|
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
|
bet | 1/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari
Reja:
Kirish
I BOB Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
1.1. Nutqini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari
1.2. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati va bolalar nutqining rivojlanish davrlari.
1.3. Ravon nutqini rivojlantirish
II BOB Diologik nutq va uni bolalarda shakllantirish metodikasi
2.1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi
2.3. MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta’lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo‘ladi. Yurtimizda 27.07.2017 yilda qabul qilingan PQ 3151 “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda “O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish” kerakligi keltirib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o‘zining boshlang‘ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya’ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo‘lgan talabini qondirgan. Ijtimoiy taraqqiyot ta’limning madaniyatshunoslik funktsiyasini yuzaga keltirdi. Ta’limning rivojlanishiga boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatdi, natijada hukmron sinflar umummadaniy va takomillashib boruvchi bilimga o‘z monopoliyasini o‘rnata boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa kundalik turmushda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlarnigina egalladilar. Hozirgi kunda ta’limni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish yuqori samara bermoqda. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad yo‘lidagi izlanishlar , olingan natijalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish. Ishning yangiligi: Bu bitiruv malakaviy ishida diologik nutqning shakllanish omillari mavzusi yuzasidan innovatsion texnologiyalardan birinchi marta foydalanildi va didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish metodikasi ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishni dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda interfaol metodlardan foydalanib diologik nutqini shakllantirib dars samaradorligini oshirish bolaning madaniy xulq-atvorini tarbiyalash va rag'batlantirishga,axloq qonunlari va tamoyillarini tushunishga qaratilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
|