• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Ahmad Yassaviy ma‘naviy merosi va yassaviya talimoti Духовное наследие Ахмада Яссави и учение Яссави Ahmad Yassavi's spiritual heritage and teachings of Yassav




    Download 28,35 Kb.
    Sana11.12.2023
    Hajmi28,35 Kb.
    #116177
    Bog'liq
    Ahmad Yassaviy ma


    Ahmad Yassaviy ma‘naviy merosi va yassaviya talimoti
    Духовное наследие Ахмада Яссави и учение Яссави
    Ahmad Yassavi's spiritual heritage and teachings of Yassav

    Abdullayev Og‘abek Abdisamat o‘g‘li
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
    Texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
    Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi
    fakulteti RI 23-10 guruhi talabasi
    pochta manzili: ogabekabdullayev87@gmail.com

    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada Turkistonlik mashhur shayx, O‘rta Osiyoda Yassaviylik nomi bilan mashhur bo‘lgan tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, Ahmad Yassaviyning ustozi Arslon Bobning shogirdigacha bo‘lgan hayoti hamda keyinchalik yassaviylikning keng yoyilishida o‘ziga xos o‘rin tutgan “Devoni hikmat” kitobi haqida ham muhim ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

    Kalit so‘zlar:Turkiston mulkining Shayx-ul mashoyixi, Boqirg‘on kitobi, Arslon Bob, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota, Hikmat, Irshod va da’vat maqomi, Amir Temur, yassaviylik.

    Turkiy xalqlar tarixda yuksak shon – shuhratga va munosib ma’naviy yetuklikka erishgan ulug‘ allomalari bilan bugun ulkan faxr hissini tuyadilar. Shunday ulug‘ allomalardan biri, buyuk tasavvufning mashhur namoyandasi, yirik tariqat asoschisi, shoir (Ahmad Yassaviy chig‘atoy tilida ijod qilgan. “Devoni hikmat” shu tilda yaratilgan.), Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, “Turkiston mulkining Shayx-ul mashoyixi” Ahmad Yassaviydir. Buyuk allomaning ajdodlari ham tariqat namoyondalari bo‘lishgan. Jumladan, otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Ta’kidlash lozimki, Ahmad Yassaviy faqatgina yangi tariqat yaratuvchisi emas, hikmatnavislik an’nasini boshlab bergan turkiy


