114
qobiliyatini o‘stiradi, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar
mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir.
Shuning uchun o‘quvchi va talaba yoshlarni jismoniy tarbiya qilish bo‘yicha o‘quv
jarayonlarni takomillashtirish respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida muhim
davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq xo‘jaligi uchun ishchi
resurslar rezervini tayyorlashning asosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan oliy o‘quv
yurtlari dargohidan chiqayotgan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining
bo‘lajak mutaxassislari jismoniy tarbiya va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy
burchni bajarishda joriy etishga tayyor bo‘lishlari va sportning
ishlab chiqarishning
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishini chuqur tushunishlari kerak.
Hozirgi vaqtda o‘quvchi va talaba-yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar
mavjudligi aniqlangan. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo‘lmoqda. Kam
harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi
kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislar harakat faolligini salomatlikni saqlash va
mustahkamlashda muhim omil hisoblaydilar. Jismoniy tarbiya bo‘yicha majmuaviy dastur
o‘sib kelayotgan avlodni
har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga,
chiniqtirishga, o‘quvchilarning ish qobiliyatining o‘sishiga, kundalik harakat rejimini
tashkil etishga yo‘naltirish lozim. Ayni paytda shuni ham aytib o‘tish kerakki, pedagogika
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning shakllari, vositalari, usullari va metodik
ko‘rsatmalarni ishlab chiqishga etarlicha e’tibor bermagan.
Shu paytga qadar jismoniy tarbiyada o‘quvchi
va talabalar, asosan, chidamlilik,
chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni rivojlantirish g‘oyasi asosiy o‘rin
egallagan. Yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash
masalalarini hal qiluvchi sport mashg‘ulotlari metodologiyaning bazisi hisoblanadi.
Bundan tashqari, insonning salomatlikni
asrash va mustahkamlashga, jismoniy
115
mashg‘ulotlardan oladigan qoniqishga bo‘lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham
e’tiborga olish kerak.
Yoshlarni jismonan tarbiya qilishda individual yondashuv sog‘lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiya pedagogik tizimining asosiy yo‘nalishiga aylanishi kerak. Shu munosabat
bilan inson barkamolligini majmuaviy baholash yordamida individual imkoniyatlarni
diagnostika qilish jismoniy etuklikka erishishning asosi bo‘lishi kerak.
Ayni paytda, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik
bularning barchasi muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining natijasidir. Bunda inson
o‘z salomatligining mustahkamlanishi jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida
uning jismoniy va aqliy faolligini oshiradi, natijada o‘quv
va mehnat faoliyatining
unumdorligi oshadi.
Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki
valeologiya insonning jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklarning oldini olishga sabab bo‘luvchi jismoniy
tarbiya shakllari, usul va vositalari haqidagi fandir.