108
moylarining tarkibi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uyda tayyorlangan spirtli ichimliklarning
tarkibida 1,5 foizgacha zaharli moddalar bo‘ladi.
Qabul qilingan alkogol oshqozon ingichka ichagining boshlang‘ich qismida so‘rilib,
qon orqali butun organizmga tarqaladi.
Alkogolning u yoki bu a’zoga kirishi a’zoni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Masalan, bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi, oyoq, qo‘llarning qon bilan
ta’minlanishiga nisbatan 16 marta yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun alkogolning ko‘p
qismi
bosh miyaga boradi. Alkogol bosh miyaga borishi miya hujayralarini buzadi, so‘ng boshqa
hujayralarga borib, ularning faoliyatini buzadi.
Bosh miya hujayralariga bunday kuchli ta’sir etishining sababi asab hujayralarining
tarkibida spirtda yaxshi eriydigan (lipidlar) ko‘p bo‘ladi. Asab xujayralariga o‘tgan spirt
ularning reaktivligi va ish qobiliyatini pasaytiradi.
Agar emizikli ona 50 g spirtli ichimlik ichsa, bola hayoti uchun kuchli xavf tug‘iladi,
chunki alkogolning 25 foizi ona sutining tarkibiga o‘tadi. Go‘dakni nogiron qilib qo‘yish
uchun shuning o‘zi etarli.
Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish modda almashinuvini buzadi: oqsil,
uglevod, yog‘, vitaminlar almashinuvi buziladi. Alkogolizm psixik kasalliklarning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Ota-onasi ichadigan oiladagi bolalar yomon o‘qiydi, psixik stres
holatlar tufayli bola kechasi siyib qo‘yadigan, nevroz yoki tutilib gapiradigan bo‘lib qoladi.
Surunkali alkogolizm eng ko‘p 20—22 yoshda (31,4 foiz) va 23—26 yoshda (40,4 foiz)
yoshda uchraydi.
Spirtli ichimliklarni birinchi marta ichish, bunga bog‘lanib qolish 13- 14 yoshdan,
ba’zi hollarda 7-8 yoshdan boshlanadi. Bunday bolalar oilada
mehmondorchilikda vino
ichib, mazasini tatib ko‘rishadi, ichkilikka o‘rgana boshlashadi. Oilada o‘smirga ichishga
ruxsat berildimi, alkogolizm boshlanadi. Ayollarning alkogolni ko‘p ichishi oilaning
buzilishiga, ajrashishga sabab bo‘ladi. Erkakning alkogolik bo‘lib
qolishi ayol kishi asab
109
tizimining buzilishiga, psixik shikastlanishlar, nevroz, psixoz va boshqalarga sabab
bo‘ladi. Ayollarda erkaklarga qaraganda alkogolizm tezroq rivojlanadi. Alkogolizm bilan
kasallangan
ayollar kayfiyatning tushishi, hayotdan qoniqmaslik, psixopatiya, antisosial
xulq natijasida azoblanadilar. Ayollar mastlik holatida boshqa odamni o‘ldirishga, o‘ziga
shikast etkazishga, turli yuqumli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘ladilar.
Spirtli ichimliklar ichadigan ayollardan keyinchalik o‘lik, chala, jismoniy va psixik
kamchiliklari bor bola tug‘iladi.
Ba’zan kam aql,
turli kamchiliklarga ega, ortiqcha barmoqlari bor, yuragi xasta
bolalar ham tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, psixoz, nevroz,
tutqanoq kasalliklari ham
alkogolizm bilan bog‘liq. Spirtli ichimliklarni ko‘p ichish tufayli nafas yo‘llari kasalliklari,
ko‘pincha sil kasalligi kelib chiqadi.
Qon bosimi, yurak ishemiyasi, miokard infarkti kasalliklarining 62 foizi alkogolizm
tufayli kelib chiqadi. Alkogolni uzoq ichish tufayli jigar kasallanadi, jigar serrozi kelib
chiqadi. Bu kasalliklarning 60 foizi o‘lim bilan tugaydi. Alkogoliklarda ko‘pincha
qizilo‘ngach yoki og‘iz bo‘shlig‘i raki vujudga keladi.
110
Alkogoliklarning 90 foizi oshqozon gastiriti kasalligiga uchraydi. Alkogolni ko‘p
ichish turli huquqbuzarliklarga sabab bo‘ladi. Har 5 ta odamdan biri huquqni buzadi,
jinoyat sodir qiladi. Alkogolni suiiste’mol qilish tufayli
barcha mamlakatlarda jinoyat,
transport va ishlab chiqarish shikastlanishlari, ish qobilyatining pasayishi sodir bo‘ladi.
Alkogoliklarning o‘rtacha umri ichmaydiganlarga qaraganda 10-15 yil kam. Butun dunyo
sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) ma’lumotiga muvofiq ichkilikbozlikdan har yili 1,5
million odam o‘ladi. Alkogoliklar o‘z kasbini yo‘qotadi, ishsiz yuradi, doim ish izlab
yuradi. VOZ ma’lumotlariga
qaraganda, klinik kasalxonalardagi bemorlarning 40 foizi
alkogoliklardir. Asfiksiya (bo‘g‘ilish, cho‘kish, nafas yoilariga turli massalarning ketib
qolishi) tufayli o‘lganlarning 75,8 foizi alkogoliklar hisoblanadi. Litva olimlarining
ma’lumotiga ko‘ra, muzlab qolishning 82 foizi, o‘zini osib o‘ldirishning 58 foizi,
suvda
cho‘kishning 54,3 foizi alkogoliklarga to‘g‘ri keladi. Alkogolizm tufayli kasalliklar
ko‘payadi. Venerik kasalliklarni yuqtirishda 10 dan 9 kishiga alkogolizm sabab bo‘ladi,
ya’ni ichib olgan odam bu kasallikni tez yuqtiradi. Piyanista odam bolalarini tarbiyalashni
bilmaydi, sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilmaydi. Kun tartibining ahamiyatini
anglamaydi, demak, ichkilikbozlik oilani barbod qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.