|
Mavzu: korxonaning umumiy va ishlab chiqarish
|
Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 33,36 Kb. | | #149553 |
Bog'liq 2-Ma\'ruza
2-MA’RUZA.
MAVZU: KORXONANING UMUMIY VA ISHLAB CHIQARISH
TUZILMALARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tuzilmasi tushunchasi.
2. Ishlab chiqarish tuzilmasining turlari.
3. Tashkiliy jihatdan ishlab chiqarish turlari.
4. Ishlab chiqarish tuzilmasining takomillashtirish yo‘llari.
5. Korxonaning bosh rejasi.
6. Xulosalar.
Tayanch iboralar:
Maqsadga muvofiq ish, mehnat predmeti, mehnat qurollari, qo‘shimcha tsexlar, qayta ishlovchi tsexlar, galьvanik tsexlar, modelь tsexi, keng iste’mol qilinadigan mollarni ishlab chiqaradigan tsex, briketlar (presslalab, g‘ishtga o‘xshatib tayyorlangan narsa), konservalamoq, ko‘rgazmali (predmetli), texnologik, aralashtirilgan (omixta), ayrim, seriyali, ommabop, ratsionallashtirish, yiriklashtirish, asosiy (bosh) reja, aloqa (kommunikatsiya), injenerlik tarmog‘i, aniqlik, qaytish oqimi, tsex bloki, ulьtrotovush, qizdirib ishlov berish.
1.Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tuzilmasi tushunchasi
Ishlab chiqarish – bu jamiyat yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarni yaratish jarayonidir qo‘yidagi uch jihatni ko‘zda tutadigan mehnat faoliyati ishlab chiqarish mazmunini belgilaydi:
1. Maqsadga muvofiq ish yoki mehnatning o‘zi.
2. Mehnat buyumlari, ya’ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati yo‘naltirgan har bir narsa.
3. Mehnat vositalari (qurollari) – inson, mehnat buyumlarini o‘z ehtiyojlarini qondirishga moslashtirib o‘zgartirishiga yordam beruvchi mashinalar, jihozlar, asbob- uskunalar Har bir sanoat korxonasi ishchilar va ular oila a’zolarining talablarini qondirishga undaydigan tsexlardan, uchastkalardan, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan, boshqaruv, tashkilot va muassasalardan iborat.
Ishlab chiqarish bo‘linmalari kompleksi, korxonani boshqarish va ishchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotlar, o‘zaro aloqalar kattaligi va egalagan maydoni bo‘yicha ular orasidagi nisbiy bog‘lanish, ishchilar soni va o‘tkazuvchanlik qobiliyati hammasi birgalikda. Korxona (birlashma)ning umumiy tuzilmasini anglatadi. Korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari – tsexlar, uchastkalar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar va xizmatlar (ishlab chiqarish jarayoniga bevosita yoki bilvosita ishtiroq etuvchilar), ular orasidagi aloqalar hammasi birgalikda. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etadilar. Bular mehnat unumdorligi darajasini «Moddiy ishlab chiqarishda», berilgan texnik-iqtisodiy va iqtisodiy geografik sharoitda tabiiy boyliklardan va texnikadan samarali foydalanishni, ishlab chiqarish xarajatlarini oldindan belgilaydi. Korxona ishlab chiqarish tuzilmasini oqilona (to‘g‘ri) tuzish qo‘yidagi tartibda bajariladi:
- korxona tsexlari tarkibi, ularning mahsulot chiqarish vazifasini bajarishni ta’minlaydigan quvvatini belgilaydilar;
- har bir tsex va omborxonalar uchun maydonlar hisoblanadi, ularning korxona bosh rejasida fazaviy joylanishi aniqlanadi;
- korxona ichidagi hamma transport aloqalari, ularning umumkorxona (korxona uchun tashqi) yo‘llar bilan o‘zaro ta’siri rejalashtiriladi;
- ishlab chiqarish jarayoni yo‘nalishi bo‘yicha mehnat buyumlarining tsexlararo siljishining eng qisqa yo‘li belgilanadi. Ishlab chiqarish bo‘limlariga – korxonada, ishlab chiqariladigan asosiy mahsulotlarni, chetdan olinadigan butlovchi buyumlarni, materiallar va yarim tayyor, mahsulotlarni, ekspluatatsiya jarayonida ta’mirlash uchun ishlatiladigan ehtiyot qismlarni tayyorlaydigan, nazorat tekshiruvi hamda sinashni o‘tkazadigan tsexlar, uchastkalar, tajribaxonalar kiradi, texnologik maqsadlar uchun har xil turdagi energiyalar ishlab chiqaradi.
Ishchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarga uy-joy va kommunal bo‘limlar, oshxonalar, bufetlar, bolalar yaslilari va bog‘chalari, sihatgohlar,davolash maskanlari, dam olish uylari, profilaktoriyalar, tibbiy qism (punkt)lar sport jamiyatlari, ishchi hamda muhandis-texnik xodimlarning ishlab chiqarish malakasini oshirish, madaniy darajasini ko‘tarish bilan shug‘ullanuvchi texnik o‘quv bo‘limlar va o‘quv yurtlari kiradi.
Asosiy tsexlarda realizatsiya uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha jarayonlar bajariladi.
Asosiy tsexlar – tayyorlovchi, ishlov beruvchi va yig‘uvchilarga bo‘linadilar. Tayyorlovchilarga – quyuvchi, chelangar-tag‘malovchi, chelangar-presslovchi tsexlar kiradi. Ishlov beruvchilarga – mexanik ishlov beruvchi, yog‘ochga ishlov beruvchi, issiqliq, golьvanik tsexlar, detallarni bo‘yoq-lakli himoya va dekarativ qoplash jarayonlarini bajaruvchi tsexlar kiradi. Yig‘uvchilarga – mahsulotlarni agregatli va so‘nggi (oxirgi) yig‘uv ularni bo‘yash, ehtiyoj qismlar va ajratish jihozlari bilan butlovchi tsexlari kiradi.
Yordamchi tsexlarga asbob uskunalar, nostandart jihozlar, namunaviy, ta’mirlov, energetik, transport tsexlari kiradi. Qo‘shimcha va ko‘makchi tsexlar ham bor. Bularga chiqindilarni qayta ishlash tsexlari keng iste’mol mollari tayyorlash tsexlari, mahsulotlarni urash va joylash idishlarini tayyorlovchi tsexlar, tayyor mahsulotlarni ortish, jo‘natish tsexlari kiradi.
2.Ishlab chiqarish tuzilmasining turlari
Sanoat korxonalarida uch turdagi ishlab chiqarish tuzilmasi mavjud: buyumli, texnologik va aralash (buyumli-texnologik).
Buyumli tuzilmada korxonaning asosiy tsexlari, ishlab chiqarish maydonlari har biri tayyorlaydigan ma’lum mahsulot yoki uning qaysi bir qismlari, detallar guruhi belgisi bo‘yicha saralanadilar. Buyumli tuzilma asosan katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarish zavodlarning mexanik-yig‘uv va yig‘uv tsexlarida qo‘llaniladi. Avtomobilь zavodidagi dvigatelь, shassi, kuzov tayyorlaydigan tsexlar; stanok quruvchi zavodlaridagi stanin tayyorlovchi, shinndellar, vallar, korpus qismlari tayyorlovchi tsexlar, poyafzal fabrikasida – rangli poyavzal tsexlari buyumli tuzilmaga misol bo‘lib
xizmat qiladi. Buyum tuzilmasi katta afzallikka ega. U tsexlar orasidagi o‘zaro ishlab chiqarish aloqa shakllarini soddalashtiradi va chegaralaydi, detallar siljishi yo‘lini qisqartadi, tsex va tsexlararo transportni soddalashtiradi va arzonlashtiradi, ishlab chiqarish tsiklining cho‘ziluvchanligini kamaytiradi, ishchilarning ish sifati uchun ma’suliyatini
oshiradi.
Buyum tuzilmasi tsexlarda jihozlarni texnologik jarayonning yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirishga, yuqori unumdor stanoklar, asbob-uskunalar, moslamalar ishlatishga imkon beradi. Bularning barchasi mahsulot chiqarishni oshirishni, mehnat unumdorligini ko‘tarishni va mahsulot tannarxini pasaytirishni ta’minlaydi.
