• Xorun ar-Rashid dedi
  • Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari




    Download 249,5 Kb.
    bet14/21
    Sana23.05.2024
    Hajmi249,5 Kb.
    #251051
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

    Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindoshurug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
    Xorun ar-Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
    Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
    …Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunarni bilmagan deb da’vo qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zahmat chekasan. Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bo‘lmagaysan (Qobusnomadan).
    Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.


    Download 249,5 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 249,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari

    Download 249,5 Kb.