|
Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi
|
bet | 17/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish 2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari. Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).
To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
Beshinchi qonuniyat: Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga bog‘liq. Bolalarning nutqini o‘zlashtirishda tinish belgilarini qo‘llash me’yorini, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Me’yorlangan nutqda ona tili unsurlarini an’anaviy qo‘llashda inson hayotining asosan maktabgacha katta yoshdagi davri samarali bo‘lishi ona tili metodikasi ilmida allaqachon o‘z isbotini topgan.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kompleksini hal etishda quyidagilar alohida hisobga olinadi: 1. Insondagi bilish instinkti, tug‘ma qiziquvchanlik nutq vositasida amalga oshiriladi.
2. Bola nutq ishtirokida olamni bilib boradi. Psixologlarning kuzatishicha, tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlar nutq orqali o‘zlashtiriladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarni tevarakatrof bilan tanishtirish nutqni rivojlantirishda keng imkoniyatlar tug‘diradi.
Shunga ko‘ra tarbiyachilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirishni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiradi. Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu narsa aniqlanganki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh miya faoliyatining roli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalarning xatti-harakatlarini, atrofda kechayotgan voqea-hodisalarni bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak, bolalar faoliyatining sermahsul turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.
Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yinlarda yuqori darajada shakllanadi. Ijtimoiy foydali mehnat va o‘qish kabi faoliyat turlari tobora ko‘proq rol o‘ynay boshlaydi. Shu bilan birga, tengdoshlariga nima bilandir ko‘mak berish, ular uchun biron-bir foyda yetkazish maqsadida namoyon bo‘ladigan mehnatning ijtimoiy motivlari yanada ahamiyatliroq, ya’ni sezilarli bo‘lib qoladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z xulqlarini yanada asosliroq boshqara boshlaydilar. Bolalar tarbiyachisi tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ma’nosini aniq biladilar, topshiriqlarni mustaqil va nuqsonsiz bajarish uchun astoydil intiladilar. Bularning barchasi nutqni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlari bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulqodatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmetlarning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
– nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
– ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;
– ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).
– o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
– nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish; – nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish;
– nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
– ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);
– muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash; – nutqning asta-sekin boyib borishi.
«Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2008-yil 28-sentabrdagi XTV hay’at yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi «Bolajon» tayanch dasturining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi. «Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-validatsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. «Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi.
«Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena.
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish.
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik.
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash. «Bolajon» tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlar uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha va besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar psixik va yosh xususiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24 oygacha bo‘lgan rivojlanish davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2–3 yosh), II kichik (3–4 yosh), o‘rta (4–5 yosh), katta (5–6 yosh), maktabga tayyorlov (6–7 yosh) qilib belgilandi. Tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan davrlarning xususiyatlari tavsifi har bir yosh davr ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan bandlar boshiga joylashtirildi. Bu dasturdan foydalanishda har bir yosh davr, uning o‘ziga xos xususiyatlariga taalluqli ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish imkoni mavjud.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida jismoniy rivojlanish, salomatlik, madaniy-gigiyenik malakalar yo‘nalishi bo‘yicha asosiy harakatlar alohida yoritildi va ular quyidagicha tartiblandi: Asosiy harakatlarga doir mashqlar; (Yurish, yugurish, sakrash, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanatni saqlash, velosiped haydash). «Bolajon» tayanch dasturida umumrivojlantiruvchi mashqlarga oid: (Yirik motorikani rivojlantirish, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida yoritildi («Sensomotorika» – senso va motor so‘zlarining birgalikdagi ifodasi bo‘lib, lotincha «sensus» - sezish, «motor» - harakat, birgalikda nozik harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi).
Oyoq uchun mashqlar;
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar;
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
Ertalabki badantarbiya;
Saflanish va qayta saflanish;
Sport mashqlari;
Raqs mashqlari;
Harakatli o‘yinlar.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli, harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan: taxminiy kun tartibi; uxlash gigiyenasi; shaxsiy gigiyena; ovqatlanish gigiyenasi; madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish; o‘ziga xos gigiyena; shikastlanishning oldini olish bandlari. «Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qilish, his-tuyg‘ularni ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni tarbiyalashdir. Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘lg‘usi barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbiyalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi:
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot);
Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan.
Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha tartiblangan: Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari). O‘qish va savodga tayyorlash: Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan. «Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar: elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yasash, ta’limiy o‘yin va mashqlar); atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, transport vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvur); tasviriy faoliyat; musiqa; o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtirilgan o‘yinlar) keng yoritilgan. «Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi.
Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
– dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;
– bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish;
– bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
– dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
– hikoya qilib berish;
– bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
– bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi. Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi. Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi. Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqeahodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning otaonalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur.
Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasida olib borgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik.
Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash.
3. Nutqni rivojlantirish jarayoni.
4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik.
5. Nutqni rivojlantirish mazmuni.
6. Nutqni rivojlantirish shakllari.
7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi.
8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni – nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi.
Bolalarning nutqini rivojlantirish maxsus o‘rganilmaydi, natijalari ishlab chiqilib, mashg‘ulotlar tizimi belgilab olinmaydi, mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda muntazam va izchil olib borilmaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi.
Til tafakkur bilan monand bog‘langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani ifodalamaydi.
Tafakkur – obyektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillarning yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
|
| |