Niyat xati kalishbekov isa




Download 109.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.05.2023
Hajmi109.87 Kb.
#65483
Bog'liq
Niyat xati ISA
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR


NIYAT XATI KALISHBEKOV ISA 
Hurmatli Turkiya hukumati stipendiyasi jamoasi, men Kalishbekov Isa 
Kabilbek o’g’li, hozir kunda Toshkent Viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika 
Universitetida 4-kurs bosqichiman. Maqsadim Eng zo’r Dizayner bo'lish va men 
sizga Turkiya hukumati stipendiya dasturidan stipendiya olish istagimi bildirish 
uchun yozyapman. 
Men har doim Universitetda a’lo baholarga o’qib kelaman va Matematika, 
Informatika, Tasviriy san’at va Chizmachilik fanlaridan ajoyib natijalarga erishib 
kelayapman. Ingliz tilini hamda Turk tilini o'rganganman va hozirda universitetga 
kirishga tayyorlanyapman. 
Universitetda va tuman miqyosida o‘tkazilgan turli tanlov va tadbirlarda 
faol ishtirok etganman, jumladan; “Bobur izdoshlari”, “Ijodkor kitobxon”, 
“Harbiy vatanparvarlik oyligi”, “Biz birlashamiz va jinoyatchilikka qarshi” va 
mukofotlarga sazovor bo‘ldim. Men ham Chirchiq tumani Yoshlar ittifoqi Yosh 
ijodkorlar va xotiralar kengashi a'zosiman. Aytganimdek, men bu dasturda 
Dizayner bo'lish orzusi bilan yozyapman. 
Turkiyada Dizayner yo‘nalishida o‘qish istagimning sabablari; birinchidan, 
rasm chizish va binolarni loyihalash qobiliyatim bor, ikkinchidan, Turkiya 
Respublikasi dunyoda "Me'morlar" tayyorlamoqda. Bu dunyodagi eng noyob 
davlatlardan biri. 
Usmonlilar imperiyasida buyuk me'morlar tug'ilgan va ularning ishlarini 
zamonaviy Turkiyadagi eng qadimgi bino va inshootlarda ko'rish mumkin. Bu 
yo‘nalishda juda ko’p universitetlar shakllangan va men ham shu imkoniyatdan 


foydalanib, Turkiyaning nufuzli universitetlaridan birida sifatli ta'lim 
olmoqchiman. 
Bu yo‘nalishda Turkiyada tahsil olish niyatimga yana bir sabab, bilamizki, 
keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari har tomonlama rivojlanib 
bormoqda, hozirda yurtimda turk qurilish kompaniyalari ko‘p va ular 100 ga yaqin 
yirik binolar qurmoqda, ayniqsa yangilari. 
Xozirgi kunda O’zbekistonda juda ko’p Dizayn ishlar Turk kompaniyalari 
tomonidan qilinayabdi. Bu dizaynlarni ko'rish hayratlanarli. Kelajakda shu 
kompaniyalardan birida ishlash yoki Turkiya tajribasi asosida o‘z kompaniyamni 
ochish orzuyim bor. Turkiya universitetlarining mukammal ta'lim tizimidan 
ilhomlanib, yaxshi va mukammal o‘qish uchun qo‘limdan kelganini 
qilmoqchiman. Mening arizamni o'rganishga vaqt ajratganingiz uchun sizga 
rahmat aytmoqchiman. Samimiyat ila! Kalishbekov Isa Kabilbek o’g’li! 

Download 109.87 Kb.




Download 109.87 Kb.
Pdf ko'rish