|
8-mavzu. Dorixonada zahiralar bo‘limi ishini tashkil qilish. Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish
|
bet | 6/8 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 79,36 Kb. | | #137327 |
Bog'liq 6-маъруза. ФИТҚ 2023-2024-1Dorixonalarda xodimlarning ish faoliyatini yengillashtirish uchun oldindan konsentratlar, yarim fabrikatlar tayyorlanadi: 50% li glyukoza, 20% li natriy bromid, 20% li magniy sulfat, 10% li kaliy yodid, dimedrolning 1% li, bor kislotasi 2% li, 60% li natriy tiosulfat, natriy xlorid 0,9% li eritmalari va hokazo. Tayyor dori vositalari bo‘limi har xil seksiyali shkaflar, stollar va peshtaxtalar bilan jihozlanadi, undan tashqari termolabil dori vositalari uchun muzlatkichlar, zaharli, giyohvandlik vositalari uchun esa qulftanadigan temir seyflar bo‘ladi. Bo‘limni mudir va uning o‘rinbosarlari -oliy ma'lumotli farmatsevtlar boshqaradi. Dorixonadagi dori vositalarini va boshqa tibbiy buyumlarni retseptsiz beradigan bo‘lim ham kutish zaliga joylashtiriladi. U har xil to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi. Retseptsiz savdo bo‘limini esa o‘rta maxsus ma'lumotli farmatsevt-assistent boshqarishi mumkin. Bu bo‘limning vazifasi aholiga vrach retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, gigiyena buyumlari hamda boshqa tibbiyotda va bemorlar parvarishida ishlatiladigan buyumlar bilan savdo qilishdan iborat. Dorixonadagi dori vositalarini va boshqa tibbiy buyumlarni retseptsiz beradigan bo‘lim ham kutish zaliga joylashtiriladi. U har xil to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi. Retseptsiz savdo bo‘limini esa o‘rta maxsus ma'lumotli farmatsevt-assistent boshqarishi mumkin. Bu bo‘limning vazifasi aholiga vrach retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, gigiyena buyumlari hamda boshqa tibbiyotda va bemorlar parvarishida ishlatiladigan buyumlar bilan savdo qilishdan iborat. Dorixonada tovarlarni qabul qilish qoidalari va ularni boshqa bo‘limlarga berish tartibi Zahiralar bo‘limi dorixona omboridan buyumlarni olish uchun buyurtma talabnoma yozadi. U uch nusxada omborning tegishli bo‘limlari uchun rasmiylashtiriladi. Tarkibida zaharli, giyohvand moddalar va etil spirti bo‘lgan dori vositalari uchun alohida buyurtma-talabnomalar har oyda reja asosida dorixona omboriga yuboriladi. Zahiralar bo‘limidan dorixonaning boshqa bo‘limlariga va dorixona shahobchalariga buyumlarni talabnoma yuk xatiga muvofiq beriladi. Talabnoma yukxati uch nusxada to‘ldiriladi. Birinchi nusxasi tovarlar hisobotiga kiritiladi. Ikkinchi nusxasi tovarlarni qabul qilgan shaxsda qoladi. Uchinchi nusxasi esa ularni tarqatgan moddiy javobgar shaxsda bo‘ladi zahiralar bo‘limida rasmiylashtiriladi.
|
| |