• 3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini
  • Reja: Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va vazifalari




    Download 115,64 Kb.
    bet1/8
    Sana26.05.2021
    Hajmi115,64 Kb.
    #14601
      1   2   3   4   5   6   7   8


    5-modul. Ishlab chiqarishni texnik jixatdan tayyorlash ishlarini tashkil qilish.

    Module 5 Organization of technical preparation of production.



    Reja:


    1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil

    qilishning mazmuni va vazifalari

    2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni

    3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini

    tashkil qilish


    4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish.




    1.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil

    qilishning mazmuni va vazifalari
    Ilmiy-texnik taraqqiyot, mehnat qurollari va vositalarini to‘xtovsiz takomillashtirib borish Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim jarayonlaridan biri, ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘lib, u mahsulotlarni takomillashtirish, yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish va ishlab chiqarishni yangi texnika, asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

    Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar korxonaning biznes-rejasida yaratiladi.

    Joriy etilgan yangilikning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslangan kutilayotgan natijalari, investorlarni yangi texnikaga va mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘yilgan vositalarning risk darajasi juda kichikligidan dalolat beradi.

    Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, juda katta mablag‘ talab qiladigan yirik loyihalar federal dastur bo‘yicha nafaqat ichki imkoniyatlar va vositalar, balki chet el investorlarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshrilishi mumkin. Tez-tez almashtirilib turiladigan mahsulot turlari bo‘yicha kichik va o‘rta loyihalar, odatda, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarining tashabbuslari, kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.

    Texnikaviy tayyorgarlik quyidagi ish turlarini:

    Yangi mahsulotni loyihalash va mavjud mahsulot turlarini takomillashtirish hamda ishlab chiqaruvchilarni shu mahsulotlar bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha xarajatlar bilan ta’minlash;

    Yangi texnologik jarayonlarni loyihalash va o‘zlashtirilgan texnologik jarayonlarni tajribada tekshirish va tadbiq etishni bevosita sex sharoitida va ishchi o‘rinlarida amalga oshirish;


    • moslama, ishchi va o‘lchovchi asboblarning barcha turlari, modeli, press-shaklini o‘z ichiga olgan texnologik asbob - uskunalarni loyihalash va tayyorlash;

    • mahsulotlarning dastgohlar, asbob - uskunalar, ishlab chiqish, texnologik yonilg‘i, energiyani aniqlash uchun texnikaviy asoslangan me’yor va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqarish va keltirilgan resurslarga talabni aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;

    • yangi dastgohni loyihalash va tayyorlash, yetishmaydigan dastgohlarni sotib olish va mavjud dastgohlarni zamon talabi asosida takomillashtirish (modernizatsiya) rejalarini ishlab chiqish;

    • ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha dastgohlarni ratsional taqsimlash va joylashtirish;

    • yangi kasb bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

    • ayrim ishlab chiqarish bo‘limlarini qayta tashkil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarishning yangi tizimini ishlab chiqish va tadbiq qilishni o‘z ichiga oladi.

    Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash ishlari bilan nafaqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, balki noishlab chiqarish tashkilotlari ham shug‘ullanadilar, chunki texnika taraqqiyotining asosini ilmiy sohadagi yutuqlar va yangiliklar tashkil qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash manbalarini O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlaridan izlash lozim.

    Keyingi bo‘g‘in - tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari maxsus, ixtisoslashgan, alohida, markaziy konstruktorlik byurolari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash - konstruktorlik institutlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda shu sohaga ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlarini kiritish mumkin.

    Tashkilotlar tomonidan tayyorlangan texnik hujjatlar korxonaga kelib tushgandan so‘nggi ishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning asosiy organlar hisoblangan bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh metallurg tomonidan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish bo‘limlarida olib boriladi.

    Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash 4 ta bosqichga bo‘linadi:




    Download 115,64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 115,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va vazifalari

    Download 115,64 Kb.