|
Skolioz ko‟rinishlari: a) o‟ng tomonlama; b) chap tomonlama; c, d) S-simon
Oyoq va tovon shakllariBog'liq Усманходжаева А А , Адилов Ш К ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ, 2017 (1)
Skolioz ko‟rinishlari: a) o‟ng tomonlama; b) chap tomonlama; c, d) S-simon
Oyoq va tovon shakllari. Tovon gumbazini tekshirishda tovonni o‟lchash
yoki plantografiya usullardan foydalaniladi. Chijin va Godunov modifikatsiyasi
bo‟yicha yassi tovonni aniqlash plantografiyasidan foydalaniladi.
Tovon o‟lchami indeksi (%):
I = (h
100) : L
h – tovon balandligi (sm), tovonning ichki tomondan eng baland nuqtasi; L –
tovon uzunligi (sm). Agar I 33% katta – juda baland gumbaz, 33 dan 31% gacha –
baland gumbaz; 31 dan 29% gacha – normal gumbaz; 29 dan 27% gacha –
yassilashgan tovon; 27 dan 25% gacha – yassi tovon.
Tovon shakliga ko‟ra to‟g‟ri, g‟ovak yoki ingichkalashgan bo‟ladi. To‟g‟ri
shakllardan farqli o‟laroq ko‟pincha har xil tug‟ma nuqsonlar (5% gacha) va
orttirilgan yassi tovonlik (95% gacha) uchraydi. Orttirilgan yassi tovonlikni raxitik,
paralitik, travmatik, statik shakllari uchraydi. Gumbazlarni yuqoriligi pasayishi
natijasida tovon «yoyilib» ketadi. Buning asosiy sababi bog‟lovchi mushak
apparatining yetishmovchiligi deb hisoblanib, bu statik yassi tovonlikdir. Bu
holatda ko‟pincha tovon va tovonni old qismi tashqi tomonga og‟ishi kuzatiladi.
Oyoq kafti yoki oyoq iziga razm solsak, bunda normal shaklli tovonni tovon
qismi ingichka bo‟y bilan oldi qismiga qo‟shilib ketgan zich shakliy tovon iziga
ingichka bo‟yin kengaygan bo‟ladi. Yassi tovonda esa bo‟yin qismi umuman
bilinmaydi. Tovon qismi ingichkalashmagan holda tovonni old qismiga o‟tib
ketadi. G‟ovaksimon tovon shaklida tovon qismi oldi qismi bilan umuman
bog‟lanmaydi. Gumbazlarning holatlarini ob‟yektiv xarakteristikasiga ko‟ra
telerentgenografiyaning turli xil usulli parametri aniqlik kiritadi. Dinamikada
kuzatish uchun Chijin yoki tovon izlari analizidan foydalanish mumkin. M.I.
Chijin tekshiriluvchi oyog‟ini 10% yarim xlorli temir eritmasiga solib, qog‟ozga
oyoq izini tushiradi. Qog‟ozda tub izlari qoladi. Izda: ichki yuzani eng turtib chiqib
turgan nuqtasidan urinma chiziq tortiladi (bu a, b chiziq bo‟ladi). A, V chizig‟i esa
ikkinchi barmoqni orasidan tovonni o‟rta qismi bo‟ylab dj chizig‟i tomon chiziladi.
Tovon uchi bo‟ylab ab chizig‟i chizilib, o‟nga perpendikulyar to urinma chiziqqa
|
| |