    tasavvuf she’riyatining birinchi ijodkori hisoblanadi. Biroq, Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti, ijodiy faoliyati hamda avlodlarining taqdiri to‘g‘risida bizgacha yetarli darajada ma’lumotlar yetib kelmagan. Shunga qaramay, Sulaymon Boqirg‘oniyning “Boqirg‘on kitobi”, Mavlono Safiyuldin Ko‘yliqiyning “Nasabnoma”, Husayn Voiz Koshifiyning “Rashahot aynil hayot”, Fozlulloh Isfahoniyning “Mehmonnomai Buxoro”, Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror in amvojil bahor”, Shayx Muhammad Olim Siddiqning “Lamahot min nafahat ul’quds”, Muhammad Fuod Kuprulizodaning “Turk adabiyotida ilk mutasavvuflar” asarlarida shayxning hayoti, ijodi va tariqat qonun-qoidalarining ayrim jihatlari yoritilgan. Xoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida tug‘ilgan. Uning vafot etgan vaqti ko‘pgina manbalarda hijriy 562 (1166/67) yil deb yozilgan (Yassaviyning yashagan umri va va qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida “yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim”, deydiki, bu so’zlar
    tarixiy haqiqatga ko’ra, manoqibiy mazmunga ega. Uning “oltmish uchda yer ostiga kirdim mano”, degan hikmatidan kelib chiqib ham 125 yillik uzoq umrining yarmidan ko’pini yer ostida o’tkazganiga shubha bilan qarash holatlari bor. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar uning vafoti tarixini 1166 – 1167 yillar oralig’i sifatida qayd etishadi). Bu oilada dastlab qiz farzand dunyoga keladi va unga Gavhar Shahnoz deb ism qo‘yishadi. Ahmad tavallud topgach, ko‘p o‘tmay onasi vafot etadi. Yetti yoshida otasidan ham ayriladi. Ahmad opasi Gavhar Shahnoz tarbiyasida qoladi. Ular Yassi shahriga ko‘chib borishadi. Bu yerda u birinchi ma’naviy ustozi bobosi Arslon Bob bilan uchrashadi. Yetti yoshda Arslon bobni izlab topdim, Har sir ko‘rib parda birla bukib yopdim. “Bob” arabchada “eshik” ma’nosini ifodalaydi, turk tilida esa islom dinini targ‘ib qilishda fidoiylik ko‘rsatganlarga nisbatan qo‘llanilgan. Arslon Bobning hayoti haqida Fahriddin Ali Safining “Resehat-i Aynu’lhayat”, Hazini’ning “Camiu’l-mursidin”, Hasan Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab”, Alim Seyh Azizan’nıng ‘‘Lemehat min nefehati’lkuds”, Muhammad Sharif Buxoriyning “Huccetu’z-zakirin”, Shayx Zinda Alining “Semeratu’lmesayıh”, G‘ulom Sarvar Lohuriyning “Hazinetu’l-asfiya”, Kamoliddin Haririzadaning “Tibyanu vesaili’l- hakāyık”, Huseyin Vassaf’ning “Sefine-i Evliya” asarlarida batafsil bayon etilgan. Mazkur asarlarda Arslon Bobni mashhur so‘fiylardan ekanligi aytiladi.1
    Hatto “Sefinetu’l evliya” asari muallifi Dara Sukuh bu zotga “Azim-i mesayıh-I Turk” (Turk shayxlarining buyuklaridan) deya ta’rif beradi. Hasan Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab” tazkirasida Arslon Bobning to‘rt yuz yil umr ko‘rganligi va Xoja Ahmad Yassaviyga atalgan xurmoni tishining kovagida saqlaganligi haqida quyidagi rivoyat keltiriladi: “Hazrati payg‘ambar sardorligidagi bir urush chog‘ida ashobi ikrom ul zotning yonlariga kelib, och qolganliklarini aytishibdi. Payg‘ambarning duolari tufayli Jabroili amin jannatdan bir lagan xurmo olib kelibdi. Shunda xurmolardan bir donasi yerga tushibdi. Jabroil bu xurmo sizning ummatlaringizdan Ahmad Yassaviy otlig‘ bir buyukning nasibasidur”, debdi. Har omonatni o‘z sohibiga yetkazishga qat’iy amal etuvchi Hazrati payg‘ambar ashoblaridan kimdir bu vazifani zimmasiga olishini taklif qilibdilar. Ammo ularning hech biridan sado chiqmagach, Arslon Bob bu ishni o‘z zimmasiga olibdi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) xurmo donasini Arslon Bobning og‘ziga irg‘itgani zamon bir parda zohir bo‘libdi. Shunda Hazrati payg‘ambar unga Ahmad Yassaviy qanday kishi bo‘lishini ta’riflab, uning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishini amr aylabdi”. Muso Sayramning “Tarih-i Emniyye” asarida Arslon Bobning nasabi bayon etiladi. Unga ko‘ra, Ali bin Abu Talibdan boshlanib, Kamoliddin Bob, Imom Muhammad Hanafi, Abdulfattoh Bob, Abduljabbor Bob, Abdurahmon Bob, Ishak Bob, Ismoil Bob, Umar Bob, Usmon Bob, Iftihor Bob, Mahmud Bob, Ilyos Bob va Aliyyo‘l Murtazogacha davom etgan. Ba’zi manbalarda Ilyos Bob Ahmad Yassaviyning katta bobosi bo‘lib, Kamoliddin Bobning ajdodi bo‘lmish Arslon Bob ibn Ilyos Bob Ahmad Yassaviyning otasi Shayx Ibrohimning amakisi ekanligi qayd etilgan. Arslon Bobning o‘g‘li, ya’ni Ahmad Yassaviyning ilk xalifasi Mansur Ota va uning avlodlari Abdumalik Xoja, Toj Xoja, Zangi Ota kabi so‘fiylar ularning diniy-irfoniy qarashlarini davom ettirgan.2 Ilk tahsilni otasi Ibrohim shayxdan, so‘ngra Hazrati Hizirning suhbatlarida qalb ko‘zi ochilgan Ahmad, nihoyat Arslon Bob tarbiyasini oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy Yassida botiniy ilmlarni mukammal o‘rgangan. Arslon Bob esa Ahmad Yassaviyga diniy va Qur’oni Karimdan saboq berib, botiniy va zohiriy sirlarni o‘rgatgan.
    Arslon Bob vafotidan so‘ng 23 yoshli Ahmad islomiy ilmlar markazi Buxoroga, mashhur mutasavvuf olim va so‘fiy Shayx Yusuf Hamadoniy huzuriga keladi. Arslon Bob vafotidan ilgariroq shogirdiga Movarounnahrning yirik ilm markazi bo‘lgan Buxoroga borishga ko‘rsatma bergan edi. Ahmad Yassaviy qisqa vaqt ichida shayxning e’tiborini qozonib, Hamadoniyning oddiy murididan ma‘naviy farzandi bo‘lish sharafiga erishadi.3 Aytish joizki, Xoja Yusuf Hamadoniyning muridzodalari ko‘p bo‘lgan, lekin ularning ichida eng suyuklilari Abdulloh Barqiy, Xoja Xasan Andoqiy va Abduxoliq G‘ijduvoniylar edi. Ahmad Yassaviy esa ular bilan hamsuhbat va hammaslak bo‘ladi. Yuqorida nomlari zikr qilingan shogird-muridlar ustozlari qarshisida shu darajada yuqori martabaga erishadilarki “Men vafot etganimdan so‘ng jasadimni Abdulloh Barqiy yuvsin, Abduxoliq G‘ijduvoniy suyasin, go‘rimni Andoqiy qazisin, Ahmad Yassaviy go‘rimda “An-nazoat”ni o‘qib