Texnologik tuzilma g‘oyat aniq texnologik maxsuslikni taqozo etadi. Masalan, quyish, chelongarlik, mexanik, yig‘uv tsexlari mavjudligi. Ishlab chiqarishning bu tur tuzilmasi tsex boshqaruvini soddalashtiradi, odamlarni joyjoyga qo‘yishda ustalik qilish imkonini beradi, ishlab chiqarishni bir tur mahsulot chiqarishdan ikkinchi turga o‘tish uchun qayta sozlashni yengillashtiradi. Kamchiliklariga qo‘yidagilar kiradi: mahsulotlarning siljishida qarama-qarshi yo‘nalish paydo bo‘lishi; tsexlar o‘zaro ishlab chiqarish aloqalarining murakkablashishi, jihozlarni qayta moslashda ko‘p vaqt sarflanishi, yuqori-unumdor maxsus dastgohlar, asbob-uskunalar, moslamalar qo‘llash imkoniyatining chegaralanishi. Bularning hammasi mehnat unumdorligining o‘sishi va mahsulot tannarxini pasayishiga to‘sqinlik qiladi. Aralash (buyum-texnologik) tuzilma bir mashinasozlik zavodning o‘zida ham predmet, ham texnologik tamoilda tashkil etilgan asosiy tsexlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, ko‘plab ishlab chiqarish mashinasozlik korxonalarida tayyorlov (quyish, chelongarlik, presslash) tsexlari odatda texnologik tamoyili asosida, mexanoyig‘uvchilari esa buyum tamoyili asosida tashkil etiladi.
Bu turdagi ishlab chiqarish korxonalari asosan mashinasozlik, yengil sanoat(poyafzal, tikuvchilik, mebelsozlik) va ba’zi boshqa sohalarda bo‘ladi.
Bunday korxonalar afzalligiga – tsexlar ichidagi tashish hajmini kichrayishi, mahsulot tayyorlashdagi ishlab chiqarish davrining qisqarishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi, jixozlar band bo‘lgan darajasining yuqoriligi, mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi kiradi.
3.Ishlab chiqarishni tashqil etish turlari
Ishlab chiqarishni tashkil etish turlari deganda, sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish xususiyatlari va texnik darajasini kompleks tavsifi tushuniladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish turlariga qator omillar ta’sir ko‘rsatadilar: tayyorlanadigan mahsulotlar nomenklaturasining murakkabligi va turg‘unligi; ixtisoslashish darajasi; ishlab chiqarishning ko‘lami; chiqarishning shartli miqdori va qaytarilishi. Ishlab chiqarishda
uchta asosiy tur mavjud: Yakka, ommaviy va seriyali. Yakka ishlab chiqarish, iste’moli cheklangan, nomnomasi (nomenklaturasi) o‘zgaruvchan, har xil donabay mahsulotlar chiqarishni ko‘zda tutadi.
Bu turdagi ishlab chiqarishning muhim hususiyatlari:
- chiqaraladigan mahsulotlarning ko‘p nomenklaturaligi (nomligi), ko‘pincha
takrorlanmasligi;
- texnologik ixtisoslashga qarab ish joylarini tashqil etish;
- ishchilarga detallar, qism va agregatlar, yig‘uv va montaj operatsiyalarning doimiy nomenklaturasini belgilab qo‘yish imkoniyati yo‘qligi;
- universal jihozlardan foydalanish va texnologik jihozlash mumkinligi;
- qo‘l yig‘im va yakunlov operatsiyalari hajmining ko‘pligi;
- ishlab chiqarish bilan mashg‘ul yuqori-malakali ishchi-universallar sonining ko‘pligi;
- ishlab chiqarish tsikl(davr)larining uzunligi (uzoqligi);
- tugatilmagan ishlab chiqarishning katta miqdori;
- tezkor-ishlab chiqarish rejalashni va ishlab chiqarish boshqaruvining
markazlashmaganligi;
- sifat nazorati jarayonini avtomatizatsiyalashning maqsadga muvofiq emasligi;
- mahsulot sifatini boshqarishda statistik usullarni qo‘llash imkoniyati yo‘qligi.
