Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari




Download 249,5 Kb.
bet10/21
Sana23.05.2024
Hajmi249,5 Kb.
#251051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

1.3. Ravon nutqini rivojlantirish


Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi.
So‘z va g‘azal sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir». Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
1-vazifasi – individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
2-vazifasi – ichki individual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3-vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi.
Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.

Download 249,5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Download 249,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari

Download 249,5 Kb.