|
8-mavzu. Dorixonada zahiralar bo‘limi ishini tashkil qilish. Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish
|
bet | 4/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 79,36 Kb. | | #137327 |
Bog'liq 6-маъруза. ФИТҚ 2023-2024-1 Zahiralar bo‘limidagi dori vositalari Davlat farmakopeyasi talablariga muvofiq saqlanadi. Dori vositalarini saqlash qoida va shartlariga aniq rioya qilinsa, ularning buzilish hollarini oldi olinadi. Dori vositalarini saqlashda ularning toksikologik xossalari, farmakologik guruhlari, qo‘llanish usullari, agregat holatlari, yaroqlilik muddati ta'sirchanligiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Yorug‘likka sezgir preparatlar to‘q zarg‘aldoq rangli shisha idishlarda, ba'zida yorug‘lik o‘tkazmaydigan qora qog‘oz yopishtirilgan shtanglaslarda saqlanadi. Namlikka sezgir preparatlar quruq joylarda saqlanadi. Rezina buyumlari salqin xonalarda, qorong‘i shkaflarda va tokchalarda saqlanadi. Ular saqlanadigan xonalar va shkaflardagi namlik 60% dan kam bo‘lmasligi kerak. Uning uchun karbon kislotasining eritmasi va rezina buyumlari elastikligini saqlash maqsadida ammoniy karbonat yoki xlorid ochiq idishlarda qo‘yiladi. Bog‘lov materiallari quruq yorug‘ xonalarda alohida shkaf tortmalarida saqlanadi. Ularni saqlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi. Giyohvandlik, zaharli dori vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, etil spirti alohida shart-sharoitlarga rioya qilingan holda saqlanadi. Bu dori vositalari saqlanadigan xonalar yorug‘lik yoki tovush signalizatsiyasi bilan ta'minlanadi. Uning uchun karbon kislotasining eritmasi va rezina buyumlari elastikligini saqlash maqsadida ammoniy karbonat yoki xlorid ochiq idishlarda qo‘yiladi. Bog‘lov materiallari quruq yorug‘ xonalarda alohida shkaf tortmalarida saqlanadi. Ularni saqlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab qilinadi. Giyohvandlik, zaharli dori vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, etil spirti alohida shart-sharoitlarga rioya qilingan holda saqlanadi. Bu dori vositalari saqlanadigan xonalar yorug‘lik yoki tovush signalizatsiyasi bilan ta'minlanadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar saqlanadigan seyflarning ikkitadan kaliti bo‘lishi lozim. Ularning biri javobgar shaxsda, ikkinchisi esa mudirda bo‘ladi. Giyohvand dori vositalari saqlanadigan seyflarda ularni o‘lchash uchun qo‘l tarozilari, dori vositalarini tayyorlash uchun xovoncha, silindr, voronka bo‘lishi shart. Prekursorlar saqlanadigan xonalarda tabiiy ventilyatsiya bo‘lishi lozim. Prekursorlar saqlanganda chang bilan ifloslanmaslik va boshqa choralarni ko‘rish kerak, aks holda portlash hodisasi ro‘y berishi mumkin. etil spirti alanga oluvchi preparatlar qatoriga kirgani uchun, uni og‘zi mahkam yopiladigan idishlarda yorug‘likdan himoya qilingan holda, salqin joylarda, alohida xonalarda saqlanishi kerak.
|
| |