Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari




Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana11.12.2023
Hajmi308,01 Kb.
#115963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu (1)

Tashkilotda xodimlarni o’qitish. Rahbar zimmasiga yuklatiladigan asosiy 
vazifalardan biri, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, yangi texnologiyalarga 
va ishni tashkil etish uslubiga o‟rgatishdan iboratdir. Tadqiqotlar orqali 
aniqlanishicha, bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi 80% to‟siqlar tashkilot 
xodimlari muammolari bilan bog‟liq ekan. Bu muammolar tarkibiga xodimning 
joriy etilayotgan yangiliklarga qarshiligi, qayta o‟qishni xohlamasligi, yangicha 
ishlashni istamaslik, tashkilot maqsadlari bilan shaxsiy ehtiyojlarning o‟zaro mos 
kelmasligi kabilar kirishi mumkin. Shu munosabat bilan, hatto yangi xodim ishga 
qabul qilinganda, unga zarur mehnat ko‟nikmalarini shakllantirish ham bevosita 
rahbar zimmasiga yuklatiladi. 
Aniqlanishicha, yangi xodimning tashkilotga tez moslashishi ko‟p jihatdan u 
bajarishi lozim bo‟lgan vazifani qanchalik malakali tarzda bajarishga o‟rganishi 
bilan bog‟liq. Kasbda erishilgan muvaffaqiyat xodimning o‟ziga bo‟lgan 
ishonchini oshiradi va uning faoliyati tashkilot uchun zarurligi hissini uyg‟otadi. 
SHuning uchun yangi xodimga u shug‟ullanishi lozim bo‟lgan mehnat jarayonini 
tez va muvaffaqiyatli o‟rgatish, tashkilot ichki ta‟lim dasturining asosiy qismidir.
Tashkilot miqyosidagi doimiy tarzda amalga oshiriluvchi ta‟lim tadbirlari 


boshqaruv sohasiga tegishli bo‟lib, rahbarning zamonaviy boshqaruv uslublaridan 
nafaqat xabardor bo‟lishi, balki bunga oid zarur ko‟nikmalarni egallashi dolzarb 
masaladir. Rahbarlik mahoratini shakllantirish faqatgina xodimlar bilan bo‟lgan 
munosabatlarni boyitish taqozosi bo‟lib qolmay, balki tashkilotdagi rahbar 
kadrlarning mansabda o‟sishi bilan ham asoslanadi. Tashkilot miqyosida sodir 
bo‟luvchi mansabdagi o‟rin almashishlar yangi lavozimga kelgan rahbarga 
boshqaruv malakalarini o‟rgatish zaruriyatini ham qo‟yadi.
SHunday qilib, tashkilotda yuzaga kelayotgan har qanday o‟zgarish 
xodimning bu sharoitga tez moslashishini talab qiladi va bunday vaziyatda asosiy 
yengillashtiruvchi omil sifatida ta‟lim tadbirlari bo‟lishi mumkin. 
Tashkilot miqyosidagi ta‟lim uslublari. Hozirga kelib, tashkilot miqyosida ta‟lim 
jarayonini olib borishning bir qancha uslublari mavjud va rahbar mana shu uslublar 
asosida xodimlarning kasbiy malakasini qay yo‟l bilan shakllantirish imkoniyati 
haqida bilishi lozim.
Odatda ta‟lim nazariyasida bir qancha ta‟lim uslublari farqlanadi. Bu 
uslublar umumlashgan tarzda uch guruhga kiritilishi mumkin: passiv, faol va 
interfaol ta‟lim uslublari. Passiv uslub sifatida o‟qituvchining faolligi-yu,
o‟quvchining ma‟lumot qabul qilish ob‟ekti sifatidagi ta‟lim nazarda tutiladi. 
Bunga, an‟anaviy ma‟ruza, ma‟lumotni namoyish etish tarzidagi mashg‟ulotlarni 
kiritish mumkin.
Faol uslublarga asoslangan ta‟limdagi natija o‟quvchining ichki intilishi hisobiga 
ta‟minlanadi. O‟quvchi oldida muammoli vazifalarni hal etish zarurati, masalaga 
ijodiy yondoshish sharoiti yuzaga keltiriladi. O‟qituvchi va o‟quvchi o‟rtasida 
muntazam ikki tomonlama aloqa yaratiladi va qayta aloqaga katta e‟tibor beriladi. 
Ta‟lim jarayonidagi seminar, suhbat, mustaqil tarzda tayyorlanish kabi 
mashg‟ulotlar faol ta‟lim uslublari qatoriga kiradi.
Ta‟limning interfaol uslublarida esa o‟quvchilar va o‟qituvchi munosabatlari 
hamkorlik pog‟onasiga ko‟tariladi. Ushbu jarayonda qatnashayotgan o‟qituvchi 
ham o‟quvchi ham ta‟lim sub‟ektlari sifatida ishtirok etadilar. Ta‟lim jarayonida 
ishtirokchilar o‟rtasidagi munosabatlar jadallashadi, o‟zaro ma‟lumot alamashuvi 
kuchayadi. Mashg‟ulot davomida xizmat yuzasidan uchrovchi muammolarni qay 
tarzda hal etish namunasi yaratiladi va reallikka yaqinlashgan sharoitda o‟zaro 
muvofiqlik harakatlari amalga oshiriladi.
Ta‟lim jarayonini o‟quvchi faolligi nuqtai nazaridan tahlil etish asosida 
quyidagi «Ta‟lim piramidasi» tasviri ishlab chiqildi va bu orqali turli ta‟lim 
uslublarining samarasi ko‟rgazmali tarzda namoyon etildi. Ushbu rasmda 
keltirilgan har bir ta‟lim uslubi qarshisidagi foizlar shu uslubni qo‟llash asosida 
o‟quvchi tomonidan bilimlarni o‟zlashtirish ko‟rsatkichidir. 
Ma‟ruza 5% 
Mustaqil o‟qish 10% 
Video /Audio materiallardan foydalanish
20% 



Download 308,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi. Mehnat boshqaruvi va shaxslararo munosabatlari

Download 308,01 Kb.
Pdf ko'rish