Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi 2-kurs 22.72-guruh talabasi Ma’rufjonova Mohichehraning “Tarix o’qitish metodikasi”fanidan tayyorlagan
REFARATI
Mavzu:Dars tahlili va uning turlari
Reja :
1.Dars tahlili jarayonini tashkil etish
2.Dars tahlili jarayoning maqsad va vazifalari
3 Dars tahlilining turlari va amalga oshish bosqichlari
Maktabni ilmiy-metodik boshqarishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri darslarni tahlil qilishdir.Maktab rahbariyatining ish ko’lami qanchalik ko’p qirrali bo’lmasin, ichki boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri – ta’lim jarayonini tashkil etish va nazorat qilishdan iborat.Shuning uchun, darslarga kirish va uni tahlil etish – ta’lim sifatini ta’minlovchi asosiy omildir.
Darslarni uch yo’nalishda tahlil etish mumkin:
to’liq (majmuaviy);
ayrim yo’nalishli;
qisqa (aniq) maqsadli.
Darsning to’liq tahlilida: darsning maqsadi, mazmuni, tashkil etilish shakli, ularning o’zaro aloqalari, shuningdek, uning didaktik, pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, tashkiliy tomonlari ko’zda tutiladi.
Ayrim yo’nalishli tahlilda darsning ayrim yo’nalishlari keng qamrovli va chuqur, ya’ni, darsni psixologik va metodik jihatdan tashkil etilish mexanizmlari alohida o’rganiladi. Ayrim yo’nalishli tahlilda umumiy o’rganishning ayrim qirralari, ilmiy-nazariy, metodik tomonlari chuqur tahlil etilib baholanadi. Lekin, bu holda ham darsning maqsadiga erishilganligi, o’quvchilarning qiziqishi, xohish-istaklarining hisobga olinishi, dars rejalarining to’liq bajarilishi inobatga olinadi.
Darsga qo’yilgan qaysi talablar bajarildi? Qaysi tomonlari ijro etilmay qoldi? Darsda o’qituvchi nimani bera oldi? kabi savollargina emas, balki o’quvchilar mustaqil bilim olishga kirisha oldilarmi? Darsda ular o’qituvchiga hamfikr, hamkor bo’la oldilarmi? Matn ustida, darslik ustida ishlaganlarida o’quvchining yakka tartibda, juft-juft bo’lib, kichik guruhlarda ishlashiga muhit yaratildimi? Ilg’or pedagogik texnologiya, innovatsiyalardan foydalanildimi? degan savollarga ham tahlil jarayonida javob izlanishi kerak.
Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur:
o’quv-biluv jarayonida o’quvchilarni faollashtirish uslublarining qo’llanilishi;
diqqat-e’tibor, his-hayajon holatlarning kechishi;
o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish maqsadida, yangi tushuncha va fikrlarning qo’llanilishi;
o’quvchining aqliy faoliyatlarini ishga sola oldimi? SHunga muhit yarata oldimi? kabi savollarga javob bor ëki yo’qligi;
o’quvchi – o’qituvchi, o’quvchilarning o’zaro muloqotlari uchun ruhiy holat vujudga keltirilgan ëki keltirilmaganligi;
dars jarayonida o’quvchilarni jonlantirish, undash, ma’qullash, maqtash, ma’naviy qo’llab-quvatlash, hazil-mutoyiba qilish va maslahatlar berish kabi xatti-harakatlar unumli qo’llanildimi?
o’qituvchi “Bolalarga do’stona munosabatda bo’lish” dastur loyihasi doirasida o’quvchi bilan samimiylikni va o’zaro hurmatni joyiga qo’yishga erisha oldimi?
dars jarayonida ijodiy muhit yaratildimi? O’quvchilar va o’qituvchi o’rtasida o’zaro tushunmovchilik sodir bo’lgan holatlarda o’qituvchi vaziyatdan chiqa oldimi?
o’qituvchi va o’quvchi orasida bir-birini tushunishga va muomala madaniyatiga erishildimi?
Yuqoridagi psixologik holatlarni hisobga olganda darsni tahlil etishni quyidagicha olib borish maqsadga muvofiq:Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.O‘qituvchinig darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Maktabni ilmiy-metodik boshqarishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri darslarni tahlil qilishdir.Maktab rahbariyatining ish ko’lami qanchalik ko’p qirrali bo’lmasin, ichki boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri – ta’lim jarayonini tashkil etish va nazorat qilishdan iborat.Shuning uchun, darslarga kirish va uni tahlil etish – ta’lim sifatini ta’minlovchi asosiy omildir.
Darslarni uch yo’nalishda tahlil etish mumkin:
to’liq (majmuaviy);
ayrim yo’nalishli;
qisqa (aniq) maqsadli.
