|
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish
|
bet | 13/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish:
Mavzu: «Men yoqtirgan fasl»
Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo‘yicha lug‘atini faollashtirish, topishmoqlar mazmuniga tushunishga o‘rgatish, maqoldagi so‘zlarni aniq va burro aytish.
Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.
Kerakli jihozlar: To‘rt faslga oid katta rasmlar, to‘rt faslga oid qirqma rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz «Men yoqtirgan fasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz.
– Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).
– Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.
Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasllariga tegishli tasvirlarning qirqma bo‘laklarini yig‘ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bo‘laklarini yig‘adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi. Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir esib turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi. Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni tugatishi mumkin.
1. Qish g‘amini yozda ye.
2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.
4. Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?
3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi.
So‘z va g‘azal sultoni A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar.
«So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin.
Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,
Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma hunardan so‘z hunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi.
Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.
|
| |