|
8-mavzu. Dorixonada zahiralar bo‘limi ishini tashkil qilish. Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish
|
bet | 1/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 79,36 Kb. | | #137327 |
Bog'liq 6-маъруза. ФИТҚ 2023-2024-1 6-MA’RUZA. DORIXONADA ZAHIRALAR BO‘LIMI ISHINI TASHKIL QILISH. LABORATORIYA VA QADOQLASH ISHLARINI HISOBGA OLISH. Zahiralar bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari Zahiralar bo‘limining asosiy vazifalari dorixonaga ta’minotchilardan keltirilgan dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlarni qabul qilib olish, saqlash, ularni boshqa bo‘limlarga, davolash-profilaktika muassasalari (DPM)ga, tashkilotlarga, shahobchalarga tarqatish hamda laboratoriya va qadoqlash ishlarini amalga oshirishdan iborat. Zahiralar bo‘limining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: - dorixonaning dori vositalari, tibbiyot buyumlarining kerakli assortimenti bilan ta’minlanib turishini kuzatib borish, tovar zahiralarining to‘g‘ri saqlanishini tashkil etish; -zaruriy tovarlar uchun buyurtma talabnomalar tuzib, o‘z vaqtida dorixona omboriga yuborish; -ta'minotchilardan kelgan buyumlarni qabui qilib olish; - Bo‘limdagi tovarlarning harakati to‘g‘risida hisobot tuzib borish; - Bo‘limdagi tovarlarning harakati to‘g‘risida hisobot tuzib borish; - retseptsiz savdo bo‘limiga tegishli tovarlarni berish; - assistentlar xonasidagi shtanglaslarni dori vositaiari bilan to‘ldirib turish; -dorixonaga biriktirilgan DPMga, dorixona shaxobchalariga tovarlarni tarqatish; - tarqatilgan tovarlar uchun yukxati va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish. Zahiralar bo‘limi xodimlari orasida shtatlar va vazifalarning taqsimlanishi Zahiralar bo‘limi xodimlari orasida shtatlar va vazifalarning taqsimlanishi Zahiralar bo‘limida farmatsevt va qadoqlovchilar xizmat qilib, ular bevosita bo‘lim mudiri va muovinlariga bo‘ysunadilar. -Bo‘limda farmatsevt-texnologning vazifalari quyidagilardan iborat: - bo‘limdagi laboratoriya ishiarini olib borish, jumladan, konsentrlangan eritmalar, yarim fabrikatlar, dorixonada va tez-tez uchrab turadigan retseptlar bo‘yicha oldindan dorilar tayyorlash;
|
| |