• Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi fizika fani kata o`qituvchisi : J.X Razaqov
  • Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning




    Download 34.5 Kb.
    Sana11.05.2023
    Hajmi34.5 Kb.
    #58455
    Bog'liq
    Fizikadan ekspert xulosasi. 6.1
    1-25 бетгача Искандаров, Hfx exam, 123, 2-ameliy VI (qq), Global muammolar - Vikipediya, Ven diagramması, BEST PRACTICE MANUAL HVAC CHILLERS, Kitob 3241 uzsmart.uz, Inklyuziv talim siyosati, Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org, A1 yenı sözlükler, FIZIKAVIY (OBYEKTIV) FOTOMETRIYA, cho\'g\'lanma chiroq tuzilishi, 7 - Mavzu (1)

    Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi doirasida “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha tayyorlangan “Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish" o‘quv kursiga ekspert
    XULOSASI
    Ushbu ishchi o‘quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son hamda 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
    “Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish” o‘quv kursining ishchi o‘quv dasturi Z.R Xamidova, Z. X Shukurova va J. X Razaqovlar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari fizika fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
    Dasturga kiritilgan mavzular fizika fani o‘qituvchilarining yuqori kasbiy salohiyatga ega bo‘lishlariga asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni, fizika fani o‘qituvchilari ushbu dasturdagi mavzularni o‘zlashtirish fizika fanidan baholash bo‘yicha ilg’or xorijiy tajribalar va yangicha yondashuvlar, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarinini baholashga innovatsion yondashuv - ta’lim sifatini baholashda ilg‘or tajribalardan foydalanish, Ta’lim sifatini aniqlovchi halqaro dasturlar, baholash usullari, mеzonlari, o‘quvchilar bilimini baholashning ahamiyati va unga qo‘yilgan talablar, o‘quvchilarning bilimi, o‘quv-ko‘nikmalarini tekshirish va baholashning me’zonlari, tamoyillari, mexanizmi, afzallik hamda kamchiliklari hamda baholashning formativ (joriy) va summativ (oraliq) baholash turlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
    Fizika fanidan o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha test topshiriqlari tuzish metodikasi, topshiriqlarni baholash turlari va mezonlari, variativ topshiriqlar tuzish va nazorat ishlari mazmuni bo‘yicha ko‘rsatmalar, variativ nazorat ishlari namunasi tahlilini ko‘rib chiqadi. STesting platformasi imkoniyatlari, STesting platformasi orqali o‘quvchilarni xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS tadqiqotlari doirasida berilayotgan savol va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rishi, fizika fanidan bilim darajasini baholashning milliy test tizimi test topshiriqlarini yechish ko‘nikmasini shakllantirish usullari, hamda fizika fani bo‘yicha darslar samarali bo‘lishi uchun pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
    Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi doirasida “Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha tayyorlangan “Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish” o‘quv kursi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirirshga yo‘naltirilgan malaka talablariga javob beradi va uni nashr etishga tavsiya etiladi.
    Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM
    Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi
    fizika fani kata o`qituvchisi : J.X Razaqov
    Download 34.5 Kb.




    Download 34.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning

    Download 34.5 Kb.