Global muammolar umumbashariy




Download 92.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2023
Hajmi92.71 Kb.
#48897
Bog'liq
Global muammolar - Vikipediya
1-25 бетгача Искандаров, Hfx exam, 123, 2-ameliy VI (qq), Fizikadan ekspert xulosasi. 6.1, Ven diagramması, BEST PRACTICE MANUAL HVAC CHILLERS, Kitob 3241 uzsmart.uz, Inklyuziv talim siyosati, Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org, A1 yenı sözlükler, FIZIKAVIY (OBYEKTIV) FOTOMETRIYA, cho\'g\'lanma chiroq tuzilishi, 7 - Mavzu (1)


Global muammolar
Global muammolar — umumbashariy
hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi
zamon muammolari. Ular jumlasiga
jahon termoyadro urushining oldini olish,
xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va
barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash;
rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf
etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda
aholining tez surʼatlar bilan
koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof
muhit halokatli tarzda ifloslanib
borayotganligining oldini olish; insoniyatni
kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat
xom ashyosi, energiya manbalari bilan
taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti
salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl
qoʻymaslik kabilar kiradi. Global
muammolar avvalo jahonda kechayetgan
iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-
texnologik, ijtimoiy-madaniy
jarayonlarning umumbashariy ahamiyat
kasb etishi natijasida yuzaga keldi.


Global muammolarlarni 4 guruxga
ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy
munosabatlarda vujudga kelgan global
muammolar — jahonda rivojlangan,
rivojlanib kelayotgan va qoloq
mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda
jahon siyosiy tartibotini belgilashda
dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning
mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan
qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut
gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan
mamlakatlarda demokratik qadriyatlar
rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda
avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan
ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro
xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi.
Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari


vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro
iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n
global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi
vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror
topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari
rivojlangan mamlakatlar, transnatsional
korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini
boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi
tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda
ham past darajadagi mamlakatlar
mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga
qaramasdan boy va kambagal
mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib
bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan
mamlakatlar jahon yalpi milliy


mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan
boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni
ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar
rivojlangan davlatlardan juda katta
miqdorda qarzga botdi. Natijada ular
siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada,
iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-
sodiy munosabatlaridagi globalla-
shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud.
Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi,
ishsizlikni, fermerlarning sinishini
kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi
harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning
bir necha shaharlarida norozilik
namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy
jarayonlar jahon miqyosida harakat


qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat
guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy
sohada vujudga kelgan global
muammolar — jahon aholisi muttasil
koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika
mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv
tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa
mamlakatlarda ham kuzatilayotgani,
jahon aholisining muayyan qismi
ocharchilikni boshdan kechirayotgani,
savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va
umuman fan-texnika inqilobi
samaralaridan bahramand emasligi,
butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi
kasalliklar (mas, OITS) tez
tarqalayotganligi shunday muammolar
sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat


oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi
natijasida vujudga kelgan global
muammolar — ular katoriga dengiz va
suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon
maydonlarining tobora qisqarishi,
atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib
borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy
moddalarning haddan tashqari koʻp
ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida
ekin ekiladigan yerlarning katta qismi
yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi.
Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida
texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida
Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul
ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Global muammolarga qarshi kurashda
jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim


ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz
asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda
soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda
global muammolarning kelib chiqish
sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini
koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish
xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni
taʼminlashning muhim sharti ekanligiga
jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Karimov I., Oʻzbekistan XXI asr
boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari, Toshkent, 1997.
Adabiyotlar


Shaxnazarov G., Kuda idyot
chelovechestvo, Moskva, 1985.
Otaboyev Sh., Nabiyev M., Inson va
biosfera, Toshkent, 1995; Sanginov S,
Filosofskiy analiz modelirovaniya
globalnix protsessov, Toshkent, 1996.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Global_muammolar&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Bu sahifa oxirgi marta 20-Dekabr 2022, 03:18 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Global_muammolar&oldid=3505
542" dan olindi

Download 92.71 Kb.




Download 92.71 Kb.
Pdf ko'rish