Mavzu: Inklyuziv talim siyosati Inklyuziv taʼlim




Download 51.79 Kb.
bet1/5
Sana12.07.2023
Hajmi51.79 Kb.
#76628
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Inklyuziv talim siyosati
1-25 бетгача Искандаров, Hfx exam, 123, 2-ameliy VI (qq), Global muammolar - Vikipediya, Fizikadan ekspert xulosasi. 6.1, Ven diagramması, BEST PRACTICE MANUAL HVAC CHILLERS, Kitob 3241 uzsmart.uz, Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org, A1 yenı sözlükler, FIZIKAVIY (OBYEKTIV) FOTOMETRIYA, cho\'g\'lanma chiroq tuzilishi, 7 - Mavzu (1)

Mavzu: Inklyuziv talim siyosati
Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. Inklyuziv taʼlim atamasi fransuzcha inclusif soʻzidan olingan boʻlib oʻz ichiga oladi degan maʼnoni anglatadiAtamaning kelib chiqishi
"Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
„Inklyuziv“ va „integratsiyalashgan“ atamalari koʻpincha bir xil maʼnoda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada bu tushunchalar orasida farq bor[1].Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qoʻyilgan birinchi qadamdir.Integratsiyalashgan taʼlim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga
qatnash jarayonidir.Integratsiyalashgan taʼlimda bolaga muammo sifatida qaraladi.
Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va koʻnikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi[2]. Inklyuziy taʼlim-alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv taʼlimni Oʻzbekiston taʼlim tizimiga kiritish masalalari bilan shugʻullanadi. Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga sifatli taʼlim taqdim etish. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega boʻlishlari uchun oilada yashashlari va oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi, oʻzlashtirishda qiynalayotgan boʻlsa, oʻqish va yozishga oʻrganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qoʻygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi.Taʼlim toʻgʻrisidagi qonundagi maʼlumot
19-may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uygʻunlashgan) taʼlim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qnunn qabul qildi. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha tahlil oʻtkazdi. Qonunning 20-moddasi olish imkoniyatini yaratadi.
Qonunning 20- moddadasida Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etiladi. Inklyuziv taʼlimni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.
„Inklyuziv taʼlim“ bu taʼrifni oʻz ichiga olmaydi. Unda faqatgina „inklyuziv taʼlim barcha bolalarga, taʼlim olish chogʻida oʻziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda boʻlish“ haqida soʻz boradi. Oʻzbekistondagi inklyuziv taʼlim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Nam, nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish ustuvor boʻlishi kerakligini aytgan „Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda oʻqishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur. Taʼlim muassasasini tanlash huquqi bolalarning oʻzida va ularning ota-onasida qonuniy vakillarida qolishi kerak“, deya taʼkidlaydi Galina Nam
„Mutaxassislar“ oʻz tavsiyalari bilan nogironligi boʻlgan bolalarning taʼlim olishning qay bir shaklida oʻqishlari qaroriga taʼsir oʻtkazadilar. Oʻzbekistonning ijtimoiy va madaniy yoʻnalishdagi tajribasi shuni koʻrsatadiki, institutsional vakolatga ega boʻlgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega boʻlib, maslahat emas, imperativ xususiyat bildiradi. Bu nogiron bolaning qayerda oʻqishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda shubha qoldirmaydi. Shuningdek, qonun va uning moddalarini Oʻzbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib oʻqish lozim", — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog’lom bolalar o’qiydigan umumta’lim maktablarida ham ta’lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e’tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o’qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta’lim tizimiga tayyor bo’lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o’qishga imkon omillari shu ta’lim talablariga to’la javob berishi kerak. “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” sohasi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni qo’llab-quvvatlash uchun nafaqat aniq individga, ma’lum bir guruhga, balki jamiyat va davlat uchun zarur va muhim hisoblanadi. Shuningdek, “Ijtimoiy ish” sohasi jamoatchilik amortizatori rolini bajaradi, ijtimoiy himoyaga muhtoj axoli uchun tanglikni oldini olish va osoyishtalikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlashda muhim ahamiyat ega.
«Inklyuziv ta’lim nazariyasi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv dastur beshta bo’limdan iborat bo’lib, u o’z tarkibiga inklyuziv ta’limni fan va o’quv predmeti sifatida o’rganib, O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi inklyuziv ta’limning nazariy uslubiy jihatlarini tahlil etadi, shuningdek, ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish, ijtimoiy ishning texnologiyasi va samaradorligi (nazariy metodologik aspekti) va boshqa bir qator masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsadi «Ijtimoiy ish» sohasi bakalavr talabalarda ijtimoiy ish asoslari, uning tushunchasi, paydo bo’lish tarixi va metodlari, qonuniyatlari hamda asosiy tamoyillarini rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlar bilan takomillashtirishdan iborat.
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fani o’qitilishi davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fan sifatida rivojlanishi bo’yicha chet el hamda mahalliy tajribani o’zlashtirish; inklyuziv ta’liming insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko’rsatish texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o’rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy dastur va o’quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o’rganish; ijtimoiy ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish.
- Talabalar “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” faniga doir zarur nazariy bilimlarga, malaka va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi, inklyuziv ta’lim nazariyasining fan sifatida paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, mazkur sohaga doir zamonaviy fanlarning samarali yondashuvlarini joriy qilishni;
- ijtimoiy ish fanining nazariy jihatdan shakllanishi, fanga doir bo’lgan mahalliy va xorijiy tamoyillar haqida egallangan nazariy bilimni amaliy jihatdan kasbiy faoliyatda qo’llashni;
- ijtimoiy faoliyatni tashkil qilishda ilmiy ijodiy va uslubiy jihatlarni bilishni, tadqiqot o’tkazish metodlarini amaliyotga tadbiq etish haqida tasavvurga ega bo’lishni;
- amaliy tavsiyalar, hisobotlar tuzishni hamda amaliyotda ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qo’llashni;
- zamonaviy axborot va boshqa texnologiyalarni amaliy jihatdan qo’llashni;
- nazariyada egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olishi va tahlil qilishni;
- muassasalarda ijtimoiy ish faoliyatini tashkillashtirishni;
-o’quv-tarbiyaviy, ilmiy-tekshirish ishlarining olib borilishi jarayonlarida kerakli zamonaviy vositalardan foydalana bilish tajribasi hamda malakalariga ega bo’lishi zarur.
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, o’quv yilining VIII-semestrda o’qitiladi. Fan aniq strukturaga ega bo’lib, u o’zida ijtimoiy ish nazariyasining ilmiy mavqe’ini shakllanishi, uning boshqa fan sohalari tizimidagi o’rni va roli, ijtimoiy ish nazariyasining konseptual asoslari, ijtimoiy ish sohasidagi bilimlarning strukturasi va dinamikasi; inklyuziv ta’lim metodologiyasi va texnologiyasini o’zida qamrab olgan. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan falsafa, sosiologiya, psixologiya, konfliktologiya kabi ilm sohalari haqida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.

Download 51.79 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 51.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Inklyuziv talim siyosati Inklyuziv taʼlim

Download 51.79 Kb.