|
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari –
|
bet | 2/2 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #145216 |
Bog'liq O\'rmonova Yoqutoy agrobiznes3. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Bu rezervlar ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari.
- Iqtisodiy adabiyotlarda, mikrodarajada mehnat unumdorligini hisoblashda asosan quyidagi uchta ko`rsatkichni qo`llash mumkunligini qayd etilgan:
- Natural ko`rsatkichalar.
- Shatli-natural ko`rsatkichlar.
- Pul (qiymat) ko`rsatkichlar.15
Birinchidan, mehnat unumdoligi hamisha ishlab chiqarish yoki hizmat ko`rsatish sohalarida band bo`lgan xodimlarning o`rtacha mehnat natijasini ifodalaydi. Shu tufayli unda yaratilgan maxsulotning ishlab chiqarishda band bo`lgan xodimlarga to`g`ri kelishi o`z aksini topgan.
Ikkinchidan, iqtisodiyotda band bo`lgan xodimlarning mehnat natijasi malum bir vaqt birligida bajarilgan bo`lishi kerak. Shu tufayli ta`rifda xodimlarning ma`lumbir vaqt birligi olingan.
Mahsulot xajmini muttasil oshirish va shu asosda xalqning turmush farovonligini oshirishdagi eng muhim omil bu – mehnat unumdorligini doimiy ravishda oshirib borishdir. Hukumatimiz qarorlari asosida ishlab chiqilgan ko`plab dasturlar ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda mehnat unumdorligi hal qiluvci ahamyat kasb etishi chuqur ilmiy tarzda tahlil qilib berilgan.
Xulosa
Xulosa qilib shunu aytish mumkinki, Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog`liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatta ijtimoiy – siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi.
|
| |