Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirsh didaktik tamoyillarga




Download 59 Kb.
Sana15.06.2024
Hajmi59 Kb.
#264000
Bog'liq
texnologiya


Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirsh didaktik tamoyillarga

pedagogik texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga

yo‘naltirilmog‘i lozim. Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim

jarayonining rahbari, ayni vaqtda, ushbu jarayonning ham sub’yekti, ham ob’yekti

bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar turadilar. Shunday ekan, ushbu sub’yektlar

o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot, ularning bir-birlariga nisbatan

ko‘rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan

qo‘yiluvchi talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari,

o‘quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u

bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi

faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni

tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni

birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish,

o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan

qurollangan bo‘lishi lozim. ASOSIY QISM Texnologiya fanini o’qitishning

didaktik tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon borasida aniq

tasavvurga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi. Shu bois biz quyida fanning asosiy

didaktik tamoyillari va ularning mohiyati xususida so‘z yuritmoqchimiz. Umumiy

o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya fani quyidagi tamoyillarga asoslanib

o’qitiladi. Texnologiya darslarini onglilik va faollik tamoyili aosida o’qitish -

o‘quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va

faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik,

tafakkur, nutqi rivojlanadigan bo‘ladi. O‘qitishdagi onglilik tamoyili

o‘quvchilardagi ta’lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o‘rganilayotgan

dalil, hodisa, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushungan holda o‘zlashtirib

olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish kabi me’yorlarni

anglatadi. O‘quvchilardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, obrazli

taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini ochib berish

qoidasi. O‘quvchilarning о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan

savollarga jamoa bo‘lib javob topish qoidasi. O‘quv fanini hech qachon dars

markaziga qo‘ymay, dars markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi

shakllanayotganini bilgan holda talabaga ta‘limiy ta‘sir o‘tkazish qoidasi. O‘qitish

jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har bir tushuncha berilganidan keyin,

uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi. Hech qachon o‘qituvchi

aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga

o‘rgatish qoidasi. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan

bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi. Texnologiya darslarida ilmiylik va

tizimlilik tamoyili - o‘quvchilarga o‘rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan,

amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan

va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. Ilmiy

bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur

rivojlanadi. Har bir darsda o‘qitiladigan o‘quv materialining ilmiy mazmuni keng va

chuqur bo‘lishi o‘quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning

ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o‘z ilmiy

saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar,

kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim [1-30]. O‘quvchi

o‘rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo‘lishi

kerak. Tizimlilik va izchillik tamoyili asosida o’qitish o‘qitishni shunday tashkil

etishni talab etadiki, bunda o‘quv fanlarini o‘qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib

boriladi. O‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini izchillik bilan egallab

boradilar va ayni paytda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni

o‘rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili pedogogik jarayonning hamma

bo‘g‘inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o‘z

aksini topadi. O‘quv materialini to‘g‘ri taqsimlash ya’ni oddiydan murakkabga,

oddiy operatsiyalardan qiyinroq operatsiyalarni bajarishga o‘tishni talab qiladi.

Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi qoidalar orqali amalga

oshiriladi. 1. O‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib olinishi uchun

beriladigan bilimlami mantiqiy tugallangan bilim bo‘laklariga ajratib o‘qitish. 2.

Mazmunini to‘liq ochib berishga ko‘zingiz yetmagan biron bir savol va muammoni

dars rejasiga kiritmaslik. 3. Mantiqiylikni hech qachon buzmaslik, buzilgan taqdirda

o‘zlashtirilmaslikning oldini olish uchun uni darrov bartaraf etishlik. 4. O‘quv fani

- katta bir fanning kichraytirilgan modeli ekanini tushuntirib, fanlararo bog‘liqlikni

ko‘rsatib berishlik. 5. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi to‘g‘ri ketayotganini doimo tekshirib borishlik: o‘rganilayotgan ob’yekti, predmeti, nazariy asoslari,

asosiy tushunchalari, nazariyasi va uning qoilanishi chegaralarini doimo eslatib,

ularning bajarilishini tekshirish. 6. Doimo esda tutish lozimki, kunda eshitib,

go‘yoki yaxshi bilgan narsani tushuntirib, ilmiy asoslab berish qiyin bo‘ladi.

