• Tayanch iboralar
  • 35-ma’ruza trikotaj matodan ayollar kiyimlarini konstruksiyasini qurish




    Download 16 Kb.
    Sana20.10.2022
    Hajmi16 Kb.
    #27623
    Bog'liq
    35 mavzu
    Abduraimov Shaxzod kurs ishi, 36 mavzu, 5, 003.uz.ru.ru.tg, 5-sinf bayonlar1

    35-MA’RUZA Trikotaj matodan ayollar kiyimlarini konstruksiyasini qurish
    1.Trikоtаj mаtоdаn kiyimlаrni lоyihаlаsh.
    2.Trikоtаj mаtоdаn аyollаr kiyimlаrini kоnstruksiyasini qurish vа tехnik mоdеllаshtirish.
    3.Trikоtаj mаtоsining zаmоnаviy mоdа yo’nаlishidаgi o’rni.

    Tayanch iboralar: Standart, namunaviy qomat, nim yopishgan, siluet, individual qomat, vertical, diametr, o’zgarmas kattaliklar

    TRIKOTAJ BUYUMLARINI LOYIHALASHNINGASOSIY XUSUSIYÀTLARI


    Bunday turlar bir qator o‘lcham belgilari bilan tavsiflanadi, ularda ko‘krak aylanasi va bo‘y asosiy o‘lchov hisoblanadi.
    Gavda o‘lchami ko‘krak yarim aylanasi bilan aniqlanadi. O‘lchamlar orasidagi farqsizlik intervali 4 sm. Farqsizlik intervali deganda, iste’molchining kiyim o‘lchamlari orasidagi o‘zgarishni sezmaydigan darajadagi farq tushuniladi.
    Bundan tashqari har bir o‘lcham uchun 3 ta gavda turi berilgan bo‘lib, bular gavdaning to‘lalik darajasini belgilaydi. Gavda to‘laligi (ozg‘in, o‘rtacha va semiz) bel yarim aylanasi va bo‘ksa aylanasi orasidagi farq orqali xarakterlanadi. Gavdaning har bir razmeriga gavda balandligini hisobga olgan holda bir nechta (5 ta) bo‘ylar belgilangan bo‘lib, ushbu bo‘ylar orasidagi farqsizlik intervali 6 sm.
    Trikotaj kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarishda namunaviy figura o‘lchamlari xuddi boshqa matolardan tayyorlanadigan kiyimlardagidek ko‘krak aylanasi o‘lchami (4 sm farqsizlik) bo‘yicha belgilanadi. Bu iste’molchilarda trikotaj hamda boshqa matolardan kiyim tanlashda bitta nomerdan, o‘lchamdan foydalanish imkoniyatini beradi.
    Ammo aslida farqsizlik intervali kattaliklari trikotaj kiyimlarda boshqa kiyimlardagidan yuqori bo‘lib, trikotaj mahsulotlarida bitta o‘lchamlar ichida to‘laliklarga bo‘lish qabul qilinmagan. Har bir figura razmeriga 2 ta bo‘y 12 sm farqsizlik intervali bilan belgilangan.
    Bolalar va o‘smirlar namunaviy figurasi xuddi shunday ko‘krak aylanasi bo‘yicha o‘lchamlarga bo‘lingan, faqat barcha o‘lchamlar bitta bo‘yda ko‘rsatilgan. Bolalar figurasining har bir o‘lchami uchun o‘zining bo‘y o‘lchami o‘rnatilgan. Chunki bolalar gavdasi o‘lchami bola yoshining o‘sishi bilan o‘zgaradi. Ayollar uchun 8 ta o‘lchamdagi (44, 46, 48, 50, 52, 54, 56, 58) va ikkita bo‘ydagi (I va II) 16 ta figura turi o‘rnatilgan.
    Bir bo‘y 143 dan 155 sm gacha (o‘rtacha bo‘y 149) bo‘lgan bo‘ylarni, 2 bo‘y 155 dan 167 sm gacha (o‘rtacha 161 sm) bo‘lgan bo‘ylarni o‘z ichiga oladi.
    Xalq iste’moli buyumlarini ommaviy ishlab chiqarishda odam gavdasi o‘lchamlarining belgilari asosiy hisoblanadi.
    Olib borilgan ishlar natijasida aholining antrorologik tirlari aniqlanadi.9
    Erkaklar uchun 16 gavda xillari, 8 ta o‘lchov turlari belgilangan (44, 46, 48, 50, 52, 54, 56, 58) va har bir o‘lchovning 2 ta bo‘y balandliklari mavjud.
    I bo‘y balandligi bo‘yi 155 dan 167 sm (o‘rta balandlik 165 sm) bo‘lgan erkaklarga tegishli.
    II bo‘y balandligi bo‘yi 167 dan 179 sm gacha (o‘rtacha balandlik 173 sm) bo‘lgan erkaklarga tegishli.
    Qiz bolalar va o‘g‘il bolalar uchun 12 ta gavda turi belgilangan. Bolalar va o‘smirlar umumiy gavdasining o‘rtacha bo‘y balandligi yoshi va o‘lchami asosida 1-jadvalda belgilangan.
    1-jadval
    Bolalar va o‘smirlarning yoshi hamda o‘lchamiga mos umumiygavda uchun o‘rtacha bo‘y balandligi
    Antrorologiya ilmiy tadqiqot trikotaj sanoati instituti (VN ii TR) materiallari asosida erkaklar, ayollar, bolalar va o‘smirlarning trikotaj buyumlarini konstruksiyalashda foydalanish uchun tirik gavdalarning o‘lchoviga standartlar ishlab chiqildi.
    Bu standartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mutlaq kattalikdagi o‘lchamlar jadvali, o‘lchamlarga izoh, gavdadagi o‘lchamlar ko‘rsatilgan chizma (old ko‘rinish, orqa va yon ko‘rinishlar).
    Belgilangan tirdagi gavdalar uchun tavsiflangan o‘lchamlar MBH (SNG)ning hamma hududlarida ham aholi uchun trikotaj buyumlarni loyihalashda foydalanish mumkin. Chunki bu davlatlarda o‘zlarining har bir o‘rtacha o‘lchamga mos bo‘y balandligi belgilangan.

