ayollar uchun 16 yoshdan 54 yoshgacha) aholi, shuningdek iqtisodda band
mehnatga layoqatli yoshda bo`lmagan (o`smirlar va
mehnatga layoqatli yoshdan
yuqori yoshdagilar) shaxslar tushuniladi. Bundan ishlamayotgan I, II guruh
nogironlari, imtiyozli pensiya oluvchilar istisno qilinadi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida
amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman
qo`shilmaydigan individning o`zi yo`q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli
insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa
doimo
kishilar guruhida ro`y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni
o`rganish va guruhlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chikarish insoniy
psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o`zining hayoti davomida
boshqa kishilar bilan
bevosita muloqotda bo`ladi va bu orqali o`zining ijtimoiy mohiyatini amalga
oshiradi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta`sirida
amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga
umuman qo`shilmaydigan individning o`zi yo`q, kishi jamiyatda yashar ekan, u
doimo
turli insonlar bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot
jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro`y beradi. Shuning uchun ham guruhlar
muammosi, uni o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar
chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida
etnik guruhlar psixologiyasi,
ya`ni etnopsixologiya bo`yicha ko`proq tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa, hozirgi
davrda har bir jumhuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa
tomondan qaraganda, hamdustlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o`rtasida
muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun
tartibida avvalgidan ham muhim masala sifat ida qo`yilmoqda.
Katta guruhlar
ichida milliy guruhlarga ko`proq e`tibor berishni lozim, bunday etiborning yana bir
boisi - O`zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o`tkazilganligi, lekin ular
ko`p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Kichik guruh - nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a`zosi unchalik ko`p
bo`lmagan, umumiy maqsad bilan bog`langan kishilarning birlashmasi.
Bunda kichik guruh a`zolari o`rtasida bevosita aloqalar o`rnatiladi va amalga
oshiriladi.
Bu guruhda, umumiy maqsad mavjud bo`lib, uning a`zolari bu
maqsadga erishish yo`lida o`zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik
guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan biladilar va guruh oldida turgan
vazifalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan muloqotda bo`ladilar.
Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli jamoadir.
Faoliyatining umumiy maqsadga erishish yo‟lida psixologik jipsiligi va umumiy
foydali motivlar bilan gavsiflanuvchi guruhdir.
Jamoaning muhim belgisi – maqsad va vazifalarning
ijtimoiy ahamiyatga
ega ekanligidir. Agar bu belgi bo‟lmasa, guruh jamoa deb atalishi mumkin emas.
Kuchli va kuchsiz ko`rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo`lishi mumkin, lekin
ulardagi umumiy narsa-natija, ya`ni sherik tanlashdir.
Sotsiometrik tadqiqotdan olingan malumotlar asosiy sotsiogrammalar tuziladi.
Agar guruh a`zolari soni 20 tadan ko`p bo`lsa, sotsiometrik matritsa tuzish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda, zanjir,
uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin.
Shunday qilib,
sotsiometriya metodi ob`yektiv va aniq malumotlar, ya`ni shaxsning guruh yoki
jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma`lumotlar olishga imkon beradi va amaliy
maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari qanday?
2. Mehnat adaptatsiyasining asosiy jihatlari nimalardan iborat?
3. Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari qanday?
4. Adaptatsiya jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
5. Tashkilotlardagi ta‟lim dasturlari haqida gapiring.
6. Ta‟lim uslublarini taqqoslashda ta‟lim tadbirlari va ularning ahamiyati.
7. Mehnat boshqaruvi nima?