|
Uy vazifasini tahlil kilish
|
bet | 4/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 32,17 Kb. | | #256040 |
Bog'liq Metodika (2)33310. Uy vazifasini tahlil kilish. Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o‘qituvchining izohi.
Dars tahlili quyidagicha bayon etiladi.
Sana_______________
O‘qituvchi__________________
Fan_______________
Sinf_________
Kuzatishdan maqsad___________________________________
Dars bosqichlari
|
O‘qituvchi faoliyati
|
O‘quvchi faoliyati
|
Tushuntirish va fikr-mulohaza bildirish
|
|
|
|
|
O‘z-o‘zini tahlil qilishda o‘qituvchiga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
Qanday talab asosida darsga rahbarlik qilindi?
O‘kuvchilarning o‘ziga xos xususiyatlar qanday hisobga olindi?
O‘quvchilar faoliyatini rejalashtirishda nimalar inobatga olindi?
Mavzu bo‘yicha materiallar to‘g‘ri tanlanganmi?
Tanlangan metodlar o‘z natijasini berdimi, bermagan bo‘lsa sababi?
O‘quvchilarning bilimlarini oshirishda imkoniyat yaratilganligi?
O‘quvchilar mustaqil ishlashlarining pedagogik qimmati.
O‘quvchilarning intizomi, axloqiy tarbiya berishning shakllantirilishi.
Qanday qiyinchilik kukzatildi? Uni yengish yo‘llari, kelib chiqish sababi.
Maqsadga erishilganligini asoslash, erishilmagan bo‘lsa sababi?
Darsning natijasiga baho
Darsni takomillashtirish bo‘yicha takliflari.
Xulosa qilib aytganda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qituvchilarning kasbiy malakasini, mahoratini oshirishda amaliy-metodik yordam berishning eng samarali usullaridan biri o‘qituvchining darsini kuzatish va unga beriladigan tavsiya hisoblanadi. O‘qituvchilarning darsini kuzatish va uni tahlil qilishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga, maktabning ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirishga, o‘qituvchilarning ma’suliyatini oshirishga qaratilmog‘i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Salimjon Yo’ldoshev Valiyevich “Tarix o’qitish metodikasi” Farg’ona .2022
2. B.Ziyomuhammadov “Pedogogik mahorat asoslari” Toshkent.2009
3. http://toshloq10m.zn.uz/2018/03/15/dars-tahlili-va-uning-turlari/
|
| |