|
Malakaviy amaliyot davri
|
Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 9,07 Kb. | | #257032 |
Bog'liq FARG1
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH:O’ZBEK TILI
YO’NALISHI 4-KURS 20.13-GURUH TALABASI
Sherbekova Masturaning
MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI
HISOBOTI
Men Turg’unova Mohinur 04.03.2024dan 30.03.2024gacha bo’lgan vaqt oralig’ida Sirdaryo viloyati Guliston tumani
13-maktabda malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Men amaliyotim davrida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktabning ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim.O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim va dars uchun kerakli bo’lgan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologilar bilan ish olib borishni o’rgandim.Shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish metodlarini dars jarayonida qo’llashni va eng muhimi, haqiqiy pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim.Shu fan o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda taqrizlar yozishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar va ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan to’g’ri foydalanishni va eng muhimi o’quvchini o’z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o’rgandim.Bunga qo’shimcha yana dars vaqtini to’g’ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o’tishni o’rgandim va amalda
sinab ko’rdim.Bunda menga ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim qo’l keldi.
Amaliyotim davrida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash, vaqtni to’g’ri taqsim qilish, ochiq dars o’tish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi har hafta bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashdim, ma’naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim.Maktab o’quvchilari tomonidan o’tkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim.Ishonamanki, ushbu amaliyotim davrida ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim hamda keying bosqichlarda o’zlashtiriladigan ko’nikmalarim menga o’z kasbim bo’yicha kelajakda yetuk mutaxassis bo’lishimda muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Amaliyotchi talaba:
Amaliyot rahbari:
Maktab direktori:
|
| |