• 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik
  • 2 Darsning maqsadlarini tahlil qilishda
  • 3.Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda
  • Dars mazmunini taxlil qilish
  • Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi




    Download 32,17 Kb.
    bet2/4
    Sana28.05.2024
    Hajmi32,17 Kb.
    #256040
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Metodika (2)333

    Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

    1. Darsni kuzatishga tayyorgarlik

    2. Darsning borishini kuzatish

    3. O‘z-o‘zini tahlil qilishni ta’minlash

    4. Dars tahlili va takliflar berish

    Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
    1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik.

    • dars kuzatishdan ko‘zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;

    • kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish;

    • dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;

    • kerakli materiallarni tayyorlash; o‘qituvchi bilan suhbatlashish.

    2 Darsning maqsadlarini tahlil qilishda:

    • o‘quv fani va mavzuning xos tomonlari, o‘quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to‘g‘ri va asosli qo‘yilganligi;

    • o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o‘rnini hisobga olgan holda maqsad qo‘yilishining to‘g‘riligi va asoslanganligi;

    • dars asosiy g‘oyasining to‘g‘ri quyilishi va o‘quvchilarga maqsadning yetkazishlishi, maqsadga erishish darajasi.

    3.Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:

    • dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.

    • darsning turi, strukturasining puxta o‘ylanganligi;

    • darsning bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog‘liqligi;

    • dars bosqichlari uchun vaqtning to‘g‘ri taqsimlanganligi;

    • o‘qitish shakllarining to‘g‘ri tanlanganligi;

    • dars rejasining mavjudligi va uning o‘qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;

    • dars jihozlari. O‘qituvchi va o‘quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.

    4.Dars mazmunini taxlil qilishda.

    • dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi;

    • materiallarning ishonchliligi, to‘liqligi, tushunarliligi;

    • bayon qilinayotgan materiallning ilmiy darajasi;

    • darsning tarbiyaviy yo‘nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi;

    • darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash;

    • o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;

    • yangi materiallning asosiy g‘oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko‘rsatish.


    Download 32,17 Kb.
    1   2   3   4




    Download 32,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi

    Download 32,17 Kb.