• YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING KAMCHILIKLARI
  • Yangi qonunchilikka ko’ra: YaTTlar ham Yillik aylanmasi 100mlndan oshgan taqdirda Aylanmadan soliq to’lashlari, 1mlrddan oshgan taqdirda esa QQS to’lashlari belgilab qo’yilgan.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda uchtagacha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlikning afzalliklari




    Download 38 Kb.
    Sana14.05.2023
    Hajmi38 Kb.
    #59445
    Bog'liq
    hisobot
    Mustaqil ish 3 Ravshanbek Yo‘ldashev, Мустакил ишлар, 2075-Article Text-4296-1-10-20211127, Чизикли тайёри, Nodirbek Biofizika 1-mustaqil ish., S 11 18, atomic-habits, Amaliy ish 1, Algoritmlarni loyihalash 1mustaqil ish, Dasr-tahlilli-namuna-lotin, 45-variant, CEFR SPEAKING, maruza mashg\'uloti, Success Business Handshake PowerPoint Templates

    Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya.
    YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING AFZALLIKLARI

    O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish huquqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya’ni, unda korxonadagi singari direktor, buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning barchasini yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi bajaradi

    Faoliyat yuritishning nisbatan yengilligi. Masalan, yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalar zarur hollarda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojaat

    qilish orqali o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va bu davr uchun soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi




    Ustav fondini shakllantirishning talab etilmasligi. Ya’ni, siz hech qanday mablag‘ni alohida jamg‘armasdan,
    to‘g‘ridan to‘g‘ri faoliyatingizni boshlashingiz mumkin

    Alohida yuridik manzilning talab etilmasligi. Siz o‘zingizning doimiy yashash manzilingizni ko‘rsatgan hol- da yakka tartibdagi tadbirkorlikni ro‘yxat dan o‘tkazishingiz mumkin

    Hisobotlar topshirishning yengillashtirilgan tartibi qo‘llanilishi. Masalan, qonunchilikka ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi

    YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING KAMCHILIKLARI

    O‘z faoliyati natijalari uchun cheklanmagan shaxsiy javobgarlikka egaligi. Deylik, siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida zararga kirib qoldingiz. Bu qanday holda ro‘y berganidan qat’i nazar, siz ushbu faoliyatga sarflangan mablag‘larni o‘z mol-mulkingiz bilan qoplashga majbursiz

    Faoliyatni kengaytirishda yollanma mehnatdan foydalanishning cheklanganligi. Ya’ni, qonunchilikka ko‘ra, faoliyat turiga qarab, bir nafardan uch nafargacha xodimni yollashga ruxsat etiladi. Bu esa, yakka tartibdagi tadbir—

    korga o‘z faoliyatida ko‘p ishchilarni talab qiluvchi texnologiyani joriy qilishga imkon bermasligi mumkin




    Shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlarining cheklanganligi. Siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishingiz mumkin

    Mablag‘larning u qadar katta bo‘lmasligi yirik loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi. Siz aksiyadorlik kompaniyasi singari qo‘shimcha aksiya chiqara olmaysiz, yirik hamkorlar, qo‘shimcha mablag‘larini jalb eta olmaysiz

    Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turi va uni yuritish joyiga qarab eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini amalga oshiradilar
    Yangi qonunchilikka ko’ra: YaTTlar ham Yillik aylanmasi 100mlndan oshgan taqdirda Aylanmadan soliq to’lashlari, 1mlrddan oshgan taqdirda esa QQS to’lashlari belgilab qo’yilgan.
    Xodimlar yollangan taqdirda har bir xodim uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi.
    Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda uchtagacha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida alohida to‘laydilar.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin. Unga ko`ra uch kishigacha yollanma ishchi ishlatish mumkin. 
    Download 38 Kb.




    Download 38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakka tartibdagi tadbirkorlikning afzalliklari

    Download 38 Kb.