• ” mavzusidagi bajargan mustaqil ishi Tekshirdi:Isroilova Surayyo Toshkent 2023 Reja: 1
  • Qon bosimi
  • O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi




    Download 71.02 Kb.
    bet1/5
    Sana07.05.2023
    Hajmi71.02 Kb.
    #57382
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Nodirbek Biofizika 1-mustaqil ish.
    Mustaqil ish 3 Ravshanbek Yo‘ldashev, Мустакил ишлар, 2075-Article Text-4296-1-10-20211127, Чизикли тайёри, hisobot, S 11 18, atomic-habits, Amaliy ish 1, Algoritmlarni loyihalash 1mustaqil ish, Dasr-tahlilli-namuna-lotin, 45-variant, CEFR SPEAKING, maruza mashg\'uloti, Success Business Handshake PowerPoint Templates

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    1-son Davolash fakulteti 1-kurs 112 B-guruh talabasi
    Botirov Nodirbekning
    Biofizika fanidan
    Arterial bosimni aniqlashning fizik asoslarimavzusidagi bajargan
    mustaqil ishi


    Tekshirdi:Isroilova Surayyo


    Toshkent 2023
    Reja:
    1.Qon bosimi haqida ma’lumot.
    2.Arterial bosim haqida ma’lumot.
    3.Arterial bosimni o’lchash usullari.
    Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).
    Arterial bosimni o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar bilan ish yanada osonlashadi. Ammo nimadir xato bajarilsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Shu oddiy jarayonni pala-partish qilmaslikka oid tavsiyalar bilan tanishtiramiz.

    Download 71.02 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 71.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Download 71.02 Kb.