Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtirish




Download 249,5 Kb.
bet5/21
Sana23.05.2024
Hajmi249,5 Kb.
#251051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtirish.
Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi – til orqaligina berish mumkin. Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ular nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi.
Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat:
– bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli
– og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Nutqni tushunish.
Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Uch oylikdan boshlab talaffuz jihatidan boy bo‘lgan asarlardan foydalanish tavsiya etiladi. 3 oylikdan boshlab 6 oylikkacha ovoz xirgoyisiga ega bo‘lgan – xalq cholg‘u asboblariga taqlid qilinadigan («taka-tum-bak», «dili-bom, tili-bom» va boshq.) asarlar foydali. Ular bolaning ovoz imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bolada chuldirash paydo bo‘lishi bilan (5–6 oy) chuldirashga ohangdosh bo‘lgan, bir necha marta takrorlanadigan va ovoz bilan ifodalanadigan bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan his-hayajonli qisqa iboralar va aytishuvlardan foydalangan ma’qul.
9 oylikdan boshlab bolaga tanish bo‘lgan, u «o‘rgangan» vaziyatlarga tayangan holda nutqiy taqlid va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir.
12 oylikdan boshlab kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari (bekinmachoq va h.) asosida nutqiy muloqotga kirishishga, jaranglayotgan matnga mos ravishda harakatlar bajarishga undash lozim. Bola hayotining ikkinchi yili. Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim oddiy topshiriqlarni (o‘yinchoqni, etiklarni, paltoni keltirish; qizil o‘yinchoqlarini ko‘rsatish) bajarishga undash, buyumlar, kiyimboshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalarning nomlari hamda ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi savollarga javob berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni va metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulq-atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj – muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni qondiruvchi manba hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg‘ular va odatlarni tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining murakkabroq xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mamlakatning ijtimoiy hayot hodisalari hadidagi tasavvurlarni va ularga ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi. Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan insonparvarlik asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda astasekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabatlari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a’zolari o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.
O‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga muhabbat, mamlakatning siyosiy va mehnat hayotida ishtirok etish – bularning barchasi zarur uslubni ta’minlashi lozim. Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoalarining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu uslub esa bolalar bog‘chasining ota-onalar bilan muntazam ish olib borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi. Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yuksak darajasi – muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi va u eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish jarayonini ko‘zda tutishi kerak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar o‘z tengdoshlariga asosan tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam ko‘rsatsalar, 5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni o‘z xohishlariga ko‘ra ko‘rsatishlari lozim. Oilaga xos bo‘lgan muhabbat, o‘zaro e’tibor, g‘amxo‘rlik muhiti bola his-tuyg‘usini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Oilada qaror toptiriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab to‘g‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi. «Salomatlik va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi – bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi – ota-onalarga bola shaxsini shakllantirishda ularning alohida rol o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalarni egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning o‘rni ham kattadir. Mahalla, avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.
Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli xil bo‘lgan va oilalarni tashkil qilgan odamlardan iborat. Mana shu oilalarning boshlarini biriktirish, ularni ma’naviy va moddiy-jismoniy jihatdan mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash kabi muhim vazifalar ham mahallada amalga oshadi.
Oilalarni bir jamoaga, ijtimoiy guruhga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik, his-tuyg‘ularini shakllantiradi, kamol toptiradi. Har bir fuqaroning hayotida «Shaxs-oila-mahalla» uchligi katta ahamiyat kasb etadi. Bu sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir va eng muhimi, insonning jamiyat hayotiga singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir. Insonning oilada shakllangan imon-e’tiqodi, odobi, oriyati, vijdoni, tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib xalq manfaatlari, o‘zaro inoqlik va hamkorlik his-tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashib, jamiyatda sog‘lom munosabatlarning shakllanishiga olib keladi.


Download 249,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 249,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar nutqini о‘stirish bо‘yicha ishlarni rejalashtirish

Download 249,5 Kb.