|
Termiz Davlat Pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g`oya, ma` naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3- kurs 302- guruh talabasi Toshpo’latov Feruz O`quv tanishuv amaliyot (malakaviy amaliyot) davri Hisoboti
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 18,86 Kb. | | #246459 |
Bog'liq 30-maktabdagi Hisobotim
Termiz Davlat Pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g`oya, ma` naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3- kurs 302- guruh talabasi Toshpo’latov Feruz O`quv tanishuv amaliyot (malakaviy amaliyot) davri
Hisoboti
Men Toshpo’latov Feruz Asatillo o’g’li 2024-yil 4-Apreldan 2024-yil 8-maygacha Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 30 - son umumiy o`rta talim maktabida o’quv tanishuv amaliyoti (malakaviy amaliyot)da bo`ldim. Amaliyot davrida tarix fani o`qituvchisi Sattorova Shoira bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o`rgandim. O`qituvchilarning dars o`tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo`ladigan turli o`qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarining dars davomida qo`llanishi, shu bilan birga, noan`anaviy o`qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiy pedagog sifatida o`quvchi bilan tog`ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatim va o’rgandim. Tarbiya va huquq fani o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni , darslar uchun mustaqil ravishda dars ishlanma tayyorlashni, foydalanishni , darsni to’g’ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo’lgan materiallar , ko’rgazmali qurollar ,tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, o‘quvchilarni darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotni to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim xam mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko’proq etiborli bo’lish kerakligini qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. O‘zim ham amaliyot rahbarim bilan maslahatlashib 6,,A’’sinfda Tarix fanidan ,,Rim Respublikasini qulashi’’ mavzusida mustaqil ochiq dars o’tdim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida xam faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviy soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviy soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy – ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. O’zim xam mustaqil tarzda,,Xotira –abadiy Qadr-muqaddas’’ nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Ishonamanki, ushbu amalyot davrida o’rgangan va keying bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: F.Toshpo’latov
Amaliyot rahbari: F.Rahmonqulov
Tarix fakulteti dekani: P.Xo‘shboqov
Marketing bo‘lim boshlig‘i: A. Xolto‘rayev
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Termiz Davlat Pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g`oya, ma` naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 3- kurs 302- guruh talabasi Toshpo’latov Feruz O`quv tanishuv amaliyot (malakaviy amaliyot) davri Hisoboti
|