• QON BOSIMINI TONOMETR BILAN ANIQ O’LCHASH UCHUN ASOSIY QOIDALAR
  • Qon bosimi stetoskop bilan qanday o‘lchanadi?




    Download 71.02 Kb.
    bet3/5
    Sana07.05.2023
    Hajmi71.02 Kb.
    #57382
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Nodirbek Biofizika 1-mustaqil ish.
    Mustaqil ish 3 Ravshanbek Yo‘ldashev, Мустакил ишлар, 2075-Article Text-4296-1-10-20211127, Чизикли тайёри, hisobot, S 11 18, atomic-habits, Amaliy ish 1, Algoritmlarni loyihalash 1mustaqil ish, Dasr-tahlilli-namuna-lotin, 45-variant, CEFR SPEAKING, maruza mashg\'uloti, Success Business Handshake PowerPoint Templates
    Qon bosimi stetoskop bilan qanday o‘lchanadi?
    Yurak tovushini eshitish usuli kishidan ba'zi odat va ko‘nikmalarni talab qiladi. Bir vaqtda ham tinglash, ham tonometr ko‘rsatkichidagi o‘zgarishni payqash boshlanishiga qiyin bo‘ladi.
    O‘zining qon bosimini o‘lchash yanada qiyinroq. Shuning uchun, agar stetofonendoskopdan foydalanishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qanday bajarishni o‘rganing.

    1. Xuddi avtomatik tonometrda o‘lchashda lozim bo‘lgandek o‘tirish kerak. Manjyet ham qo‘lning aynan o‘sha qismiga taqiladi.

    2. Tirsak chuqurligiga yoki uning sal yuqorisidagi puls eshitilishi eng yaxshi bo‘lgan joyga stetofonendoskop membranasini qo‘ying va ozroq siqing.

    3. Manjyetni havo bilan damlang va bir vaqtning o‘zida strelkadan ko‘z uzmasdan pulsni tinglang. Qaysidir holatda puls yo‘qoladi — uni eshitib bo‘lmaydi. Shundan so‘ng tonometr strelkasi yana 20-30 mm simob ustuniga ko‘tarilguncha manjyetni damlash kerak.

    4. Grusha jo‘mragini ozroq ochishingiz bilan tonometr strelkasi asta-sekin pastlay boshlaydi, sekundiga 2-3 mm simob ustuni tezligida.

    5. Stetofonendoskopda yurak urishi tovushlari yana qachon paydo bo‘lishiga diqqat qiling. O‘sha vaqtdagi strelka ko‘rsatkichini eslab qoling. Bu sistolik, ya'ni ustki qon bosimidir.

    6. So‘ngra, tovushlar yana yo‘qolib qoladi va o‘sha vaqtdagi strelka ko‘rsatkichi diastolik, «pastki» bosimini ifodalaydi.

    U 140/90 dan ko‘tarilsa, qon bosimi oshishi tashxisini qo‘yish mumkin. Quyi chegara esa 90/60. O‘zingiz uchun me'yor qandayligini bilish uchun qon bosimini har kuni bir xil vaqt va sharoitlarda o‘lchang va yozib boring. O‘zingizni yomon his qiluvchi biror holat sodir bo‘lsa, sizda qon bosimi bilan bog‘liq muammo mavjud yoki aksinchaligini aniqlay olasiz.

    QON BOSIMINI TONOMETR BILAN ANIQ O’LCHASH UCHUN ASOSIY QOIDALAR


    • Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak;

    • Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi.

    • Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak;

    • Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi, bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi;

    • Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka joylashtirish kerak;

    • Qo’l alatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak;

    • Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas;

    • Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan tomirlardagi qon bosimi normallashadi.

    Download 71.02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 71.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qon bosimi stetoskop bilan qanday o‘lchanadi?

    Download 71.02 Kb.