Ommaviy ishlab chiqarish uzoq muddat davomida chiqarilishi takrorlanadigan keng nomenklatura (nomnoma)li bir xil mahsulotni seriyalar bilan birdaniga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Seriya bilan deganda, reja davri davomida uzluksiz bir yo‘la yoki ketma-ket ishlab chiqarishga yuborib, tuzilishi bir xil bo‘lgan qator mahsulotlarni chiqarish tushuniladi. Ommaviy ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning asosiy xususiyatlarini:
- katta miqdorda takroran tayyorlanadigan mahsulotlar nomnomasi nomenklaturasining nisbiy kattaligining o‘zgarmasligi;
- bir necha operatsiyalarni bajarish uchun birkitilgan ish joylarining ixtisoslanishi;
- mahsulot tayyorlanishining seriyaliligi, detallarga partiya bilan ishlov berishning davriyligi;
- maxsus va ixtisoslangan jihozlar va texnologik jihozlanishning ustunligi;
- qo‘l yig‘ma va oxirlov operatsiyalarning kam hajmda mavjudligi;
- o‘rta malakali ishchilar sonining ko‘pligi;
- ishlab chiqarish tsikli (davri)ning uncha uzoq bo‘lmagani;
- ishlab chiqarishni tezroq rejalash va boshqaruvining markazlashishi;
- tayyorlanadigan mahsulotlar sifatini nazorat qilishning avtomatizatsiyalashtirilishi;
- mahsulot sifatini boshqaruvida statistik usulni qo‘llanilishi;
- detallar va mahsulotlarning tuzilishini unifikatsiya qilishi (soddalashtirish);
- texnologik jarayonlar va jihozlarni turlanishi.
Ommaviy ishlab chiqarishga samolyotsozlik va motorsozlik zavodlari misol bo‘la oladi. Seriyalarda bir yo‘la tayyorlanadigan mahsulotlarning soniga qarab mayda seriyali, o‘rta seriyali va katta seriyali ommaviy ishlab chiqarish bo‘ladi. Ko‘plab ishlab chiqarish, nomenklaturasi cheklangan, bir xil mahsulotlarni nisbatan uzoq muddat davomida uzluksiz ko‘p miqdorda tayyorlanishini anglatadi. Ko‘plab ishlab chiqarish – ishlab chiqarishni ixtisoslashning oliy shaklidir. Detallar, qismlar va agregatlarni ixtiro (konstruktsiya)lashda andozalashning yuqori darajasi bir xil shaklga kiritish (unifikatsiya) ko‘plab ishlab chiqarishning qat’iy shartidir.
Ko‘plab ishlab chiqarishga quyidagi xususiyatlar mansub:
- kichik nomenklaturali mahsulotlarni katta miqdorda chiqarishni jiddiy
belgilanganligi;
- bir operatsiyani bajarish berkitilgan ishchi o‘rnining ixtisoslanishi; ish o‘rinlarining operatsiyalar borishi tartibida joylanishi;
- maxsus va ixtisoslashgan jihozlar hamda texnologik jihozlanish solishtirma og‘irligi kattaligi;
- kompleksli-mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar foizining yuqoriligi;
- operatsiyalarning tayyorlov-yakunlov vaqtlarinng kamligi;
- qo‘lda yig‘ma va yakunlov ishlar xajmining keskin qisqarilishi, ish joyining yuqori darajada bandligi;
- har biri bir berkitilgan operatsiyani bajaruvchi, past malakali ishchilar mehnatidan foydalanishlik;
- ishlab chiqarish tsikli davomiyligining ko‘plab ishlab chiqarishga nisbatan
minimalligi;
- ishlab chiqarishni boshqarish va rejalashning markazlashganligi;
- ishlab chiqarishni masofali dispetcherlashtirishning uzluksizligi;
- korxona boshqaruv tizimini avtomatlashtirishni qo‘llanilishi (KBTA);
- mahsulot sifatga avtomatlashtirilgan nazoratining yuqori darajasi;
- mahsulot sifati boshqaruvida statistik usulni keng qo‘llanilishi.
Ishlab chiqarish turi korxona tuzilmasining shakllanishiga ishlab chiqarishda ixchamlashtirishni tashkil etish sharoiti talabi va mezoniniga sezilarli ta’sir etadi.