Shuning uchun bolalardagi avvalgi bilimlari va mantiq usullaridan doimo

foydalanish zarurligi. 7. Boshlang‘ich, umumta‘lim va oliy ta’lim bosqichlaridagi

bilim mazmuni va uni berish usullari orasidagi muvofiqlikni saqlash. 8. O‘qitishning

ilg‘or usullaridan doimo foydalanish. 9. O‘qitishda tizimlilikni va muntazamlilikni

saqlash uchun, avval o‘tilgan bilimlarni doimo qaytarib turish. 10. O‘tgan bilimlarni

qaytarish usulidan, faqat dars boshida va uni yakunlayotganda foydalanib qolmay,

har bir bilimni tushuntirilayotganda ham undan foydalanish. 11. O‘tgan bilimlar

bilan tez kirishib ketuvchi yangi gaplardan boshqa yangi fikrlarni bildirmaslik. 12.

O‘quvchilar til savodxonligini faqat til o‘qituvchilari kuzatib boribgina qolmay,

barcha o‘qituvchilar ham bu ishni bajarishlari lozimligi. 13. Sabr va chidam bilan

hamda uzluksiz ravishda bolalarni mustaqil fikr yuritishga va bilimlarni mehnat qilib

topishga o‘rgatish. 14. Bolalarga o‘qishning istiqbolini doimo eslatib turish. 15. Har

bir bo‘lim oxirida, albatta, umumlashtiruvchi mashg‘ulotlarni amalga oshirish. 16.

Bolalar javobida uchrab turadigan xatolarni doimo tuzatib borish. 17. Charchab

qolgan bolalar faoliyatini hech qachon sun‘iy ravishda faollashtirishga harakat

qilmaslik, faollashtirishda bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatidan kelib chiqish. 18.

Bolalardan egallagan bilimiga ko‘nikma va malaka hosil qilishni talab qilish. 19.

Esda saqlash lozimki, majmuaga tushgan bilim esdan chiqmaydi. Esdan chiqib

qolsa, majmua orqali uni darrov esga tushirish oson. 20. Ya.A.Komenskiyning -

hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz

kechagisini mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo‘l ochib berishi kerak degan

nasihatini unutmaslik qoidasi.
Didaktika xususiy metodikalar bilan bog'langan holda barcha o'quv fanlari uchun umumiy qonun va qoidalarni belgilab beradi, ya’ni tarbiya bilan cham barchas bog'liq ta’lim jarayonini tashkil etishga asos bo’ladigan yetakchi qoidalar didaktik qoidalar deyiladi. Bu o'qituvchilarning faoliyatini, o'quvchilarning bilim faoliyatini. xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar hisoblanadi.
Didaktik talablar texnologik ta’limning-tarbiyaviy vazifalarini nazariy jihatdan

to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi.Texnologik ta’limini o'qitish metodikasi didaktikaning

xususiy tarmog’i bo'lib, texnologik ta’limning ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni

maqsadlari, mazmuni, qonunlari tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan

fan hisoblanadi. Shu bilan birga u pedagogik texnologiyaning didaktik asosi, uning m

ehnat, ta ’lim-tarbiya,qoida tamoyillariga mu-vofiqligini belgilaydi. M ehnat ta’limini

didaktik jihatdan to’g’ri bo’lishi uning yuqori samaradorligining zaruriy sharoiti

hisoblanadi. Buning uchun zamonaviy texnologik ta’limda didaktikaning ilmiy

xulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.Texnologik ta’limda qo’llaniladigan

asosiy didaktik tamoyillarni o’rganilar ekan, uning o’zi nimadan iborat ekanini

oydinlashtirish zarur.