    Trikotaj buyumlarini loyihalash standartlarida belgilangan tirdagi gavdalar uchun kattalar va bolalarning trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talablarini 70—80 foizgacha qondiradi, konstruksiyasini yaxshilash va xomashyoni tejash orqali trikotaj buyumlari sifatini oshirishga erishiladi.


    Trikotaj matoning Buyum konstruksiyasiga ta’sir etuvchi xususiyatlari
    Trikotaj buyumni konstruksiyalashda matoning xususiyatlarini inobatga olgandagina trikotaj buyum talabga javob beradi.
    Cho‘ziluvchanlik — trikotaj matoning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, konstruksiyalashda buni e’tiborga olish zarur. Kuchli ta’sir ostida trikotaj mato cho‘ziladi va deformatsiyalanadi, lekin ta’sirdan o‘tgandan so‘ng u qisman yoki to‘liq o‘z shaklini tiklaydi.
    Trikotajda egiluvchan deformatsiya qancha ko‘p bo‘lsa, buyum gavdaga shuncha mos tushadi va o‘zining asl holatini saqlab qoladi. Trikotajda qoldiq deformatsiya qancha ko‘r bo‘lsa, buyum shuncha tez foydalanish davrida asl holatini yo‘qotadi va yaroqsiz holga keladi.
    Cho‘ziluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari trikotaj matoning to‘qilishiga va irning tolasi tarkibiga bog‘liq. Jun, karron, tabiiy irak, raxta, viskoza, sintetik tolalar qayishqoqlik xususiyatiga ega.
    Ko‘rgina trikotaj matolar bo‘ylama va enlama cho‘ziluvchan bo‘ladi. Eniga cho‘zilganda matoning uzunligi qisqaradi.
    Eniga cho‘ziluvchanlik darajasiga ko‘ra trikotaj matolar 3 guruhga bo‘linadi: kam, o‘rtacha va juda cho‘ziluvchan matolar. Erkaklar va ayollar buyumiga mo‘ljallangan har guruh matoga minimal miqdorida eniga tikish haqi qo‘yish tavsiya etiladi.
    Trikotaj sanoatida ham tikuvchilik sifatiga o‘xshab mahsulot ishlab chiqarishning shaxsiy, ommaviy, seriyali uch usuli mavjud.Mazkur ishlab chiqarish usullarining har qaysisi alohida xususiyatlarga ega.Xususiy trikotaj ishlab chiqarish yakka buyumlarni atelye, ustaxona yoki uy sharoitida tayyorlash shaklida bo‘ladi.
    Buyumni xususiy usul bilan tayyorlaganda, buyurtma egasidan o‘lchovlarini olib, ushbu o‘lchovlar asosida buyum bichiladi. Kiyib ko‘rish raytida kiyimning kamchiliklari toriladi va bartaraf etiladi. Mehnat taqsimoti kichik bo‘lib ishning alohida usullari ko‘rib chiqiladi.
    Buyumni sanoat usulida ishlab chiqarish jarayoni XVII asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
    Ommaviy tarzda mahsulot ishlab chiqarish deganda bir turli buyumlarni ko‘r miqdorda ishlab chiqarish tushuniladi. Ushbu ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi va barcha jihozlarning qo‘llanilishi hisobga olinadi.
    Seriyali ishlab chiqarishda buyumlar ketma-ket, navbati bilan ishlab chiqariladi, ishlab chiqariladigan mahsulot soni bir smenada 500 dan to 2000 (ko‘r seriyali)gacha yoki 300 dan 500 (kichik seriyali) donagacha o‘zgaradi.
    Buyumlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarish maxsus jihozlangan korxonalarda amalga oshiriladi.
    Buyumlarga texnologik ishlov berish mexanizatsiyalashtirilgan. Qo‘l ishlari umuman qo‘llanilmaydi yoki oz miqdorda qo‘llaniladi.
    Ommaviy ishlab chiqarishda buyumlarni modellashtirish vaqtida umumiy ishlab chiqarish jarayonini shu bilan birga matolarni sarflanishi, mehnatni maksimal mexanizatsiyalashning texnologik jarayonini alohida oreratsiyalarga bo‘lish zarur. Buyumlarni loyihalash jarayoni deganda, model yaratishdan, ya’ni eskiz ishlab chiqarish andazalarini tayyorlashdan to birinchi namunani tayyorlashgacha bo‘lgan jarayon tushuniladi.
    Download 16 Kb.




    Download 16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    35-ma’ruza trikotaj matodan ayollar kiyimlarini konstruksiyasini qurish

    Download 16 Kb.