4.Ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish yo‘llari
Ishlab chiqarish tuzilmasiga qo‘yidagi omillar ta’sir etadi:
- korxonaning tarmoqli qaramligi - chiqaraladigan mahsulot nomnomasi
(nomenklaturasi), uning konstruktiv xususiyatlari, ko‘llaniladigan materiallar, tayyorlovni (zagotovka) va unga ishlov berish usullari;
- konstruktsiya oddiyligi va mahsulotning texnologiyaga moyilligi;
- mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar darajasi;
- ishlab chiqarish turi, uning ixtissoslashish va kooperatsiyalash darajasi;
- jihozlar tarkibi va texnologik jihozlanish –universal, maxsus, nostandart jihozlar, konveyerli yoki avtomatik uzatuvchi mexanizm (liniya)lar;
- jihozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning markazlashtirilganligi yoki markazdan chiqarilganligi, uni joriy ta’mirlash;
- ishlab chiqarishning o‘zgartirilgan yangi nomenklaturadagi mahsulot chiqarishga tezroq va kam nobudchilik bilan qayta moslashishga qobiliyatliligi;
- asosiy, yordamchi, ko‘maklovchi va boshqa tsexlarda ishlab chiqarish jarayonining xususiyati; Har xil tarmoqdagi korxonalarning ishlab chiqarish tuzilmasi asosiy ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqadigan o‘z xususiyatlariga ega.
Tuqimachilik fabrikalarida, ko‘pincha alohida ishlab chiqarish materiallarning birdaniga ixtisoslanishi bilan bo‘ladigan texnologik tuzilma ishlaydi. Ko‘pchilik fabrikalarda mato tayyorlashning hamma bosqichi mavjud – yigiruv, to‘qish, pardozlash. Bir qism fabrikalar bir yoki ikki pog‘onaga ixtisoslashadilar.
Ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘llari:
- korxona va tsexlarning yiriklashtirish;
- tsexlar va korxonalarning takomillashgan ko‘rishi tamoyillarini izlash va amalga oshirish;
- asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tsexlar orasidagi maqsadga muvofiq nisbatga rioya qilish;
- korxonada rejalashtirishni maqsadga muvofiqlashtirish bo‘yicha muntazam ishlash.
Korxona va tsexlarni yiriklashtirish yangi, yuqori unumdor texnikani keng miqyosda qo‘llash, texnologiyani muntazam takomillashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash imkonini beradi.
Asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi tsexlar orasidagi nisbatning maqsadga muvofiqligiga rioya qilish ishchilar soni, asosiy fondlar qiymati, maydoni kengligi bo‘yicha asosiy tsexlar taqqoslangan holda amalga oshirish lozim.
Tuzulish jihatidan korxona iqtisodiyoti alohida bo‘g‘inlar jamlamasi iqtisodidek shakllanishi kerak. Korxona tartibida kiruvchi (birlashmalar) bo‘g‘inlar mutanosibligi, birgalikda oxirgi mahsulot chiqarish bilan o‘zaro bog‘langan tsex va ishlab chiqarish maydonlari ishlab chiqarish quvvatining to‘g‘riligi (maqsadga muvofiqligi) bilan belgilanadi (baholanadi).
Kombinatsiyalashning rivoji xom-ashyo va materiallardan kompleks foydalanish, jonli va buyumlashgan mehnatni tejash, hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga olib keladi. Mahsulotning konstruktiv-texnologik bir turliligi ishlab chiqarishni ixtisoslashni chuqurlashtirish, oqimli liniyalarni va avtomatlashtirilgan mahsulot tayyorlashni tashkil etishda yaxshi sharoit yaratadi.