Didaktika tamoyillari deganda ta’lim ning yagona didaktik aniq asosga ega,

psixologiyadan olingan tadqiqot ,ma’lumotlar, ilg’or pedagogik tajribalarini hisobga

oladi.


TEXNOLOGIYA TA’LIMINING DIDAKTIK TAMOYILLARI

1.

Onglilik va izchillik



2.

Ilmiylik

3.

Nazariya bilan amaliyot birligi



4.

Ta`lim tarbiyaning birligi

5.

Ko’rsatmalilik



6.

Mustaxkam va puxta o’zlashtirish

7.

Yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish



8.

Izchillik

9.

Politexnik



10.Unumli mehnat asosida o’qitish

Onglilik va izchillik-o’quvchi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur

qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o’quvchilarda ilmiy bilimlarni

hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy

tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutqini rivojlantirish

imkonini beradi.Bu tamoyil o’quvchilardagi ta’lim jarayonining aniq maqsadlarini

tushunish, o’rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni

tushungan holda o’zlashtirib olish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay

bilish kabi me’yorlarni anglatadi

Ilmiylik tamoyili-o’quvchilarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan,

amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va

texnikaning eng so’ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.Ilmiy

bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi.

Har bir darsda o’qitiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur

bo’lishi o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini

izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar, kashfiyotlar va

ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim. O’quvchi o’rganayotgan bilimlar, albatta

nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi kerak.

Nazariya bilan amaliyot birligi. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish

faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot

bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan

o’zlashtirish va amalda qo’llash lozim. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash

nazariy bilimlarni egallash jarayonidan boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy

mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi

rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar,

chuqurlashtiradilar. Ularni amalda qo’llanish ko’nikma va malakalarini hosil qiladilar

Ta`lim va tarbiyaning birligi maktabda o’quvchi faqat bilim,ko’nikma va

malakalarini egallabgina qolmaydi,balki har jihatdan mukammal tarbiyalanadi. Aqliy

va jismoniy texnologiya jarayonida xarakter xususiyatlari va xatti xarakat ko’nikma va

odatlarni tarbiyalaydi. Ta`lim jarayonida o’tilayotgan mavzu va mavzuchalarning

mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’rigilash hamda uni ta`lim

bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta`minlash juda ahamiyatga ega.

Ko’rsatmalilik tamoyili- O’qitishning ko’rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar

o’quvchilarda o’rganilayotgan jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish

bilan bog’liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli

ravishda o’zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish

mumkun. Bu tamoyil o’qitish jarayonida turli sezgilardan:ko’rish, eshitish, badan bilan

sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi Ko’rsatmalilik o’quvchilarni

qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, o’tilayotgan darsni yaxshi esda saqlab qolishga

yordamlashadi.(

Mustaxkam puxta o’zlashtirish-o’quvchilar faqatgina o’tilayotgan darslarni

o’zlashtirib qolmay oldingi o’tilgan darslar yuzasidan malaka va ko’nikmalarni

takomillashtiradilar, kerak bo’lib qolganda esa esga tushurib amaliy ish mobaynida

qo’llaydilar.

Yosh xususiyatlarini hisobga olish.Mavzularni o’tishda yoki texnologik

muammolarni echishda o’qituvchi darsni shunday rejalashtirishi kerakki,

o’quvchilarning hammalariga tushunarli bo’lsin.Bunda ham o’quvchilarni yosh va

individual xususiyatlari xisobga olinishi kerak.

