|
Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari
|
bet | 16/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari. Dialogga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlarni rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dialogga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»). Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi.
Ayni bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosabatlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyinroq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yilning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bolaning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30–40 ta so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
2 yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200–300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialogga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo, katta yoshli yaqin qa rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrofolamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash, ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi. Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi.
O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istakxohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e’tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridanto‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi.
Bu quvonchli kechinmalar ta’siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqinli qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yinpo‘yin» va boshq.) ko‘rinadi. Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvonot bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar. Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari: Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tu shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish.
Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uyjoylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zaxirasini asta-sekin kengaytirib borish. Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish. Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2–3 ta harakatdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish (…koptokni ol va menga uzat). Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash. Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik obyektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish. Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari.
Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga undash. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
|
| |