tursin”, – deb, vasiyat qilgan ekan. Ahmad Yassaviy Buxoroda ekanligida arab tili bilan birgalikda fors tilini ham chuqur o‘zlashtiradi. Bu orqali Ahmad Yassaviy forsiy tilda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan yaqindan tanishish imkoniga erishib, o‘zining diniy va tasavvufiy ilmini yanada boyitishga muvaffaq bo‘ladi. Ahmad Yassaviy bilimlarini boyitib, yirik diniy shaxsga aylangach, o‘z yurtiga – Yassiga qaytadi. Yassida u yangi tariqatga asos soladi va yirik murshid sifatida shuhrat qozonadi. Bu holatga “G‘azal mulkining sultoni” (XX asrning taniqli shoirlaridan biri bo’lgan Maqsud Shayxzoda (1908 – 1967) o’z ijodida Alisher Navoiyga ana shunday ta’rif bergan.)Alisher Navoiy “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish”, – deya ta’rif beradi.4 Ahmad Yassaviy “Irshod va da’vat maqomi” ni olgach, Turkistonda o‘z tariqatiga asos soladi. Ushbu tariqat tasavvufdagi boshqa tariqatlardan odob va arkon jihatidan farq qilsada, tub mohiyati bir xil Alloh vasliga yetmoq edi. Ahmad Yassaviyning tariqatining barcha aqidalari asosiy asari bo‘lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan. “Devoni Hikmat” haqida fikr yuritganda shuni aytish o‘rinliki, bu kitobning yassaviya tariqtida tutgan o‘rni yuqori. Chunki, Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarni islom diniga yanada kengroq yaqinlashtirish va o‘zining tassavufiy g‘oyalarini xalq ko‘ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan imkon qadar foydalangan. Ana shu sababdan Ahmad Yassaviy o‘z fikrlarini she’rlar orqali ommaga singdirish maqsadida hikmatlarini yozadi va yakunda “Hikmat” devoni to‘planadi (O’z davrining yirik diniy yetakchisi bo’lgan Ahmad Yassaviy birinchi bo’lib o’sha paytda chig’atoy tilida o’z ko’rsatmalarini beradi. Bu esa yuqorida ta’kidlanganidek, “Devoni Hikmat”ning shu tilda dunyoga kelishini ta’minlagan edi).5 Ahmad Yassaviy nuqtai nazariga ko‘ra hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega hisoblangan. Manbalarga ko‘ra, Yassaviy shaxsan o‘zi “Devoni hikmat” nomi ostida biron kitobni yaratmagan. Ushbu odir kitob uning o‘z davridagi murid va izdoshlari tomonidan tartib berilib, to‘planib, bugungi kungacha saqlangan holatiga keltirilgan. Bu esa bevosita hikmatlar majmuasining Ahmad Yassaviyga borib taqalishini ko‘rsatadi. So‘fi Olloyor esa bu haqida: “Shariatda ul edi oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe”, deya o‘z tazkirasida aytib o‘tgan. “Devoni hikmat”da ilohiy ishq va haqiqiy oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy, eng muhimi oddiy xalq vakillari ham bemalol tushunadigan tilda bayon etilib, ta’sirli ohanglar bilan boyitilgani ham uning mavqeini
    oshiradi. Yassaviy hikmatlaridagi g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishlari uning izdoshlari tomonidan yaratilgan hikmatlarda ham o‘z aksini topgan. Bu esa ularning o‘z ustozlari izidan muqim tarzda borganliklarini ko‘rsatadi. Jumladan, Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror min amvoji bihor” asari ham Yassaviy hayoti, ijodi va tariqatiga doir ma’lumotlar bilan buni to‘la tasdiqlaydi. Demakki, Yassaviy tariqatidagi diniy mukammallik ham o‘ziga xos tarzda edi. “Devoni hikmat”da bayon etilgan she’riy hikmatli yo‘riqnomalar o‘z davri uchun yuksak ahamiyat kasb etgan. Uning she’rlari esa keying davr ijodkorlarining ham e’tiborida bo‘lib kelgan. XX asrning yirik jadid namoyandasi Abdurauf Fitratning ta’kidlashiga ko‘ra, Yassaviyning “adabiyotda tutgan yo‘li soda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir… Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar”dir. Yassaviy tariqatining asosiy manbai bo‘lgan “Devoni hikmat”da ilohiy ishq g‘oyasi va ma’rifiy, ma’naviy mazmun ilgari surilgan. Hikmatlar ma’no va mohiyat e’tibori bilan Qur’oni Karim va Muhammad (s.a.v.)ning hadislariga chuqur bog‘langan. Bu esa islom dining asosiy kitobi va Payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislaridagi ma’nolarni yanada xalq e’tiboriga yaqinlashtirishda katta o‘rin tutgan. Buguni kunda “Devoni hikmat”ning 20 dan ortiq nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institute jamg‘armasida saqlab kelinmoqda. Asar qo‘lyozmalaridan eng qadimgisi XVII asrga tegishli bo‘lib, bu Yassaviy vafotidan keyingi besh asr davomida uning hikmatlari xalq og‘zaki ijodida yashab, yassaviylik tariqatiga amal qiluvchilar tomonidan uzoq vaqt davomida saqlanganidan dalolatdir. Arslon Bob va Ahmad Yassaviyning ma’naviy merosi va tasavvufiy qarashlari keyingi asrlarda ham keng xalq ommasi, hatto hukmdorlar tomonidan yuksak baholangan.6 Xususan, Amir Temur tomonidan XIV asrda O‘trorda Arslon Bob qabri ustiga, Yassida Ahmad Yassaviy qabri ustiga mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan. Rivoyatlarda, Amir Temur Ahmad Yassaviy qabriga maqbara qurishni niyat qiladi. Lekin qancha harakat qilmasin, har kecha bino bir tarafdan yiqilardi. Shunda Sohibqironga bir kishi avval Arslon Bobga, so‘ngra shogirdi Ahmad Yassaviyning qabriga maqbara qurdirishi aytadi. Amir Temur Arslon Bob qabri ustiga maqbara qurdirganidan keyin 1389- 1395 yillarda Ahmad Yasaviy maqbarasini bunyod etishga kirishadi. Ammo, Amir Temur vafotidan so‘ng qurilish to‘xtab qolgan. Keyinchalik bino oldidagi ulkan peshtoq Buxoro hukmdori Abdullaxon II tomonidan tiklangan. Yassaviy merosi va tariqati keng va boyligi sabab xorijda ham unga qiziquvchi tadqiqotchilar ko‘p. L.Massignon, A.Arberri, M.Smitt, X.Kisling, F.Mayer, A.Shimmel, R.Xartman, F.Ko‘prulu, J.Trimingem, K.Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis kabilar shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda Rossiyada A.Krimskiy, I.Petrushevskiy, E.Bertels; O‘zbekistonda esa A.Fitrat, A.Sa’diy, E.Rustamov, B.Qosimov, I.Haqqulov, N.Hasanovlar tomonidan ham Ahmad Yassaviy ijodi va faoliyati chuqur tadqiq etilgan.7

