• Sensor rivojlanish mini-muhitida
  • Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi




    Download 249,5 Kb.
    bet19/21
    Sana23.05.2024
    Hajmi249,5 Kb.
    #251051
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

    Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. Badiiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folklor janrlari (maqollar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Agarda atrofidagi kattalar bolani beshikdan boshlab to‘g‘ri so‘zlashga o‘rgatsalar, u intellektual jihatdan normal rivojlanadi. Unda tasavvur qilish, so‘ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo‘ladi. Har bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi.
    Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi. Bolaning taraqqiyot jarayoni faqat o‘yin orqali olib borilmay, balki qo‘llar harakati orqali ham olib borilishi mumkin. Bunga biz alohida ahamiyat beramiz. M.Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillaridan biri – «Barmoqlar uchining harakati inson intellektining taraqqiyot qurolidir». Shu tamoyil asosida bolalar turli narsalarning xususiyatlarini: masalan shakarni, tuzni, melni, unni suvga solib, bu narsalarning erib ketishini bilib oladilar. Ular oyoq kiyimlarini krem bilan tozalaydilar, uni yaltiraguncha artadilar, plastmassa pinsetdan foydalanishni o‘rganadilar, paxtani rulondan ajratib olish orqali barmoqlarini harakatga keltiradilar va mashq qildiradilar, xamir bilan ishlashni, sabzavotlarni kesishni, mahsulotlarning xususiyatlarini va sifatlarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar. To‘rlar yordamida bola yormani guruchdan ajrata olishni o‘rganadi va uni boshqa idishlarga joylashtiradi. Bu jarayonlar bolaning ko‘z bilan chamalash, diqqatni jamlash, irodasini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Agar bola nimanidir to‘kib yuborsa yoki sochib yuborsa, shu yerning o‘zida bolaning o‘zi sochiq bilan yoki supurgi va hokandozda uni tozalab olishni bilishi lozim.
    Sensor rivojlanish mini-muhitida M.Montessori tavsiya etgan jihozlardan boshqa ta’limiy jihozlar: B. Nikitinning «Naqsh yasa», «Uni-kub», «Qirqma kvadrat» kabi jihozlarini va turli-tuman o‘yinlarni taklif etish mumkin. Bu yerga mualliflik jihozlarini joylashtirish mumkin. Masalan: Ko‘rishni taraqqiy ettirish uchun turli ranglardan tashkil topgan spektrlar, rangli tiniq plastik jadvallar, bo‘yoqlarni aralashtirish uchun jihozlar va boshqalardan foydalanish mumkin. Bu muhitda bolalar rangli «yo‘lakchalarni» yasaydilar, ya’ni eng to‘q rangdan eng och rangga tomon yo‘nalib boradilar.
    Eshitish sezgisini taraqqiy ettirish uchun «Jaranglaydigan qutichalar»dan foydalanishlari (korobkachalar ichiga toshlar, metall sharchalar solinadi), musiqa asbobida o‘ynashlari mumkin. Harakat sezgisini taraqqiy ettirish uchun shunday jihozlarni joylashtirish lozimki, ular barmoqlarning mayda qo‘l motorikasini shakllantirishga yordam bersin (qisqichlar, turli-tuman mozaikalar, turli hajmdagi qurish-yasash jihozlari); Sezgi organlarini taraqqiy ettirish uchun yuzasi har xil kartochkalar va matolar, «His etish qopchasi», g‘adir-budir harflar, raqamlardan foydalanish mumkin. Bolalar xohlasalar ko‘zlarini yumib ishlashlari, maxsus ko‘zoynaklar taqqan holda notekis yuzalikni qo‘l bilan his qilishlari, nimadan yasalganini aniqlashlari va tartib bilan joylashtirishlari mumkin. Ta’m va hid bilishni ajratish uchun alohida jihozlar mavjud bo‘lishi mumkin.

    Download 249,5 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 249,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi

    Download 249,5 Kb.