Korxonaning tsexlarsiz boshqaruvi uning hamma bo‘g‘inmalari boshqaruvining takomillashuvicha, xizmat qiluvchi va boshqaruv apparatining qisqarishiga va oqibatga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. To‘g‘ri tuzilgan, doimiy takomillashuvchi ishlab chiqarish tuzilmasi uni tashkil
etishga mos kelishuvini, korxonaning hamma tsexlari va xizmat qiluvchilarning mutanosibligini taqozo etadi va o‘z navbatida texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ixtisoslash va kooperatsiyalash darajasiga, ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligiga mahsulot tayyorlash va chiqarish bir maromda bo‘lishiga, mehnat unumdorligi o‘sishiga, mahsulot sifati yaxshilanishiga, mehnat material va moliyaviy resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5.Korxonaning bosh rejasi
Bosh reja – hududni rejaga solish va obodonlashtirish, binolar va inshootlar, transport aloqalari, muxandislik tarmoqlari, xo‘jalik va maishiy xizmat tizimini tashkil etish, hamda sanoat zonasida joylashgan korxona va hokazo masalalarni kompleks hal etishni o‘z ichiga olgan sanoat korxonasi loyihasining muhim qismlaridan bittasidir.
Bosh rejaga katta talablar qo‘yiladi, ularning asosiylari:
1. Ishlab chiqarish bo‘limlarining texnologik jarayon bo‘yicha qat’iy ravishda joylashuvi – xom-ashyo materiallar va yarimtayyor mahsulotlar omborxonasi, tayyorlov ishlov berish, yig‘uv tsexlari, tayyor mahsulotlar omborxonasi.
2. Yordamchi maydon, xo‘jaliklarning xizmat ko‘rsatadigan asosiy ishlab chiqarish tsexlari yaqinida joylashuvi.
3. Korxona ichida temir yo‘l shaxobchasining qulay tuzulishi. U, xom-ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar omborxonasi va tayyor mahsulotlar omborxonasi binolari yoniga keltirilgan bo‘lishi kerak.
4. Xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar tashish yo‘lining eng to‘g‘ri va qisqa bo‘lishi.
5. Bino ichida va undan tashqarida qarshi va qaytar oqimlardan xoli bo‘lishi.
6. Korxona tashqi aloqalari joylanishining va ularning muhandislik tarmoqlariga, avtomobilь yo‘llariga, temir yo‘l va boshqalarga qo‘shilishining eng maqsadga muvofiqroq bo‘lishi.
7. TSexlar, ularga xizmat ko‘rsatuvchi laboratoriyalar (o‘lchov, ximiya, rentgennazorat, ulьtratovush va boshqalar), hamda detallarga termik ishlov va himoya-qoplov beruvchi tsexlar, tayyor mahsulotlarning maxsus joylanishi.
Bosh reja korxonaning yanada rivojlanish imkoniyatlarini ko‘zda tutishi va ishlab chiqarishning kam sarf bilan yuqori samara oladigan tuzilmasini yaratishi va korxonaning barcha ishchilari ehtiyojlarini maksimal qondirish uchun sharoit yaratishi lozim. Asosiy, yordamchi, qo‘shimcha, xizmat qiluvchi tsex va maydonlar, boshqaruv tashkiloti, transport magistralarining korxona hududida joylanishi ishlab chiqarishni tashkil etishga, uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi; yuk harakati yo‘nalishlarini, relьsli va relьssiz yo‘llar masofasini hamda ishlab chiqarish maydonidan samarali foydalanishni aniqlaydi.
Qurilishning mujassamligi, uning ma’qul zichligi va qavatliligi kapital mablag‘ni tejash qurilish ob’yomining va zavod ichidagi tashuvlarni qisqarish, aloqalar masofasini kamaytirish, ishlab chiqarish davrining qisqartirish, kompleks mexanizatsiyalashni keng ko‘lamda qo‘llashga imkon beradi.
O‘z-o‘zini tekshirish savollari:
1. Korxonaning umumiy va ishlab chiqarish tizimining mohiyati.
2. Korxonaning umumiy va ishlab chiqarish tizimiga ishlab chiqarishni tashqillashtirishning turlari qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi qanday omillar orqali aniqlanadi?
4. Ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishning qanday yo‘llari mavjud?
5. Korxonaning asosiy (bosh) rejasiga qanday talablar qo‘yiladi?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori. "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tug‘risida". Toshkent, 2000 yil 25 may.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish" to‘g‘risida. Toshkent, 1995, 21 dekabr.
3. Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari. Samarqand, statistik, 2002 yil.
4. Abduraxmonov K. "Mehnat iqtisodi", Toshkent, 1996 yil, 7 sahifa.__
|
| |