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. И.Ҳаққул, Аҳмад Яссавий, Тошкент, Ғафур Ғулом, 2001
    2. Okutman Sezai Gunesh, Dokuz Eylul Universitesi Otrak Zorlunlu derslar turk dili bo‘lumi, Ahmet Yesevi ve Eseri Hakkinda, Buca Egitim fakultesi yanin organi, 1993
    3. Ислам – энциклопедический словарь, Москва, Наука, 1991
    4. Nadirhan HASAN, Arslan Bab ve Ahmed Yesevi, Tasavvuf ilmi ve akademik arastırma dergisi 24, 2009/2
    5. Dârâ Sukuh, Sefînetü’l-evliyâ, Leknev, 1862
    6. Hasan Hoca Nisârî, Müzekkir-i Ahbâb, Taskent Birunî Sarkiyyat Enstitüsü Ktp., nr. 4282, vr.
    7. Fuat Köprülü, Türk Edebiyatında Đlk Mutasavvıflar, Ankara: Diyanet Đsleri Baskanlığı, 1991
    8. Э.Рустамов, Ахмад Яссавий хикматларида тарих ва хаёт садоси, Ўзбек тили ва адабиёти журнали, 1972, № 4-5
    9. А.Fitrat, Ahmad Yassaviy: Tanlangan asarlar (nashr. tayyorl. H.Boltaboyev), 2-jild, Tошкент,
    Ma’naviyat, 2000


