MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi




Download 249,5 Kb.
bet18/21
Sana23.05.2024
Hajmi249,5 Kb.
#251051
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

2.3. MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.
Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi:
– To‘tiqushning patlari qanaqa rangda?
– To‘tiqush patlari uning hamma yеrida bir xil ko‘rinishdami?
- Dumi, boshidagi patlari qanday?
- Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq?
– Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, ichadimi?
– Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?
– Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi?
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida va kuzatishlar asosida «Men qushlarga don berdim» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi. So‘ng 5–6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi. Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: «Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilarni unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga kirgandan so‘ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar. To‘tilarning pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladilar. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun. Kichik-kichik xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalarni tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.
To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - degan savolga Dilbar: «To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», dedi.
Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham yеydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla», «Do‘kon», «Bizning vrach», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalarni tuzishda bolalarning nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi.
Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniqmateriallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning doktor» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi.
Sardorning hikoyasi: «Sanjar qovunni ko‘p yеb qo‘yib, qorni og‘rib qoladi. Otasi «tez yordam» chaqiradi. Doktor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatadi. Sanjarning otasi, onasi doktorga tashakkur bildiradilar».
Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo pishirgani bir chelak olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chanqadilar. Olxo‘ridan yеb olib, bir necha marta sovuqsuv ichishdi. Uchalasining ham qorni og‘rib, isitmasi ko‘tarildi. Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar doktori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlarni olib, tezda sog‘ayib ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva yеb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun saboq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namoyish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi. Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir. Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. U mashinalarning ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda svetafor uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay, qochib qoladi. Sanjar. Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyonlarni quvib ketishadi. Bo‘rivoy qo‘lga olindi. Dan mashinasi yеtib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yеtib keladi va quyonchaning oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya etmay ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yеydilar. Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini kuzatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tuzish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutqo‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda «o‘ylash», «o‘ylab topish», «ijod qilish» muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlarning xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o‘yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga, o‘ylashga, fikr qilishga yo‘llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Qurilish materiallari: g‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi. Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar.
Qurilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlandi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga qarab emas, o‘zlarining tasavvurlaridagi imoratlarni qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsada, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar. Imoratlarni qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo‘linib, «quruvchilarga» yordam beradilar (og‘zaki). Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela boshlaydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»larning yuklari bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Onaqo‘g‘irchoqlar o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yеtaklab kelmoqdalar. Bog‘cha opa-qo‘g‘irchoqlar ularni kutib olayaptilar.
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band. Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o‘zlari qurgan binolari haqidagi hikoyalari tinglanadi.
Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To‘qqiz qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, buvalarimiz, buvilarimiz chiqishga qiynaladilar. Uyimizning kirish joylarini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham kengkeng qilib qurdik. Hovlisida turli bolalar maydonchasi bor. Gulzorlarga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon uchun mevali bog‘chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida hordiq chiqariladi. Bog‘cha va do‘konni uyimizga yaqin joyga qurdik.
Lutfiniso: To‘g‘ri, bog‘cha turar joylarga yaqin bo‘lgani yaxshi. Biz maslahatlashib, bog‘chani turar joylarga yaqin qurdik. Bog‘chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o‘zgartirdik.
Sojida: Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ishdan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar. Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondoshadilar va bu ijodkorlik ularning nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo‘shilib ketib, ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin. Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumidan bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y-xayollari, orzu-istaklari, tasavvurlari murg‘ak qalbdan tilga ko‘chadi. Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalarning ba’zilarini namuna tarzida keltiramiz:
Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hovlimizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chiroyli. Yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi esa mazali. Mevasini uzganimizdan so‘ng biz qarindoshlarimizga, qo‘shnilarimizga tarqatdik. Ayniqsa, buvam va buvim duo qildilar: «Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlarni ko‘paytirmoqchilar». Nigina. «Men oktabr oyida oyim bilan Chinozga – xolamnikiga bordim. Birinchi marta paxtazorni ko‘rdim. Paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilgan. Oppoq dala. Quyoshda ko‘zni qamashtiradi. Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog‘lagan. Men ham paxta termoqchi bo‘ldim. Xolam etak bog‘lab qo‘ydilar. Lekin tezda belim og‘rib qoldi. Qishloqdagi xolamning bolalariga qoyilman. Men tengi qizlari ham paxta terdi, ham moliga o‘t yulib oldi. Bog‘chaga bormas ekan».
Nurxon: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko‘chib kelganmiz. Qishloqda men quyosh botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda ufq qizarib, dalalar qorong‘ilasha boradi. Qorong‘ulik hamma yoqqa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi hali nurli ko‘rinadi. Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar.
Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qaytgan ayollar sigir sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yoqib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga yo‘g‘rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi. Qishloq hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi».
Ravshan. «Olmalar gullaganda bog‘ juda chiroyli bo‘lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. Shabada turib, olma gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabada tinadi. Go‘yo butun bog‘ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog‘ tepasida g‘ujg‘on o‘ynaydi. Yuqoridagi hikoyalardan ko‘rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no qirralarini bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar.

Download 249,5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 249,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi

Download 249,5 Kb.