|
Agrobiznesda mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
|
bet | 1/2 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #145216 |
Bog'liq O\'rmonova Yoqutoy agrobiznes
Farg’ona davlat universiteti
Agrar qo’shma fakulteti
dorivor o’simliklarni yetishtirish
va qayta ishlash
texnologiyasi yo’nalishi
21.61-guruh talabasi O’rmonova Yoqutoy Taqdimoti
AGROBIZNESDA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI:
Reja:
- Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari.
- Mehnat unumdorligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni.
- Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
1. Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar.Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o’z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkinchi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlarning yomon ta’siri kiradi. “Unumdorlik” tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
SHu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2. Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog`liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatta ijtimoiy – siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks etirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. <> tushunchasiga o`z ahamyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yana kengroq bo`lgan tushuncha <> tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilaan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o`laroq faqat mehnatning miqdor ko`rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko`rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir.
SHunga ko’ra, ishlab chiqarish natijasini uning barcha o’lchash mumkin bo’lgan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin. SHunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- sarflangan ishlab chiqarish omillarining miqdori va sifati (sarf samarasi);
- sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi);
- ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya samarasi);
- texnika taraqqiyoti (texnika samarasi);
- ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi);
- alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi);
- alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o’zaro aloqalar darajasi va tarkibi (o’zaro aloqodorlik samarasi).
|
| |