Darsning to’liq tahlilida: darsning maqsadi, mazmuni, tashkil etilish shakli, ularning o’zaro aloqalari, shuningdek, uning didaktik, pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, tashkiliy tomonlari ko’zda tutiladi.Ayrim yo’nalishli tahlilda darsning ayrim yo’nalishlari keng qamrovli va chuqur, ya’ni, darsni psixologik va metodik jihatdan tashkil etilish mexanizmlari alohida o’rganiladi. Ayrim yo’nalishli tahlilda umumiy o’rganishning ayrim qirralari, ilmiy-nazariy, metodik tomonlari chuqur tahlil etilib baholanadi. Lekin, bu holda ham darsning maqsadiga erishilganligi, o’quvchilarning qiziqishi, xohish-istaklarining hisobga olinishi, dars rejalarining to’liq bajarilishi inobatga olinadi.
Darsga qo’yilgan qaysi talablar bajarildi? Qaysi tomonlari ijro etilmay qoldi? Darsda o’qituvchi nimani bera oldi? kabi savollargina emas, balki o’quvchilar mustaqil bilim olishga kirisha oldilarmi? Darsda ular o’qituvchiga hamfikr, hamkor bo’la oldilarmi? Matn ustida, darslik ustida ishlaganlarida o’quvchining yakka tartibda, juft-juft bo’lib, kichik guruhlarda ishlashiga muhit yaratildimi? Ilg’or pedagogik texnologiya, innovatsiyalardan foydalanildimi? degan savollarga ham tahlil jarayonida javob izlanishi kerak.
Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur:
o’quv-biluv jarayonida o’quvchilarni faollashtirish uslublarining qo’llanilishi;
diqqat-e’tibor, his-hayajon holatlarning kechishi;
o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish maqsadida, yangi tushuncha va fikrlarning qo’llanilishi;
o’quvchining aqliy faoliyatlarini ishga sola oldimi? SHunga muhit yarata oldimi? kabi savollarga javob bor ëki yo’qligi;
o’quvchi – o’qituvchi, o’quvchilarning o’zaro muloqotlari uchun ruhiy holat vujudga keltirilgan ëki keltirilmaganligi;
dars jarayonida o’quvchilarni jonlantirish, undash, ma’qullash, maqtash, ma’naviy qo’llab-quvatlash, hazil-mutoyiba qilish va maslahatlar berish kabi xatti-harakatlar unumli qo’llanildimi?
o’qituvchi “Bolalarga do’stona munosabatda bo’lish” dastur loyihasi doirasida o’quvchi bilan samimiylikni va o’zaro hurmatni joyiga qo’yishga erisha oldimi?
dars jarayonida ijodiy muhit yaratildimi? O’quvchilar va o’qituvchi o’rtasida o’zaro tushunmovchilik sodir bo’lgan holatlarda o’qituvchi vaziyatdan chiqa oldimi?
o’qituvchi va o’quvchi orasida bir-birini tushunishga va muomala madaniyatiga erishildimi?
Yuqoridagi psixologik holatlarni hisobga olganda darsni tahlil etishni quyidagicha olib borish maqsadga muvofiq:
Darsning tili, uning umum darslar tizimidagi o’rni.
Dars jarayonida didaktik maqsadlarning amalga oshirilishi.
Darsning mazmuni (darsda ilmiylik, tushunarlilik, ketma-ketlikka rioya qilinganligi).
Darsning uslubiy tomoni, ko’rgazmali va texnika vositalarning to’g’ri tanlanganligi.
Darsda o’quvchilarni faollashtirish, mustaqil ishlashi va ijodiy fikrlashlarining tashkil etilishi.
O’quv materialini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasi, ularning bilim sifati va materialni tushungan holda o’zlashtirilishi.
Darsda o’quvchilarning iqtidorlarini shaxsiy takomillashtirishga erishilganlik darajasi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirganligi.
Darsda bolalarni rivojlantirish, tarbiyaviy holatlarning hal etilishi, darsni ularning dunyoqarashlariga moslash, o’rganilayotgan materialga munosabatlari, ularni tahlil qila bilishlari, sintez va umumlashtira olishlari.
Darsning hayot bilan bog’langanlik darajasi.
Darsda normal ruhiy muhitning yaratilganligi.
Dars turlari qo’yidagicha bo’lishi mumkin:
Yangi materiallarni o’rganish.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan darslar.
Umumlashtirilgan darslar.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tahlil va nazorat etish darslari.
O‘quv tarbiya ishlari boyicha direktor
Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki muloxaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali quroldan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o‘qituvchining o‘zini o‘zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir. O‘zini-o‘zi tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo‘lni belgilab olishiga asos bo‘ladi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:
Dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
Dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
O‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
O‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
O‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
O‘kituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
Mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
Sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo‘lga quyilmaganligi;
O‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘kituvchiga amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi. Щu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad Bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;.
ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;.
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;
dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng
tomonlarida o‘ziga xosligini e’tiborga oliish;
darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.
Dars o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko‘ra darsga kuzatuvchi va tahlil qiliuvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.
|