izchillik tamoyiliO’qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o’quv

fanlarini o’qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib boriladi.O’quvchilar bilim ko’nikma va

malakalarini izchillik bilan egallab boradilar va ayni paytda amaliy vazifalarni hal

qilish uchun ulardan foydalanishni o’rganadilar.Izchillik tamoyili pedogogik

jarayonning hamma bo’g’inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o’z aksini topadi.O’quv materialini to’g’ri taqsimlash ya’ni

oddiydan murakkabga bajarishga o’tishni talab qiladi

Politexnik tamoyil-bu tamoyil ta’lim tarbiyani ishlab chiqarish asoslari bilan

bog’lab, ya’ni tanishtirib olib borishni o’z oldiga maqsad qilib qoyadi. Bu tamoyil

orqali biz o’quvchilarni xalq ho’jaligiga kerak bo’lgan kasblar bilan tanishtiramiz.

Unumli texnologiya asosida o’qitish tamoyili.

Ayrim pedagogika nazariyotchilari o’qitishni unumli texnologiya bilan qo’shib

olib borib bo’lmaydi degan fikrni ilgari surgan edilar.Texnologiya ta’limi darslarida

bajariladigan ishlar mashq asosida olib borilsa etarli bo’ladi degan noto’g’ri fikrni

ilgari surgan edilar.Lekin hayot shuni ko’rsatdiki bu fikr noto’g’ri ekanli gini, ya’ni

o’quvchi o’z ko’zi bilab texnologiyaning yakunini ko’rgandagina unda texnologiyaga

qiziqish hamda texnologiya kishisiga hurmat ortishi isbotlangan.Hun arli kisi hech

qachon xor bo’lmaydi.

Sh ning uchun ham texnologiya ta’lim darslari unumli texnologiya asosida olib

boriladi.

Xulosa.


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak olgan bilimlar faoliyat yuritish natijasida

mustaxkamlanadi ,boyiydi.Shu bois o’quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliy

darslarda qo’llay olsalar o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishgan bo’ladi.

O’quvchilardagi iqtidor rivojlanib,qiziqishlar ustun kelib amaliy kasblarga

bo’lgan qiziqish yuzaga chiqishiga zamin yaratishi mumkin.

Texnologiya faning didaktik tamoyillari,dastlabki qoidalari shulardan

iborat.Ya’ni o’quvchi olgan bilimlarini amaliyotda qo’lay olishi,tajriba orttishi,o’zi

yasashi,o’zi yangi g’oyalar bilan boyitishi mumkin.

Ularga amal qilingan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o‘qituvchining

pedagogik mahoratini oshirib borishi, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni

egallashlari, shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo‘lishiga zamin yaratadi.
XULOSA Umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarida didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda

izohlanadi: a) o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; b) ular tomonidan

o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan

bilimlar. Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli

o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim.

Amaliyotdagi tatbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutiladi. Texnologiya

fanining didaktik tamoyillari, ya’ni dastlabki qoidalari ana shulardan iborat. Ularga

amal qilingan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o‘qituvchining pedagogik

mahoratini oshirib borishi, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni egallashlari,

shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo‘lishiga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Davlatov K., Vorobyov A., Karimov I. Texnologiya va kasb ta’limi .nazariyasi

hamda metodikasi.Toshkent,O’qituvchi, 1992.

2.Kasb ta’limi uslubiyoti / Olimov Q.T, O. Abduquddusov, L. Uzoqova, M.

Ahmedjonov, D. Jalolova. Toshkent., Iqtisod moliya, 2006

3. Texnologiya ta’limi metodikasi / Magdiyev O., Boltaboyev S.A, O.

Avazboyev, V.N. Sattorov. Toshkent., TDPU 2000

4.Samarqand Davlat Universiteti Umumtexnika fanlari va Texnologiyalar

kafedrasi “Texnologiya “fanini o’qitish metodikasi fanidan o’quv uslubiy majmua.

Elektron ta`lim resurslari

1. www.ziyonet.uz

2. www.pedagog.uz

3. www.TDPU.uz



4. https\\fayllar.org
Download 59 Kb.




Download 59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirsh didaktik tamoyillarga

Download 59 Kb.