• Guruh: Katta guruhlar uchun Oy mavzusi: Asboblar va uskunalar Hafta mavzusi: Maishiy asboblar uskunalar bizning yordamchimiz Maqsad
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Jalaquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 3.41 Mb.
    bet1/4
    Sana28.05.2023
    Hajmi3.41 Mb.
    #66255
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Katta May 4 hafta Maishiy asbob uskunalar bizning yordamchimiz
    Директору национального монументального, Имя числительное




    Andijon viloyati
    maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
    Jalaquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
    20-maktabgacha ta’lim tashkiloti
    O‘rta guruh tarbiyachisi


    Jaloldinova Jumagulning
    2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan


    Guruh: Katta guruhlar uchun
    Oy mavzusi: Asboblar va uskunalar
    Hafta mavzusi: Maishiy asboblar uskunalar bizning yordamchimiz
    Maqsad: Bolalar maishiy texnika jihozlarini nomini, ularning qanday vazifani bajarishga mo‘ljallanganligi, foydalanish chog‘ida xavfsizlik qoidalariga amal qilish qoidalarini, sodda gaplar asosida hikoya tuzishni biladilar. Bolalar diqqati, fikrlanishini o‘stirish,
    E’tiborga molik jihati: bolalar faolligiga bog‘lanishli nutq malakalarining shakllanishiga e’tibor berish. Loy ishi va rasm solishga tasviriy ish namunalarining tartibli, estetik didi bilan bajarilishini o‘rgatib borish.
    Tarbiyachi: Faoliyat boshida bolalar bilan diqqatni bir joyga qaratish maqsadida maishiy texnik asboblar haqida topishmoqlar aytadi.
    Qizigan bir kemam bor, to‘xtovsiz borib kelar.
    Borib-kelgani sari to‘lqinlarni tekislar, (dazmol)
    2 ajib qulog‘i bor, biri so‘zlar, biri tinglar (telefon)
    O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q, cho‘g‘i boru kuyasi yo‘q, (gaz plita)
    Katta qutti, ko‘zi bor, ko‘p tomosha so‘zi bor (Televizor)
    Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona (muzlatgich)
    Guruh xonasiga Fedora xola kirib keladi. (tarbiyachi yordamchi)
    - Voy, uf. charchadim (stulchaga o‘tirib oladi) uy ishlari biram odamni charchatadi. Lekin men barchasini bajarishga ulgurishim kerak, axir erta menikiga mehmonlar kelishadiku. Kimni yordamga chaqirsam bo‘ladi-a. Eh hamma o‘z ishi bilan ovora. Men hali uyimni tozalashim, kir yuvishim, dazmol bosishim, mazali ovqat qo‘yishim, biron xil shirinlik pishirishim, Ehe ishlarim juda ko‘payib ketdi. Ustiga havoyam qizib ketyapti, ishni nimadan boshlasam ekan-a.

    Tarbiyachi: Salom Fedora xola nega muncha qizishib ketyapsiz, nima muammoyingiz bor.


    Fedora: E valeykum assalom, asti so‘ramang mening erta tug‘ilgan kunim do‘stlarim mehmonga kelishadi, Men esa hali biron bir tayinli ishimni bajarganim yo‘q. Uy yumushlarimga kimni yordamga chaqirsam ekan deb o‘ylovga qoldim. Siz ham baribir menga yordam berolmaysiz, chunki bolajonlar qarov-siz qolishadi.
    Tarbiyachi: Sizning muammoyingiz shumi hali. Zerikmang men emas balki mening guruhim tarbiyalanuvchilarim sizga o‘z yordamlarini ayashmaydi.
    Fedora: Voy shu churvaqalar menga yordam berishadimi. Hechamda undan ko‘ra hamma ishimni o‘zim qilganim durust.
    Tarbiyachi: Voy siz mening bolallarimni xafa qilyapsiz, ular maishiy texnik jihozlar bilan tanishlar, ular yordamida hamma ishingizga ulgurasiz.
    Fedora: Nahotki, qanaqa jihozlar dedingiz, Men bunaqa jihozlar borligini bilmagan ekanman,
    Tarbiyachi: Unday bo‘lsa siz o‘tirib turing bizning bolalar sizga yordamlashadilar.
    Qani bolajonlar. Bu maishiy texnik buyumlar nima uchun kerakligini so‘zlab bering fedora xolamizga.
    Bolalarga oldindan suratlar tarqatilgan. Har bir bola surat asosida 3-4 gapdan iborat tasvirlab beradi

    1-bola: Mana bu asbob go‘sht qiymalagich, u go‘shtni maydalab, yarim tayyor holda keltiradi. U bizga oshxonaga katta yordamchi.


    2 -bola: Muzlatgich. Unda barcha mahsulotlar uzoq vaqt saqlanadi. Havoning issiq va sovuq kunlarida ham ishlaydi. Unda mahsulotlar sifati buzilmaydi.Shirinlik pishirsangiz ham kremlari oqib ketmasligi uchun muzlatgichga saqlash kerak.
    3-bola: Mana bu blender deyiladi unga barcha meva yoki sabzavotlardan bo‘tqa tayyorlanadi.
    4-bola: Mana bu oshxona malikasi elektr gaz plitasi. Unga bemalol ovqat pishirasiz. O‘choq va o‘tinning keragi yo‘q. U ham oshxonada juda kerakli asbob. Usiz ovqat pishirib bo‘lmaydi.
    5-bola: Mana bu asbobda meva va sabzvotlar sharbati olinadi
    6-bola: Mana bu asbob kir yuvish mashinasi deyiladi. Unga kir yuviladi va quritiladi.
    7-bola: Mana bu dazmol, unga barcha narsalarni tekislash uchun foydalniladi.
    8-bola: Mana bu chang yutgich undan xonani tozalash uchun foydalanamiz. U nafaqat bizga yordamchi, balki chang bizning organizmimizga kirishiga ham yo‘l qo‘ymaydi va o‘ziga tortib oladi. Sog‘ligimizga zarar etkazmaydi.
    9-bola: mana bu telefon, u orqali uzoqda yashaydigan dugonalaringiz bilan bemalol suhbat qilishingiz, hol –ahvol so‘rashingiz mumkin.
    Fedora: Voy –bu muncha narsani men eslab qololmayman. Axir men sizlarday yosh emasman, ancha qarib qoldim.
    Tarbiyachi: Bunday bulsa bolalar kelinglar Fedora xolaga yordam bir beraylikchi. Bolalar imitatsiyalar qilib kir yuvadilar, Fedora xolaning kiyimlarini tikadilar, dazmollaydilar, kimdir ovqat pishiradi, kimdir uy tozalaydi, yana kimdir Fedora xolani sochini quritadi va hokazo.
    Hamma ishlar tugagandan keyin, Fedora xola bilan birga “Ukki xolaning darslari ” multfilmini tomosha qilishadi. Maishiy texnika asbob-anjomlaridan xavsizlik qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida.
    Fedora xola bolalarga minnatdorchilik bildirib guruh xonasini tark etadi.
    Faoliyat so‘ngida bolalardan savollar berib mavzuni mustahamlaydi. Agar elektr bo‘lmasa biz qanday ish olib boramiz? Bu asboblardan foydalanish mumkinmi elektr energiya bo‘lmasa?
    Bolalar javoblarini eshitib, tarbiyachi umumlashtiradi. Va markazlarga ishlashga taklif etadi. Va bolalar rag‘batlantirib boriladi faoliyat davomida.

    Download 3.41 Mb.
      1   2   3   4




    Download 3.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Jalaquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 3.41 Mb.