|
Farg’ona Davlat Universiteti Filologiya fakulteti
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 9,97 Kb. | | #238966 |
Bog'liq HISOBOT (2)
Farg’ona Davlat Universiteti
Filologiya fakulteti
4-kurs O’zbek tili yo’nalishi
20.94-guruh talabasi
Raxmonova Mohinisoning
Malakaviy amaliyot davri
HISOBOTI
Men Raxmonova Mohiniso 2023-yil 14-sentabrdan 2024-yil 11-maygacha Farg’ona tumani 38-o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyotning birinchi kunida ta’lim muassasi rahbarlari va maktabda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar bilan tanishib chiqdim. Ularni olib borayotgan dars jarayonlarini muntazam ravishda kuzatib, tahlil qilib bordim. Ta’lim muassasiga har kuni kelib biriktirilgan o’qituvchilarning bilim, ko’nikmalarning reyting usuli asosida baholash tizimini ham o’rgandim. Sinfdan tashqari ishlari, to’garak faoliyati ularda olib borilayotgan ishlarni kuzatdim. Malakaviy amaliyot davrida sinf rahbari sifatida ish olib borishda o’qituvchining ota-onalar, mahalla bilan ishlashi va sinfda olib borilayotgan ma’naviyat soatlarining o’tilishi, olib borilayotgan tadbirlar rejasi bilan tanishib chiqdim. Maktabda ma’naviy- marifiy ishlar bo’yicha 2023-2024 o’quv yilida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy yo’nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishib maktabda o’tkazilgan tadbirlarda qatnashdim.
Amaliyot davrida Maktab jamoasi, maktabda ish olib borish, o’qituvchi va o’quvchilar bilan qanday muomilada bo’lishlarni o’rgandim. Dars mavzulariga didaktik materiallarni va ularni qo’llashni o’rgandim. Darsda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ya’ni innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish jarayonini ham o’rgandim. Maktabdagi axborot resurs markazidagi mavjud adabiyotlardan foydalandim.
Malakaviy amaliyotda o’rgangan bilim va tajribalarimni yurtimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonidagi faoliyatimga yordam beradi deb hisoblayman.
Amaliyotchi: M. Raxmonova
Amaliyot rahbari: M. Joʻrayeva
Maktab direktori:
|
| |