Sana07.02.2024
    Hajmi1 Mb.
    #152626
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Усманходжаева А А , Адилов Ш К ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ, 2017 (1)

     
    LABORATORIYA IShI MAVZUSI: Jismoniy rivojlanganlikni 
    aniqlash va baholash 
     
    Mashg’ulot shakli: jamoaviy, guruhlarda ishlash
    Mashg’ulot usuli : amaliy ish 
     
    Foydalaniladigan jihozlar, apparatlar va materiallar ro'yxati.
    Tibbiy taroz, bo'y o'lchagich, qo'l va bel mushaklari uchun dinamometr, 
    santimetrli lenta, spirometr, spirt, paxta. 
    Antropometriya: bo'y (turgan va o'tirgan holatlarda), tana vazni, ko'krak 
    qafasining aylanasi (tinch, chuqur nafas olganda va chiqarganda), o'ng va chap qo'l 
    hamda belni yozuvchi mushak kuchlari, o'pkaning tiriklik sig‟imi o'lchanadi. 
    Somatoskopiya: mushak, yog‟ qatlamlarining rivojlanishi, teri va shilliq 
    qavatlarning holati, ko'krak qafasining shakli, oyoqlar shakli, qomat turi, oyoq 
    tovonining holati aniqlanadi.
    ASOSIY MAZMUNI 
     Antropometriya. Umumiy va sport antropologiyani asosiy metodi bu 
    antropometriya hisoblanadi. Antropometriya o‟tkazilayotganda asosiy talablarga 
    e‟tibor berish kerak va uni qulay uslublarda bajarish kerak.
    O‟lchovchini holati. Tekshiriluvchi tabiiy holatda, oyoq tovonlarini birga
    uchlarini kergan holda, qo‟llari tushirilgan, quloq suprasini kozelogini yuqori 
    qirrasi ko‟zning pastki qirg‟og‟iga to‟g‟rilab bosh mahkamlanadi, ular bitta 
    gorizontal chiziqda yotishi kerak. 
    O‟lchash usullari. Ommaviy tekshiruvlarda yaxshi yoritilgan xonalarda 
    yechintirib alohida olib boriladi. 
    Tekshirish vaqti. Ertalab och qoringa yoki ovqatdan 2-3 soat keyin. 
    Antropometrik asboblar. U doimo boshqarilib turishi lozim. 
    Tana uzunligi (chuqur nuqtasi). O‟tirgan va turgan holatda aniqlanadi. 
    Tekshiriluvchi antropometrga beli bilan, tovon, dumba, yelkalar tekkan holatda 
    turadi. Kozelokni yuqori qirrasi va ko‟zni pastki qirrasi gorizontal tekislikda 
    bo‟lishi kerak.

    Download 1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    LABORATORIYA IShI MAVZUSI: Jismoniy rivojlanganlikni

    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish