|
Yangi forma yaratish -formaga komponentlar qo`shish -kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish -formani ishga tushirish
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 217,78 Kb. | | #103559 |
Bog'liq Forma yaratish
Forma yaratish
Bugungi darsimiz orqali esa, biz sizlar bilan quyidagilarni o'rganamiz:
-Yangi forma yaratish
-Formaga komponentlar qo`shish
-Kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish
-Formani ishga tushirish
Kelinglar bir boshdan boshlaymiz. Avvalgi darsda aytilganide bizga Visual Studio dasturi kerak bo`ladi.
Visual Studio dasturini ishga tushiramiz
“Create a new project” bo`limi tanalandi
Search for templates bo`limiga winforms deb yozamiz va ENTER ni bosamiz.
5. Dasturlash tillari orasidan C# ni tanlaymiz.
6. Template(andoza)lar orasidan Windows Forms App (.NET Framework) ni tanlaymiz.
Configure your new Project menyusi ochiladi va biz endi yaratmoqshi bo`lgan dasturimiz nomini Project name bandiga yozamiz. Tayyor endi Create tugmasini bosamiz .
Bundan tashqari siz ushbu bo`limda dastur qayerda saqlanishi kerakligini ham kiritib ketishingiz mumkin. Buning uchun Location qismidagi ... (uch nuqta) ustiga bosib hotiradagi kerakli joyni tanlab qo`yasi.
O`zi aslida Visual Studio sizga Form1[Design] loyiha qismini ochib beradi lekin agarda sizda ochilmasa Solution Explorer dan Form1 ni topib ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosamiz (keyingi o`rinlarda ushbu jarayon double-click deb yuritiladi).
Visual Studioda Windows Form ko'rinishidagi dasturlarni yaratishda e'tiborimizni qaratishimiz zarur bo'lgan asosiy 4 ta qism to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
1 Solution Explorer Yaratilgan loyihaning qismlari, fayllari, kodlari, resurs(manba)lari shu oynada ko`rinib turadi.
2 Properties (xususiyatlar) Bu oynda tanlangan elementning xususiyatlarini sozlash mumkin bo`ladi. Misol uchun, Solution Explorer dan biror bir dastur qismi yoki faylni tanlasangiz ushbu qism uchun mavjud bo`lgan xusuyitalarni sozlash mumkin bo`ladi. Bundan tashqari Forma va unga tashlangan komponentlarni ham xususiyatlarini o`zgartirish mumkin.
3 Form Designer (forma dizayn qismi) Formaning dizyan qismi bu yerga Toolbox dan komponentlarni tashlashingiz va joylashtirishingiz mumkin. Bu orqali foydalanuvchi uchun qulay va chiroyli bo`lgan foydalanuvchi interfeysi (user interface - UI) tayyorlaysiz.
4 Toolbox Bu yerdan dasturingiz uchun kontroller(komponentlar) ni olishingiz mumkin. Buning uchun kerakli komponent ustiga ikki marta bosiladi yoki komponentni tanlab surib olib o`tsa ham bo`ladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yangi forma yaratish -formaga komponentlar qo`shish -kontrollerlarga event (hodisa) orqali funksiya berish -formani ishga tushirish
|