|
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
|
bet | 20/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish «Bola va notanish odamlar». Insonlar kiyimi va ularning niyatlarining bir-biriga mos kelmasligi. Pedagog bolalarga notanish kimsalar bilan muloqotda bo‘lish qanchalik xavfli ekanligini, chunki bolalar kattalarning qanchalik xavfli bo‘lishlari mumkinligini bilmasliklari mumkin. Ko‘pchilik bolalarning tasavvurida yomon odamlar faqat yomon kiyim-bosh kiyishlari yoki pala-partish kiyinishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Ba’zi bir bolalar avvalambor soqolli, iflos kimsalargina xavf tug‘dirishi, yaxshi kiyingan, kelishgan ayollar, qizlar va o‘smirlar, har qanday ochiq chehrali, do‘stona kulgisi bor insonlar hech qanday yomonlik qilishi mumkin emas,- deb o‘ylaydilar. Shuning uchun bolalar bilan ko‘pincha yaxshi kiyingan odamlar va ularning niyatlari mos kelmasligi haqida suhbat uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Kichik va o‘rta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tanish ertaklar va adabiy asarlardan namunalar keltirish lozim (masalan: Guloyim chuvrindi kiyimlarga burkangan, qora kuya bilan chaplangan bo‘lsada, u juda mehribon ekanligini; «Qizil gul» ertagidagi mavjudot sehrlangan mehribon shahzoda ekanligini bilishadi). Katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan esa o‘z hayot tajribalaridan misollar keltirib suhbat uyushtirish katta samara beradi.
Hayotda uchraydigan tasodifiy vaziyatlar. Bolalarning bunday sharoitda telefondan foydalanish qonun-qoidalarini, tanish va qadrdon insonlarning telefon raqamlarini bilishlariga erishish. Bu holatlar bolalarga tasodifiy vaziyatlarda bola nimadandir va kimdandir qo‘rqqanida kerak bo‘lib qolishini tushuntirish. Pedagoglar bolalarga telefon bilan o‘ynashni tasodifan telefon qilishdan farqlashga o‘rgatish. Haqiqiy telefon orqali so‘zlashishni maxsus treninglar jarayonida mustahkamlash va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish.
Bolalar o‘rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklar. Pedagogning asosiy vazifasi–bolalarga muammoli vaziyatlardan tinchgina chiqib ketish usullarini o‘rgatishdan iborat. Bunday vaqtda pedagog bolalarga kelishmovchilikdan quyidagicha chiqib ketish yo‘llarini:
– kelishmovchilik vaziyatini keltirib chiqaruvchi muammoni aniq ifodalashga o‘rgatish;
– har bir tarafga muammoni izohsiz yechish imkoniyatini yaratish;
– qarshiliklarsiz to‘g‘ri xulosa chiqarishga intilishni taklif etishi mumkin. Nutq bolalarning tevarak-atrof go‘zalligini ifoda etish vositasi bo‘lib qolgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Bolalarning nutqini rivojlantirish, gap tuzish va ertaklarni kelgan joyidan davom ettirishni o‘rgatishda piktogrammalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Har bir mavzuga mos ravishda ishlangan piktogrammalar bilan bolalar tanishtiriladi. Mashg‘ulotlar davomida yoki yakunida rasmlar chizilgan ko‘rgazmalar bolalarga tavsiya etiladi.
Xulosa:
Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. – Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Lug‘atni so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyimboshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko‘ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g‘ildiraklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish.
Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qolgan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun organizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3–6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
|