    1 И.Ҳаққул, Аҳмад Яссавий, Тошкент, Ғафур Ғулом, 2001

    2 Okutman Sezai Gunesh, Dokuz Eylul Universitesi Otrak Zorlunlu derslar turk dili bo‘lumi, Ahmet Yesevi ve Eseri Hakkinda, Buca Egitim fakultesi yanin organi, 1993



    3 Ислам – энциклопедический словарь, Москва, Наука, 1991

    4 Nadirhan HASAN, Arslan Bab ve Ahmed Yesevi, Tasavvuf ilmi ve akademik arastırma dergisi 24, 2009/2



    5 Dârâ Sukuh, Sefînetü’l-evliyâ, Leknev, 1862

    6 Hasan Hoca Nisârî, Müzekkir-i Ahbâb, Taskent Birunî Sarkiyyat Enstitüsü Ktp., nr. 4282, vr.



    7 Fuat Köprülü, Türk Edebiyatında Đlk Mutasavvıflar, Ankara: Diyanet Đsler

    Download 28,35 Kb.




    Download 28,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ahmad Yassaviy ma‘naviy merosi va yassaviya talimoti Духовное наследие Ахмада Яссави и учение Яссави Ahmad Yassavi's spiritual heritage and teachings of Yassav

    Download 28,35 Kb.