|
Dorixonada tovarlarni qabul qilish qoidalari va ularni boshqa bo‘limlarga berish tartibi
|
bet | 7/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 79,36 Kb. | | #137327 |
Bog'liq 6-маъруза. ФИТҚ 2023-2024-1Dorixonada tovarlarni qabul qilish qoidalari va ularni boshqa bo‘limlarga berish tartibi Zahiralar bo‘limi dorixona omboridan buyumlarni olish uchun buyurtma talabnoma yozadi. U uch nusxada omborning tegishli bo‘limlari uchun rasmiylashtiriladi. Tarkibida zaharli, giyohvand moddalar va etil spirti bo‘lgan dori vositalari uchun alohida buyurtma-talabnomalar har oyda reja asosida dorixona omboriga yuboriladi. Zahiralar bo‘limidan dorixonaning boshqa bo‘limlariga va dorixona shahobchalariga buyumlarni talabnoma yuk xatiga muvofiq beriladi. Talabnoma yukxati uch nusxada to‘ldiriladi. Birinchi nusxasi tovarlar hisobotiga kiritiladi. Ikkinchi nusxasi tovarlarni qabul qilgan shaxsda qoladi. Uchinchi nusxasi esa ularni tarqatgan moddiy javobgar shaxsda bo‘ladi zahiralar bo‘limida rasmiylashtiriladi. Dorixonalarda tayyor dori vositalari miqdorini oshirish, ekstemporal tayyorlashni tezlashtirish uchun laboratoriya va qadoqlash ishlari olib boriladi, ular "laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish kitobi (daftari)”da rasmiylashtiriladi. Ular nomerlangan, shnurlangan, muhrlangan bo‘lishi, ularda yuqori tashkilot rahbarlari va bosh hisobchining imzolari bo‘lishi shart. Kitobdagi barcha yozuvlar ma'lum bir vazifalar bajarilgandan so‘ng yoziladi. Agar ish kuni mobaynida dori vositalarini qadoqlash tugatilmagan bo‘lsa, mahsulotning qadoqlab bo‘lingan qismi kitobda rasmiylashtirilishi shart. Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish bu ishlardagi paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan farqlarni aniqlaydi, qadoqlash ishlari uchun belgilangan tabiiy yo‘qotish me'yorining summasini ko‘rsatadi. Aholidan olingan retseptlar bo‘yicha toza holda berilgan spirtning narxi va miqdori laboratoriya ishlarini hisobga olish kitobida kundagi hisoblangan retseptlar asosida yoziladi. Aholiga berilgan toza holdagi distillangan suv miqdori va narxi ham shu kitobda hisobga olib boriladi. Oyning oxirida dori vositalarini tayyorlash va qadoqlash ishlariga javobgar shaxslar "laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish kitobi" bo‘yicha qadoqlangan suyuqliklar, kukunlar, dozalangan kukunlar, mazlar, tayyor dori vositalari, tabletkalar, ampulalar, draje va boshqalar miqdorlarini hisoblaydilar.
|
| |