|
10 Laboratoriya ishi mavzu: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼlumotni tahlil qilish
|
bet | 1/2 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 7,15 Kb. | | #133108 |
Bog'liq Amaliy vazifalar Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼl-fayllar.org
Amaliy vazifalar: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼlumotni tahlil qilishni o’rganing. Uslubiy ko’rsatma 1970-yilga qadar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga kiruvchi respublikalarda «To‘qimachilik sanoatining noto‘qima matolari»
10 - Laboratoriya ishi
MAVZU: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼlumotni tahlil qilish.
(2 soat)
Laboratoriya ishining maqsadi: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼlumotni tahlil qilishni o’rganish.
Amaliy vazifalar: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish haqida maʼlumotni tahlil qilishni o’rganing.
Uslubiy ko’rsatma
1970-yilga qadar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga kiruvchi respublikalarda «To‘qimachilik sanoatining noto‘qima matolari» degan ibora qo‘llanilgan. 1970-yilga kelib, 16430-70 raqamli Davlat standartiga ko‘ra «To‘qimachilik matolari. Noto‘qima. Iboralar va ta’riflar» nomli hujjat tasdiqlangan. Shuni aytish joizki, «Noto‘qima» degan ibora matoning tuzilishini ifodalamasdan yoki uning chuqur fizik ma’nosini izohlamasdan, balki shunday deb atash qabul qilingan. Chunki trikotaj, o‘rilgan to‘rsimon matolar ham tuzilishiga ko‘ra noto‘qima matodir.
To‘qimachilik sanoatida noto‘-qima matolar ishlab chiqarish tarmog‘i nisbatan yosh tarmoqdir. Birinchi bo‘lib qo‘lda bajariladigan ishlar piymalar, namat, kiygiz va shunga o‘xshash mahsulotlarni sanoat usulida ishlab chiqarishga qo‘llanila boshlangan. Hozirda kiygiz-namatsimon mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida barcha asosiy texnologiya jarayonlar avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan.
XX asrning 30-yillarida rus mutaxassislari M.I.Dmitriyev va M.I.Bondarenkolar tomonidan birinchi bo‘lib yelimlangan usulda noto‘qima mato ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. Bu matolar hozirda sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlangan noto‘qima matolardir. 1935-yilda Moskvada noto‘qima matolar ishlab chiqarishni yangi usuli - tolalarni ignalar yordamida bir-biriga biriktirib, mato olishning dastlabki usuli yaratildi va bu usul o‘zining samaraliligi tufayli dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlariga tezlik bilan tarqaldi.
Noto‘qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasiga dunyoning eng rivojlangan yirik mamalakatlari keng e’tibor qaratdi. Shu jumladan, AQSH, Yaponiya, Polsha, Ruminiya, Germaniya, Chexiya va hokazolar. 1946-yilda AQSHda noto‘qima matolarning tukli turini yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borildi va 1950-yilga kelib, «Tafting» turidagi noto‘qima mato olishga erishildi. «Tafting» usulining mazmuni - tanda ipiga qo‘shimcha iplar qadash asosida. sirtida halqasimon tuk hosil qilishdir.
XX asrning 50-yillari boshida Germaniyada tanda va arqoq iplarini ustma-ust qo‘yilgan holda bo‘ylamasiga to‘qiydigan trikotaj usulida, ularni bir-biriga mahkamlash asosida olinadigan noto‘qima matolar ishlab chiqarildi. Bu vaqtgacha tolalar o‘ramasini bo‘ylamasiga to‘qiydigan trikotaj usulida, ularni qavish yo‘li bilan olinadigan «Vatin» noto‘qima matosi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Vatin matosini ishlab chiqarish borasidagi olib borilayotgan ishlar Germaniya va Chexiyada olib borildi. Natijada Germaniyada noto‘qima matolar ishlab chiqaruvchi «Malivatt», Chexiyada esa «Araxne» agregatlari yaratildi va ishlab chiqarishga keng joriy etildi.
XX asrning 60-yillarining boshida noto‘qima matolar ishlab chiqarishning yangi usuli yaratildi. Bu usulning mazmuni - turli xildagi matolarni tola o‘ramasiga qo‘shib, tikuvchilik baxyaqatorlari yordamida biriktirishdan iborat. Hozirgi vaqtda noto‘qima matolar, o‘zining arzonligi, g‘ovakligi bo‘yicha xossalarining yuqoriligi tufayli keng qo‘llanilmokda. Ayrim mexanik xususiyatlari gazlamalar bilan ham raqobatlasha oladi va ularning o‘rnini bosa oladi. Bundan tashqari «vatin», «flizelin», «prokla-milin» kabi turlari tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda eng zarur yordamchi materiallardan hisoblanadi.
|
| |