|
Ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg‘ulotlarda
|
bet | 11/21 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 249,5 Kb. | | #251051 |
Bog'liq Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish Ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg‘ulotlarda. Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Ta’lim muassasalarida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga
kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: To‘g‘ridan-to‘g‘ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. 2. Ravon nutq mohiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi.
Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish– so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat astasekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi. Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud. Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.
|
| |