• Bajardi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika yo‘nalishi




    Download 5,53 Mb.
    bet1/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi5,53 Mb.
    #230011
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Iroda BMI


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    MATEMATIKA-INFORMATIKA YO‘NALISHI

    Informatika” kafedrasi



    BITIRUV MALAKAVIY
    ISHI


    Mavzu: Pyton dasturlash tilida modullar bilan ishlash
    Bajardi: “Matematika-informatika” ta’lim
    yo‘nalishi 4-G guruh talabasi Tongotarova I.
    Ilmiy raxbar: o‘qt. Jo‘rakulov T. T.

    Navoiy-2024


    MUNDARIJA


    I-BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI VA UNDA PYTHON DASTURLASH TILINING AHAMIYATI 7
    1.1.Dasturlash texnologiyasi 7
    1.2. Python dasturlash tilining yaratilish tarixi 12
    1.3 Python dasturlash tilida turli jarayonlarni dasturlash 16
    II-BOB. PYTHON DASTURLASH TILIDA MODULLAR 29
    2.1. Python dasturlash tilining standart modullaridan foydalanish 29
    1-masala 30
    2-masala 30
    3-masala 31
    4-masala 32
    5-masala 33
    6-masala 33
    7-masala 34
    math MODULI 40
    2.3. Python dasturlash tilida modullardan foydalanish samaradorligi 43
    XULOSA 47
    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 48


    KIRISH
    Insoniyat XXI asrga qadam qo‘ydi. Yangi asr o‘z navbatida jamiyatimiz oldiga muhim masalalarni hal qilish vazifasini yuklamoqda. Belgilangan vazifalarni hal qilish har bir fuqaroning bu jarayonda shaxsiy ishtirokiga, ijodiy mas’uliyatli munosabatiga hamda manfaatdorligiga bevosita bog‘liq.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabr sanasida PF – 5847 sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Aynan shu konsepsiyada O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ta’kidlangan. [1]
    “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida Respublikamizda butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga kirishildi [2, 3]. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etildi. Yurtimizda yetishib kelayotgan barkamol avlodni voyaga yetkazish eng avvalo maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy ta’lim maskanlarida o‘qitishning samarali natijalariga erishish maqsadida ta’lim sohasiga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko‘lamda tatbiq qilinmoqda.
    Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi.
    Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
     O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;
     Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;
     Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;
     Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;
     Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;
     Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;
     Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin;
     Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi;
     GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo‘llab quvvatlaydi;
     Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi;
     Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi;
     Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun bytekodga to‘planishi mumkin;
     Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
    Ushbu bitiruv malakaviy ish ikkita bobdan iborat bo‘lib, mavzular dastuiriy ta’minotni yaratish bosqichlariga qat’iy rioya qilingan holda va python dasturlash tili va python dasturlash tilida modullar bilan qanday ishlash bo‘yicha ma’lumotlar va yo‘riqnomalar joylashtirilgan.

    Download 5,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 5,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika yo‘nalishi

    Download 5,53 Mb.