Tursunaliyeva Hilolaning Tasviriy faoliyat fanidan tayyorlagan mustaqil taʼlim




Download 17.48 Mb.
Sana17.04.2024
Hajmi17.48 Mb.
#199794
Bog'liq
tasviriy faollik MT ishlari
Kon korxonalari elektr tarmoqlari uchun qo’llaniladigan o’tkazgi-fayllar.org, 3, 10 klass test po russkomu yaziku (Автосохраненный), 201 музеведение промежуток, мой алмаштириш, 5764-Текст статьи-14361-1-10-20220508, 2 5418208343208496233, Bufer eritmalar tarkibi va ishlatilish sohalari, BIOLOGIK RESURSLAR VA ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR FAYZULLAYEV, BELBOG\'LI KURASH BO\'YICHA MUSOBAQALAR O\'TKAZISH ALMARDONOV SOATMUROD, SPORTCHINING FAOL TURMUSH TARZI majidov javohir, Aprel oyi STEND, Jo`ramurodova Sarvinoz Tasviriy faoliyat, Tasviriy. Nag\'matova Nurjahon 21.05

Tursunaliyeva Hilolaning
Tasviriy faoliyat fanidan tayyorlagan mustaqil taʼlim
Ishlari
Turli yoshdagi bolalar guruhida qurish yasashga oʻrgatish metodlari
Tayyorlov guruhida bolalarga predmetning umumiy va individual xususiyatlarini ajratishga o'rgatiladi. Bolalar narsalar qismlarining proportsiyasini, simmetriyasini aniq chamalashga, narsalarni chiroyli bezashni o'rganadilar. Bu yoshdagi bolalar oldindan ko'rmoqchi bo'lgan narsalarini tasavvur qilib, uning qanday tuzilishini gapirib bera olishlari kerak, buning uchun qanday materialni tanlab, ishni qanday bajarishni bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalarga kompleks narsalarni jamoa bo'lib qurishni, guruh bilan qurishni o'rgatib boradi. Bolalar bundan tashqari, mavzuni aniqlab, kerakli materiallar tanlash, bir-birlari bilan maslahatlashib, birga fikrlab qurishni o'rganadilar.
Maktabgacha tashkilotlarda tasviriy faoliyat jihozlariga qoʻyiladigan talablar
Bo'yoqlar. Rasm solishda suvli bo'yoqning ikki turi - guash va akvareldan foydalaniladi. Bo'yoqni mo'yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq qaymoq quyuqligidek qilib aralashtirilishi kerak. Bo'yoqlarni bolalar rangni ko'rib turishlari uchun qirralari past shaffof bankachalarga quygan ma'qul.Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi guash bo'yoqlaridan foydalanish qulay: tarbiyachilar bo'yoqni ularning o'zida tayyorlaydilar va mashg'ulotdan so'ng ularni boshqa narsaga qo'ymay qoldiraveradilar. Bunda bo'yoq tejam bilan sarflanadi va uni tayyorlashga ko'p vaqt ketmaydi. .
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tasviriy qobiliyatini ijodkorligini rivojlantirib borish monitoringgini oʻtkazish
Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o’z hayotida, jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo’ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo’yib, o’shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o’rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Download 17.48 Mb.




Download 17.48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tursunaliyeva Hilolaning Tasviriy faoliyat fanidan tayyorlagan mustaqil taʼlim

Download 17.48 Mb.