• Kalit so’zlar
  • Key words
  • Ключевые слова
  • Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari




    Download 249,5 Kb.
    bet3/21
    Sana23.05.2024
    Hajmi249,5 Kb.
    #251051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja Kirish

    Tanlangan tadqiqot obyekti.
    Tajriba-sinov ishlari uchun -sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich ........sinflarini tanlab olindi.

    BOLALARNING DIOLOGIK NUTQINI SHAKILLANTIRISH OMILLARI
    Sharof Rashidov nomidagi SamDU
    Maktabgacha ta'lim yo’nalishi
    3-bosqich talabasi Xusanova Adolat
    Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning diologik nutqini shakillantirish omillariga bag’ishlangan. Unda diologik nutq nima ekanligi va bolalar diologik nutqini shakillantirish asoslari yoritilgan
    Kalit so’zlar: diologik nutq, bola, replika, birinchi shaxs, ikkinchi shaxs, savol-javob, so’zlovchi, tinglovchi.
    Abstract: This article is devoted to the factors of formation of dialogical speech of preschool children. It explains what dialogic speech is and the basics of children's dialogic speech formation
    Key words: dialogue speech, child, replica, first person, second person, question-answer, speaker, listener.
    Аннотация: Данная статья посвящена факторам формирования диалогической речи дошкольников. Объясняет, что такое диалогическая речь и основы формирования диалогической речи детей.
    Ключевые слова: диалогическая речь, ребенок, реплика, первое лицо, второе лицо, вопрос-ответ, говорящий, слушающий.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini o’stirish diologik nutq asosida shakillantiriladi. Dialog so’zi “grek” tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq) ma’nosini anglatadi. Diologik nutq ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakillaridan biri hisoblanadi. U og`zaki nutqning eng keng tarqalgan turi sanaladi. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin. So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat qilish replikasi mavjud. II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang bilan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`u tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqqatini tez tortadi. Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllari diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.
    Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar dialogik nutqni rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va immitatsiya metodi asosida olib boriladi. Ushbu metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
    Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
    Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
    Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya’ni bolada dastlab nutq ko’nikmasini oshirish maqsadida kichik guruhdan boshlab tarbiyachi bolani nutq jarayoniga tortadi. Bola ertalab qabul qilingandan so’ng undan o’zi nimalar bilan shug’ullanganganligi, kim bilan bu yerga kelganligi, nimalarni ko’rganligi qanday o’yinlarni yoqtirishi kabi mavzularda savol-javoblar amalga oshiriladi. Bu bolanining savol-javob ko’nikmasi asosida diologik nutqini oshirishga asos bo’ladi. Umuman olganda, har bir tilda gapirishni o’rganish diologik nutq asosida amalga oshadi.
    Talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish diologik nutqda muhim sanaladi. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2–2,5 oydan boshlab kichkintoy dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Bu uning harakatlari og’zini kattalarga taqlid asosida qimirlatishi uning diologik nutqini shakillantirish boshlang’ich shakillantiriladi.
    Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida asosan keng tarqalgan diologik nutq usuli bu “Savol-javob” diologidir. Bunda nafaqat bolalar o’rtasida balki tarbiyachi va bolalar o’rtasida shakillantiriladi. Dastlab diologik nutq ildizlari oilada shakllantiriladi. Har bir oila a’zosi bolalar bilan diologik nutq asosida suhbat qiladi.
    Umumiy olganda maktabgacha yoshdagi bolalar diologik nutqini rivojlantirish omillarini barchasi atrof-muhitdagi insonlar bilan birgalikda malga oshiriladi. Asosan bu paytda bola kattalar nutqiga tushunmasa o’z tengdoshlari bilan nutq jarayonini amalga oshiradi. Albatta sog’lom rivojlanayotgan har qanday bolada diologik nutq shakillanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifasi esa uni shakillantirib shu orqali bolaning so’zalashni va bora bora katta maktab yoshga yetganda diologik nutq asosida bolaning monologik nutqini rivojlantirish asosiy vazifasi sanaladi. Zero manologik nutq diologik nutq asosida amalga oshadi.
    Xulosa qilib aytadigan bo’lsak maktabgacha yoshdagi bolalar diologik nutqini shakillantirish eng muhimi uning atrof-muhit tengdoshlari bilan muomilada bo’lishini taminlash bilan bir qatorda biror bir yangi narsani o’rganishi uchun asos bo’lib ham xizmat qiladi.

    Download 249,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 249,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarni diologik nutqini shakllantirish omillari Reja: Kirish I bob kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari

    Download 249,5 Kb.